Mehmonxonalar majmuasi (MM)
«Afrosiyob Palas» MM DK
«Buxoro Palas» MM DK
«Xiva» TEK DK
«Jayxun» MM DK
«Xorazm» MM DK 287
«O„zolmonxotelz» KK (qo„shma kor).
Xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar:
«Xizmat ko„rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi», DK.
«Respublika ilmiy-konsalting markazi», DK.
«Qurilayotgan inshootlar direksiyasi», DK.
O„zbekistonda turizm sohasida sezilarli tarkibiy o„zgarishlar ro„y berayapti.
O„zbekistonda turistik biznes tarkibiy qayta qurish va institut sifatida shakllanish
bosqichida turibdi. Ichki tarmoq, tarmoqlararo, hududlararo va tashqi iqtisodiy
aloqalar ham shakllanish bosqichini boshidan kechirayapti. Turistik infratuzilmalar
takomillashtirilayapti, mehnat bozorining tegishli segmenti shakllanayapti, turistik
faoliyatni tartibga solish davlat yangi tizimi yaratilmoqda.
«O‘zbekturizm»
milliy kompaniyasi 1992 yil 27 iyulda O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-447 sonli
«O‘zbekturizm milliy kompaniyasini
tashkil etish to‘g‘risida
»gi farmoni bilan tuzildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdag PF-3358
sonli
«Respublika organlari tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish
to‘g‘risida»
gi farmoniga ko„ra turizm sohasida samarali boshqaruv tizimini
ta‟minlash maqsadida
«O‘zbekturizm»
milliy kompaniyasi (bundan keyin
kompaniya deymiz) qayta tashkil etildi. Kompaniya turizm sohasida vakolatli
davlat organi hisoblanadi va o„z faoliyat bo„yicha Vazirlar Mahkamasiga hisob
beradi.
Kompaniya O„zbekiston hududida turizm sohasida yagona davlat siyosatini ishlab
chiqishni ta‟minlovchi, muvofiqlashtiruvchi bosh organ hisoblanadi.
«O‘zbekturizm»
milliy kompaniyasi tizimiga kiradi:
Samarqand, Buxoro, Xorazm hududiy bo„limlari;
O„zbekiston Respublikasi viloyatlari markazidagi sayohat va ekskursiya
byurolari DK;
«Respublika ilmiy-o„quv konsalting markazi» DK.
«Xizmat ko„rsatish va dispetcherlik markaziy boshqarmasi» DK; boshqa
mahkamalarga bo„ysunuvchi tashkilotlar.
Kompaniya o„z faoliyatini joylarda davlat boshqaruvidagi boshqa organlar,
davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlikda amalga oshiradi.
Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Turizm sohasida yagona davlat siyosatini ta‟minlash, turistik xizmatlar
infrastrukturasini shakllantirishda hamkorlik qilish;
ta‟minlash, turistik faoliyatning tarmoqlararo va hududlararo davlat
dasturlarini amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |