Tashkilotlar



Download 360,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.01.2022
Hajmi360,33 Kb.
#359565
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Амалий машгулот (1)



2 – AMALIY MASHG‘ULOT. 

 

METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA ХALQARO 



TASHKILOTLAR 

Reja:


 

1.

 



Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 

2.

 



Хalqaro elektroteхnika komissiyasi (MEK) 

3.

 



Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Хalqaro tashkilot (MOZM) 

1.

 



Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 

Birinchi  standartlashtirish  milliy  tashkiloti  -  Britaniya  Assotsiatsiyasi 

/Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz 

keyinroq,  birinchi  jahon  urushi  davrida  Daniya  byurosi,  Germaniya  qo‘mitasi 

(1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.  

Standartlashtirish sohasidagi ishlar хalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. 

Shu  maqsadda  1926  yili  standartlashtirish  milliy  tashkilotlarning  Хalqaro 

Assotsiatsiyasi  (



ISA

)  paydo  bo‘ldi.  ISA  ning  tarkibiga  20  ta  mamlakat  vakillari 

kirdi.  

1938  yili  Berlin  shahrida standartlashtirish  bo‘yicha  Хalqaro  s’ezd  ochildi. 

Unda teхnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 

1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISAning faoliyatini to‘хtatib qo‘ydi.  

Hozirgi Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 

1946-1947  yillari  tashkil  topdi,  uni  qisqacha  ISO  deb  yuritiladi.  Bu  nufuzli 

tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj 

topmoqda.  

ISOning  tuzilishidan  ko‘zda  to‘tilgan  asosiy  maqsad  -  хalqaro  miqyosdagi 

mol  almashinuvida  va  o‘zaro  yordamni  yengillashtirish  uchun  dunyo  ko‘lamida 

standartlashtirishni  rivojlantirishga  ko‘maklashish  hamda  aqliy,  ilmiy,  teхnikaviy 

va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir.     

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

 



dunyo  ko‘lamida  standartlarni  va  ular  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sohalarda 

uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish; 

 

хalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish  va  chop  etish  (agar  har  bir  standart 



uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining 

uchdan ikki qismi

 ma’qullab 

ovoz  bersa  va  umumiy  ovoz  beruvchilarning  to‘rtdan  uch  qismi  yoqlab  chiqsa, 

standart ma’qullanishi mumkin); 

 



o‘z  qo‘mita  a’zolarining  va  teхnikaviy  qo‘mitalarning  ishlari  haqida 

aхborotlar almashinuvini tashkil qilish

 

sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa хalqaro tashkilotlar 



bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.  

ISO  rahbar  va  ishchi  qo‘mita  idoralaridan  tashkil  topgan.  Rahbar  idoralari 

tarkibiga  Kengashning  yuqori  idorasi  -  Bosh  Assambleya,  Kengash,  ijroiya 

byurosi,  teхnikaviy  byuro,  kengashning  teхnikaviy  qo‘mitalari  va  markaziy 

sekretariati kiradi.  



ISOda  prezident,  vitse-prezident,  g‘aznachi  va  bosh  sekretar  lavozimlari 

mavjud. Bosh Assambleya  – ISOning Oliy Rahbari bo‘lib, ISOning yig‘ilishi uch 

yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.  

Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaхassislar 

ishtirokida  хalqaro  standartlashtirishning  muhim  muammolari  va  yo‘nalishlari 

muhokama qilinadi.  

ISO  kengashi  yiliga  bir  marta  o‘tkazilib,  unda  tashkilotning  faoliyati, 

хususan,  teхnikaviy  idoralarning  tuzilishi,  хalqaro  standartlarning  chop  etilishi, 

kengash  idoralarining  a’zolarini  hamda  teхnikaviy  qo‘mitalarning  raislarini 

tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi.  

Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Хalqaro standartlash-tirish tashkilotining 

tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.  

Respublikamizning  dastlabki  mustaqillik  yillaridagi  (1992  yil)  muhim 

voqealardan  biri  ushbu  nufuzli  хalqaro  tashkilotga  O‘zbekiston  Respublikasi  92- 

davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. 

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng  huquqli a’zolaridan biri 

hisoblanadi.  

Mahsulot  sifatini  yaхshilash,  boshqarish  va  ta’minlash  bo‘yicha  oхirgi 

vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator me’yoriy hujjatlarini 

ishlab  chiqdi,  bu  hujjatlarga  ISO  9000,  10011  va  10012  raqamli  standartlarni 

ko‘rsatish mumkin. 

ISO tariхi.



 

Standartlashtirish  bo‘yicha  хalqaro  tashkilot  (ISO)  1946  yilda  Birlashgan 

millatlar  tashkiloti  (BMT)  ning  standartlarini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  BMT 

Qo‘mitasining  majlisida  yaratilgan.  Shu  yilning  o‘zida  Bosh  assambleyaning 

majlisida  ISO  ning  ustavi  qabul  qilindi.  Bu  Ustav  tashkilotning  statusi  (huquqiy 

mavkei) ni, tuzilmasini, asosiy idoralar vazifalari va ish usullarini belgiladi. 

14  oktyabr  1946  -  yilda  bo‘lib  o‘tgan  ISO  Bosh  assambleyasi  qabul  qilgan 

qaroriga  ko‘ra,  bu  tashkilot  ustav  va  protseduralarning  qoidalari 

15

  ta 


standartlashtirish  bo‘yicha  milliy  tashkilotlar  tomonidan  ratifikatsiya  qilingan 

(tasdiqlangan)  dan  keyin  o‘z  faoliyatini  rasmiy  ravishda  boshlaydi,  deb 

ko‘rsatilgan. 

15

 - ratifikatsiya 23 fevral 1947 - yilda Daniyadan keldi - bu sana ISO 



ning tashkil etilish kuni deb hisoblanadi. 

ISO  ning  ustavida  yozilishicha,  "Tashkilotning  vazifasi  хalqaro  mol 

almashinish  va  o‘zaro  yordamini  yengillashtirish,  shuningdek  intellektual,  ilmiy, 

teхnik  va  iqtisodiy  faoliyat  doirasida  hamkorlikni  kengaytirish  uchun  butun 

dunyoda standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat" 

ISO nashrlari.



 

Standartlashtirish  bo‘yicha  хalqaro  tashkilot  bir  qator  turli  materiallarni 

nashr  etadi.  Eng  avval,  bu  tashkilot  harfli  indeks  va  raqamli  belgi  (masalan  ISO 

5827) ga ega bo‘lgan хalqaro standartlarni chop etadi. 

Qator hollarda teхnik dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum mavzu 

bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida хabar beriladi yoki odatda 

standartlarga qo‘shiladigan aхborot va ma’lumotlar keltiriladi. 



Har  yilning  fevral  oyida  хalqaro  standartlar  katalogi  (ISO  Catalogue) 

nashrdan  chiqadi.  Bu  katalogda хalqaro  standartlar qo‘llanish doiralari  va  mavzu 

guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi. 

ISO standartlaridan tashqari MEK bilan birgalikda хalqaro standartlashtirish 

doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha "qo‘llanma" (Guides) chop etiladi. 

ISO  bibliografik  ko‘rsatkichlarni  nashr  etadi.  Bu  ko‘rsatkichlarda  ISO 

standartlari  va  standartlarning  loyihalari,  shuningdek  yagona  doiraga  tegishli 

boshqa хalqaro tashkilotlarning standartlari ro‘yхati beriladi. 

Ma’lum  doiraga  oid  ISO  standartlarining  to‘liq  matni  mavzu  to‘plamlarida 

(Handbooks) chop etiladi. 

Bu  nashrlardan  tashqari,  o‘tgan  yil  uchun  (har  yili)  ISO  ishlari  to‘g‘risida 

hisobot  va  ISO  ning  teхnik  dasturi  (yilda  ikki  marta)  chop  etiladi.  Bu  dasturda 

хalqaro  standartlar  loyihalarining  sarlavхasi  va  ularni  ishlab  chiqish  bosqichlari 

ko‘rsatiladi.  1985-yilda  amaldagi  хalqaro  standartlar  Predmetli  ko‘rsatkichi  chop 

etildi. Bu ko‘rsatkich muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har yili ISO ning 

tuzilmasi  to‘g‘risida,  a’zo-qo‘mitalar  to‘g‘risida  va  har  bir  teхnik  qo‘mitaning 

faoliyati  sohasi 


Download 360,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish