Tashlanova Mohinurning



Download 7,57 Mb.
bet14/24
Sana02.07.2022
Hajmi7,57 Mb.
#732161
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Taslanova M amaliyot hisoboti

O‘tiladigan mavzular

Soat

1

O‘zbekiston –vatanim manim.

1

2

Yo’l belgilarining turlari (Yo’l harakati qoidalari)

1

3

Yurtim jamoli.

1

4

Ustozlar bizning faxrimiz (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1

5

Gaz va elektr manbaini tejash.

1

6

Bir og‘iz shirin so‘z (Filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish.

1

7

Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari).

1

8

Ona tilim – mening iftixorim! (“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

9

Velosipedda harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari).

1

10

Bag‘rikenglik.




11

Davlatimiz bayrog‘i (18-noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

12

Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (Yo‘l harakati qoidalari).

1

13

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

1

14

Milliy iftixor tuyg‘usi (10-dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

15

Transport vositalarining to‘xtash yo‘li (Yo‘l harakati qoidalari).

1

16

Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1

17

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni (14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1

18

Mening mahallamda yashash yaxshi (Tarix fani oyligi doirasida).

1

19

O‘quvchilarning yo‘l transport hodisasi ro‘y bergandagi vazifalari (Yo‘l harakati qoidalari).

1

20

Salomatlik va shaxsiy gigiena

1

21

Barkamol avlod orzusi (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1

22

Olamni mahliyo aylagan diyor! (O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kunga bag‘ishlanadi)

1

23

Tabiat va biz (Fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1

24

Onalarni ardoqlab (8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1

25

Suvni tejang - u hayot manbai.

1

26

Umrboqiy qadriyatlar (21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1

27

Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1

28

Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1

29

Yurtimiz favvoralari (1-may favvoralar kuni munosabati bilan).

1

30

Tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1

31

Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).

1

32

Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).

2

33

Men yoqtirgan kitob.

1




Jami:

34 soat

Umumiy o'rtа tа'lim muаssаsаlаridа “Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im!” shiori ostidа O'zbеkiston Rеspublikаsi Dаvlаt mаdhisi qаbul qilingаnligining 29 yilligi munosаbаti bilаn tаshkil etilаdigаn tаdbirlаrning tаvsiyа vа nаmunаviy


sеnаriysi
(Sahna bayram mavzusiga mos ravishda bezatilgan. Mavzuga oid lozunglar ilingan.
O‘quvchilar va o‘qituvchi bayramona kayfiyatda)
O‘quvchilar harbiy Maratning “Hilpira bayrog‘im” musiqa sadosi ostida qo‘llarida
bayroqchalar ko‘tarib kirib kelishadi.
O‘qituvchi tadbirga kelgan mehmonlarni tabriklab, tadbirni boshlashga ruxsat beradi.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va murabbiylar. Milliy
faxrimiz va g’ururimiz bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan
o‘tkazilayotgantadbirimizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: - Vatanning ramzlari ko‘p. yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli
manzaralar namoyon bo‘ladi.
3-boshlovchi: - Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u
gavjum shaharlar tushadi.
1-boshlovchi: - Vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir
davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu
Hamma: BAYROG‘IMIZDIR
2-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Yurtim osmonida fusunkor bezak.
3-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Istiqlolim belgisi, iftixorim!
1-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Millatimning yashayotgan udumlari!
2-boshlovchi: Bayroq nima?
Hamma: Yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsoli!
RAQS (Bayroq)
O‘quvchi: Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida
millat uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini
bildiruvchi bayroq – davlat bayrog‘i.
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy
Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
O‘quvchi: Va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.
O‘quvchi: ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, uning 3- moddasida shunday deyiladi:
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlada
O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
O‘quvchi: 4-moddada esa “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – bayroqning
butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli to‘rtburchak
shaklidagi matodir”, deyiladi.
O‘quvchi: 7-moddada ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
bilan bir qatorda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda ,
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik
protocol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi”.
O‘quvchi: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va xalqaro
tashkilotlar bayroqlaribilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega
bo‘lishi kerak”
O‘quvchi: Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz
uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan.
O‘quvchi:
O, mening muqaddas bayrog‘im,
Ko‘nglimning, baxtimning qayrog‘i.
Tinmagay mavjlanib tursang sen,
Yuragim – bulbulim sayrog‘im.
O‘quvchi:
Sendagi moviylik – tiriklik,
Ko‘klarday, suvlarday tiniqlik.
So‘nmagay mavjlanib tursang sen,
Ortgaydir qalbimda yiriklik.
O‘quvchi:
Oq ranging – niyatim oqligi,
Qutlashda quyoshday toqligi.
Bilingay mavjlanib tursang sen,
O‘ylarim, xayolim pokligi.
Ezgulikka posbon
Chin e’tiqod ramzidir.
O‘quvchi:
Yashil rang – yangilanish,
Tabiatning timsoli,
Navqironlik, ulg‘ayish,
Barkamollik misoli.
O‘quvchi:
O‘n ikki porloq yulduz
O‘n ikki burj demakdir,
Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
O‘quvchi:
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
O‘quvchi:
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
O‘quvchi:
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im –
Vatan bayrog‘i!
1-boshlovchi: - Dunyoda millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston
bitta. Uning bayrog‘i ham yagona.
2-boshlovchi: - Vatanni, bayrog‘imizni, tinchlik va do‘stlikni milliy qadriyatlarimizniulug‘
bilib, vatan uchun xizmat qilishga astoidil bel bog‘laylik.
3-boshlovchi: - bayrog‘imiz doim moviy osmon uzra hilpillab, viqol-la silkillab tursin!
1-boshlovchi: - Bugungi bayramimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat!
(O‘zbek istrada yulduzlari ijrosida “Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘i sadosi ostida tadbirga yakun yasaladi



Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish