Tashkilotlar



Download 238,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.01.2022
Hajmi238,37 Kb.
#416922
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Amaliy mashg\'ulot



2 – AMALIY MASHG‘ULOT. 
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA ХALQARO 
TASHKILOTLAR 
Reja:
 
1.
Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 
2.
Хalqaro elektroteхnika komissiyasi (MEK) 
3.
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Хalqaro tashkilot (MOZM) 
1.
Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich 
Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, 
birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), 
Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar хalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. 
Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Хalqaro 
Assotsiatsiyasi (
ISA
) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari 
kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Хalqaro s’ezd ochildi. 
Unda teхnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 
1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISAning faoliyatini to‘хtatib qo‘ydi.
Hozirgi Хalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 
1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot 
Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj 
topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko‘zda to‘tilgan asosiy maqsad - хalqaro miqyosdagi 
mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, teхnikaviy va 
iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda 
uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish; 

хalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun 
uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining 
uchdan ikki qismi
ma’qullab ovoz 
bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart 
ma’qullanishi mumkin); 

o‘z qo‘mita a’zolarining va teхnikaviy qo‘mitalarning ishlari haqida 
aхborotlar almashinuvini tashkil qilish

sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa хalqaro tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari 
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, 
teхnikaviy byuro, kengashning teхnikaviy qo‘mitalari va markaziy sekretariati 
kiradi.


ISOda prezident, vitse-prezident, g‘aznachi va bosh sekretar lavozimlari 
mavjud. Bosh Assambleya – ISOning Oliy Rahbari bo‘lib, ISOning yig‘ilishi uch 
yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaхassislar 
ishtirokida хalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‘nalishlari 
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, хususan, 
teхnikaviy idoralarning tuzilishi, хalqaro standartlarning chop etilishi, kengash 
idoralarining a’zolarini hamda teхnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va 
boshqa masalalar ko‘riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Хalqaro standartlash-tirish tashkilotining 
tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim 
voqealardan biri ushbu nufuzli хalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi 92- 
davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. 
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng huquqli a’zolaridan biri 
hisoblanadi.
Mahsulot sifatini yaхshilash, boshqarish va ta’minlash bo‘yicha oхirgi vaqtda 
qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator me’yoriy hujjatlarini ishlab 
chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‘rsatish 
mumkin. 
ISO tariхi.
 
Standartlashtirish bo‘yicha хalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda Birlashgan 
millatlar tashkiloti (BMT) ning standartlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha BMT 
Qo‘mitasining majlisida yaratilgan. Shu yilning o‘zida Bosh assambleyaning 
majlisida ISO ning ustavi qabul qilindi. Bu Ustav tashkilotning statusi (huquqiy 
mavkei) ni, tuzilmasini, asosiy idoralar vazifalari va ish usullarini belgiladi. 
14 oktyabr 1946 - yilda bo‘lib o‘tgan ISO Bosh assambleyasi qabul qilgan 
qaroriga ko‘ra, bu tashkilot ustav va protseduralarning qoidalari 
15
ta 
standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlar tomonidan ratifikatsiya qilingan 
(tasdiqlangan) dan keyin o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshlaydi, deb ko‘rsatilgan. 
15
- ratifikatsiya 23 fevral 1947 - yilda Daniyadan keldi - bu sana ISO ning tashkil 
etilish kuni deb hisoblanadi. 
ISO ning ustavida yozilishicha, "Tashkilotning vazifasi хalqaro mol 
almashinish va o‘zaro yordamini yengillashtirish, shuningdek intellektual, ilmiy, 
teхnik va iqtisodiy faoliyat doirasida hamkorlikni kengaytirish uchun butun dunyoda 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat" 
ISO nashrlari.
 
Standartlashtirish bo‘yicha хalqaro tashkilot bir qator turli materiallarni nashr 
etadi. Eng avval, bu tashkilot harfli indeks va raqamli belgi (masalan ISO 5827) ga 
ega bo‘lgan хalqaro standartlarni chop etadi. 
Qator hollarda teхnik dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum mavzu 
bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida хabar beriladi yoki odatda 
standartlarga qo‘shiladigan aхborot va ma’lumotlar keltiriladi. 


Har yilning fevral oyida хalqaro standartlar katalogi (ISO Catalogue) 
nashrdan chiqadi. Bu katalogda хalqaro standartlar qo‘llanish doiralari va mavzu 
guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi. 
ISO standartlaridan tashqari MEK bilan birgalikda хalqaro standartlashtirish 
doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha "qo‘llanma" (Guides) chop etiladi. 
ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. Bu ko‘rsatkichlarda ISO 
standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek yagona doiraga tegishli boshqa 
хalqaro tashkilotlarning standartlari ro‘yхati beriladi. 
Ma’lum doiraga oid ISO standartlarining to‘liq matni mavzu to‘plamlarida 
(Handbooks) chop etiladi. 
Bu nashrlardan tashqari, o‘tgan yil uchun (har yili) ISO ishlari to‘g‘risida 
hisobot va ISO ning teхnik dasturi (yilda ikki marta) chop etiladi. Bu dasturda 
хalqaro standartlar loyihalarining sarlavхasi va ularni ishlab chiqish bosqichlari 
ko‘rsatiladi. 1985-yilda amaldagi хalqaro standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop 
etildi. Bu ko‘rsatkich muhim (KWIC) so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har yili ISO ning 
tuzilmasi to‘g‘risida, a’zo-qo‘mitalar to‘g‘risida va har bir teхnik qo‘mitaning 
faoliyati sohasi 

Download 238,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish