Yangi mavzu bo’yicha slayd taqdimoti:
Quyidagi misolda WordArt obyekti matnining aks etish shakli tavsiflangan.
1. “Maktabimiz - faxrimiz!” matnli WordArt obyektini joylashtiramiz.
Maktabimiz - faxrimiz!
2. Matn aks etish shaklini o‘zgartiramiz. Buning uchun Chizish vosita
lari-Format (Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasma si
WordArt uslublari (Стили WordArt) guruhi Animatsiya (Анима-
ция) tugmasi ro‘yxatini ochib, quyidagi O‘zgartirilsin (Преобразовать)
tugmasi ro‘yxatidan Halqa (Кольцо) shaklini tanlab olamiz va o‘lchamlarini
oshiramiz:
O’quvchilarni 2 ta guruhga bo’lib ikkala guruh bir-birlari uchun “Yangi yil otkiritkasi” tayyorlash.
Uyga vazifa:Har bir o’quvchi guruh emblemasini tayyorlab kelish.
Asaka tumani 60-umumta’lim maktabida 4-kurs IO’M yo’nalishi talabasi Tashlanova Mohinur tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars
BAYONNOMASI
17.12.2020 yil Asaka tumani
Qatnashdilar: ADU Informatika kafеdrasi o‘qituvchilari: G.Temirova, E.Abdullayev 60-maktab informatika fani o‘qituvchilari Z.Karimov, U. U.Abdurahimova va 6-D sinf o‘quvchilari .
Kun tartibi:
Informatikadan ochiq dars o‘tilishi.
Eshitildi:
Mutaxassislik bo’yicha uslubchi o’qituvchi G.Hakimova so‘zga chiqib, ADU 4-kurs IO’M yo’nalishi talabasi Tashlanova Mohinurning "Informatika" fani bo‘yicha 6-Dsinf o’quvchilari uchun 17.12.2020 kuni " Mavzu:WordArt obyekti”
mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq darsi kuzatilganligini va ochiq darsni pedagogika, psixologiya kafedralari vakillari X.Mamadaliyev, maktab informatika fani o’qituvchisi Z.Karimov, sinf o’quvchilari kuzatganliklarini aytib o‘tdi. So‘ngra so‘z pedagogika kafedrasi vakili X.Mamadaliyevga bеrildi.
2. Z.Karimov o’z so’zida amaliyotchi M.Tashlanovaning olib borgan darsi bo‘yicha ma’ruza matni va rеjasi bilan tanishtirdi. Darsni tuzilgan rеja bo‘yicha olib borganligini va o‘tilgan darsidan qoniqqanini va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga to‘la erishganligi aytib o‘tdi.
3. Psixologiya kafedrasi vakili X.Mamadaliyev so‘zga chiqib, ochiq dars “Mavzu:WordArt obyekti” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 17.12.2020 y. kuni 2-soat o‘tkazildi. Guruhdagi 23 nafar o’quvchidan barcha o’quvchilar qatnashdi. Navbatchi hisobotiga va o’quvchilarni darsga tayyorgarligiga e’tibor bеrishdan boshladi. Amaliyotchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rgani, o’quvchilarni darsga jalb qila olganligi, ularni nazorat ostiga olib turganligi haqida gapirdi.
4. Darsni kuzatgan boshqa amaliyotchi talabalar dars o’tgan amaliyotchi talabani darsga puxta tayyorgarlik ko‘rganini, mavzu o‘quv–vizual matеriallar, intеrfaol mеtodlardan mashg‘ulot davomida to‘g‘ri foydalanganligi, o’quvchilarni darsga jalb qilishi, ularni doimo nazorat ostida olib turganligi, ilmiy, ham nazariy jixatdan namunali tarzda olib borilganligi haqida gapirib o‘tdi. Shuning uchun M.Tashlanova tomonidan o‘tilgan dars qoniqarli dеb hisoblash taklifini kiritdilar.
Mutaxassislik bo’yicha uslubchi o’qituvchi Z.Karimovning " Mavzu:WordArt obyekti " mavzusidagi ochiq darsi qoniqarli dеb topilishini ovozga qo‘ydi.
Barcha kuzatuvchilar bu taklifni bir ovozdan ma’qulladilar.
Qaror qilindi.
1.M.Tashlanovaning " Mavzu:WordArt obyekti " mavzusidagi ochiq darsi qoniqarli dеb topilsin.
Bayonnoma yozuvchi _____________________________________(imzo)
Uslubchi o’qituvchi _______________________________________(imzo)
Amaliyotchi talaba ________________________________________(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |