bosqichda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, «Hususiy mulkchilik himoyasini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish» to'giisidagi (1994-yil yanvar), «Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash Davlat Qo‘mitasim tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari muhim hujjat bo‘ldi.
bosqich Respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish to'g^isidagi Farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet res- publikalari ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mab- lag'ning 50% kichik va o‘rta biznesni rag'batlantirishga qaratildi. Bu bosqichda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlintirish to‘g‘risida»gi (1995-yil dekabr), «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlik xuquqlarini himoya qilish to‘g'risida»gi (1996-yil aprel) qonunlar qabul qilindi. Eng muhimi, real ko'p ukladli iqtisodiyotni shaldlanishiga erishildi, nodavlat sektori mustalikamlandi. Nodavlat sektorning ulushi milhy daromadda 69% ga yetdi. Salkam 6 mln. ahoHda mulkdorlik hissi vujudga keldi.
bosqich chet el sarmoyalarini jalb etish asosida xususiylash- tirishning chuquriashtirilishi bilan tavsiflanadi. E’tibor fco‘proq xusu- siylashtirishning samaradorligiga qaratildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlashnmg ko'p bosqichli tizimi shakllandi. Bular:
Davlat mulkini boshqarish Qo‘mitasi va uning hududiy bo'lin- malari.
Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (savdo-sanoat palatasi, dehqon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).
Moliya-kredit institutlari (Mikrokreditbaiik).
Sug‘urta ta’minoti {«Agrosug‘urta») va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va axborot - maslahat bilan quwatlash institutlari (biznes
inkubator va biznes - maktablar).
Xomashyo va materiallar ta’minoti, shuningdek, tayyor mahsulot sotish infrastrukturalari (0‘zulgurji birja savdo, Agrosanoat biija, 0‘zsavdomarkaz, mintaqaviy va ixtisoslashgart bozorlar). Natijada jami huquqiy shaxslaming 89% i Kichik va o‘rta korxonalar (160 ming) egasiga aylandi. Kichik va o‘rta korxonalar solig'i qishloq xo'jaligida - 27%, sanoatda -12% ga yetdi.
bosqich iqtisodiyotni erkinlashtiruv islohotlarini chuqurlashti- rishdan keyin boshlandi. Tekshirishlami ro‘yxatga olish kitobi joriy etildi. 270 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari 2006-yil oxiriga kelib ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 200 mingdan ortig'i - mik- rofirmalardan iborat.
0‘zbekistonda 2006-yilda YAIM 7,3 foizga o‘sdi: sanoat 10,8, qishloq xo'jaligi 6,2, investitsiya 11,4, qurilish pudrat ishlari 12,8, xizmat ko‘rsatish 19,5 foizga o‘sdi. 2007-yil 1 chorak davomida iqtisodiy ofsish
foizga teng boMdi. Bu tanlangan yo‘lning nihoyatda to‘g‘ri ekanligining yorqin dalilidir.
Qisqacha xulosalar
‘ >
1917-yildagi oktyabr to'ntarilishi va sho'rolar hokimiyati (1917- 1990) davrida sobiq SSSR va xususan O'zbekistonda ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o‘tildi. Nokapitalistik konsepsiya, ya’ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi yocl tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan siyosat oqibatida katta potensialga ega bo£Igan 0!zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama agrar- xomashyo yo'nalishida rivojlandi, sanoat tovarlari ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik muammolarni keltirib chiqardi, yerlarning sho‘rlanishi, botqoqlashuvi kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi keskin ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish tarixi bozor iqtisodiyotini qo‘llash yo‘li bilangina taraqqiyotga erishish mumkinhgini ko'rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali
iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sosiaUstik» deb atalgan davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etmoqda. 0‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘z mustaqilligiga erishgandan so'ng (1991) o‘ta boshladi. Bu bozor iqtisodiyotiga olish konsepsiyasi ma’muriy-buyruqbozlikka asosiangan rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o£tisimmg qomm-qoidalaxi va \mmg miiliy xususiyallarga xos
ilmiy qarashlar majmuyidan iboratdir.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o!tish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik Islom Karimovning asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. 0‘zbekistonning tarixiy, ilmiy, an’anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib, respublikada ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo'ii maqbul deb topildi. Bu o'tisli yo‘li tadrijiy (evolutsion) ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq ko‘rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko‘chish uchun ma’lum o‘tish davri obyektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot ukladi o‘miga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog'liqdir. O‘zbekiston sharoitida bu o4ish davri bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqich 15уЫ9у4-ушаг, ikkinchi bosqich 1994 - 1999-yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000-yildan boshlandi.
0‘tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o‘tish davrida qo‘llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va uslublarga bog‘liqdir. Uni nisbatan tezroq va to‘fonlarsiz amalga oshirish bosh vazifa hisoblanadi. 0‘zbekistonda sobiq sho‘ro davlatlari orasida birinchilardan bo'lib mustaqillikning o‘n yili davomida muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal o‘sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milliy valutamiz bo'lgan so‘m mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. Yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligi ta’minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar keng quloch yoydi, yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar amalga oshirildi. Bozor infrastruktnrasi yaratildi, asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar o'sishi ta’mmlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar yo‘lming to‘g‘riligi natijasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, musta- bid tizim merosi, o‘tish zamriyatining omiilari, «o‘zbek modeli», o‘tish davri davomiyligi, o‘tish davri bosqichiari, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga yondashuviar, iqtisodiyot negizi, ustuvor yo‘na- lishlar, tarkibiy o'zgarishlarnrag maqsadlari, inson taraqqiyoti indeJcsi, islohotlami tasniflash, yutuq va muammolar.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Ma’mxiriv-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning Oqibatlarini izohlang.
•' 2. Bozor iqtisodiyotiga o'tish deganda nimani tushunasiz?
^ 3. O'tish davri davomiyligi qancha bo£lishi mumJkin?
-1 4. 0‘tish davridagi umumiy qoidalar nimadan iborat?
'' 5. «0‘zbek modeli» nima?
1 6. Milhy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi?
Milliy iqtisodiy islohotlar modelimng xususiyatlari.
' 8. Islohot bosqichlariga oid qanday qarashlar mavjud?
Milliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishga hissa qo‘shayotgan olimlar kimlar?
Taniqli iqtisodchi oiim Mark Blaugning ta’kidlashicha, iqtisodiyot fani va ta’limotlarining tarixi o'ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi bum tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o‘zi bilan birga olib yuradi (Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе, с-659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izianishda bo'lib, o'tmishdoshlar tomonidan qoldiriJgan intellektual merosni bilish nmhimdir.
Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g‘oyalar tarixi davomida bir nechta muhim yo'nalishlarni ajratish mumkin. Bular boylikning asosi muomala sohasida degan aqidaga asoslangan merkantilizm iqtisodiy ta’limotigacha bo’lgan davr, merkantilizrrming ofzi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo'nalish va maijinalizmdir. Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarida vujudga kelgan uch asosiy yo‘nalish tamoyillari turli mamlakatlaming iqtisodiy siyosatlariga asos qilib olingan.
Sotsialistik deb atalgan yo‘ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o4ishni ma’qul deb hisobladilar. Bu davlatlaming bozor munosabatlariga o‘tishi o‘ziga xos bo‘lib, «o‘tish davri iqtisodiyoti» sifatida qaraladi. Albatta, bu o‘tish klassik mamlakatlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlani- shidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma’muriy-buyruqboz- likdan erkin bozor munosabatlariga o‘tish to£g‘risida boradi. Ko'pchilik mamlakatlarda o‘tishnrng dastlabki qiyinchiliklari bartarafetilib, normal rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko‘p yillardan buyon bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlik- dan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko‘pligini alohida ta’kidlash kerak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to'g'risida borishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha tadbirkoriar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi, xususiy mulk asosiy o'rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag‘bat (ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqimandalik (ilgarigi sotsialistik
jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklaijgan moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablami toUaroq qondirish imkoni yaratiladi.
Ko'rinib turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir vosita, undan unumli foydalanib, yumqqa eilshayotgan mamlakatlar talaygina, ammo shu yo'ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham ko‘p. Gap shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va xususiy holat- laming birligida. Masalan, bizga oq bo'lib ko'ringan rang prizmada yettita boshqa-boshqa rangga ajraLadi, undan esa minglab boshqa ranglar hosil bo‘ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab, millionlab ohanglar vujudga keladi.
Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir, ammo bu tizim bekam-u ko‘stmi degan savol tug'iladi. R.Xeylbroner va L.Tyugolarning fikricha, («Экономика для всех», c.296-298), bozoming uchta nozik joyi, muammosi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |