Tashkilot nomi


Mukofotlash ko‘rsatkichlari



Download 18,44 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi18,44 Kb.
#269485
1   2   3
Bog'liq
2 5204074631178226243

2. Mukofotlash ko‘rsatkichlari
2.1. Xodimlarni mukofotlash quyidagi shartlar bajarilganda choraklik lavozim maoshining _____ foizi miqdorida amalga oshiriladi:

- mahsulot sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tashkiliy–texnik tadbirlar bajarilgan taqdirda;

- __________________________________________________________________________________________________________.

(boshqa ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi)

2.2. Mehnat natijalari xolis ko‘rsatkichlar (miqdor, sifat, hajm jihatidan) bo‘yicha baholanishi mumkin bo‘lgan xodimlarga mukofot to‘lash miqdori shu ko‘rsatkichlarga muvofiq belgilanadi.

2.3. Mehnati har bir bosqichda baholanishi mumkin bo‘lmagan xodimlarga mukofot to‘lash miqdori ishning umumiy yakuniga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.

2.4. Asosiy bo‘linmalarning rahbar xodimlari va mutaxassislari ushbu bo‘linmalar ishi natijalari uchun mukofotlanadi.

2.5. YOrdamchi uchastkalarning rahbar xodimlari va mutaxassislari ular qaysi asosiy bo‘linmalar tarkibiga kirsa, shu bo‘linmalar ishi natijalari uchun mukofotlanadi.

2.6. Mazkur Nizomning 2.1-2.3-bandlarida nazarda tutilgan mukofotlash ko‘rsatkichlari to‘liq hajmda bajarilmagan taqdirda, xodimlarga to‘lanadigan mukofot kamaytiriladi yoki umuman to‘lanmaydi.

2.7. Mukofotlarni hisoblash uchun asos bo‘lib buxgalteriya va statistika hisoboti ma’lumotlari hisoblanadi. Mukofotlar amalda ishlab berilgan vaqt uchun hisoblanadi.

2.8. Xodimlarga mukofotlarni hisoblashda tarif stavkalari va maoshlardan tashqari quyidagilar uchun qo‘shimcha haqlar hisobga olinadi:

- vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimning majburiyatlarini bajarganlik;

- tungi vaqtda ishlaganlik;

- bir necha kasb (lavozim)da ishlaganlik;

Xodimlarga mukofotlar hisoblashda quyidagilar uchun ustamalar hisobga olinadi:

- yuqori kasbiy mahorat;

- mehnatdagi yuqori yutuqlar;

- o‘ta muhim ishlarni bajarganlik.

2.9. Mukofotlar shtatda bo‘lgan xodimlar uchun hisoblanadi.

2.10. Mukofotlar muayyan ishni bajarish uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlarga ham to‘lanishi mumkin.

2.11. SHtatda bo‘lmagan xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi qarorni direktor qabul qiladi.

2.12. SHtat lavozimlarini to‘liqsiz ish kuni shartlarida, shu jumladan o‘rindoshlik asosida egallab turgan xodimlarga mukofot to‘lovlari miqdori umumiy asoslarga ko‘ra belgilanadi va ularning tashkilot tarkibiy bo‘linmasi jamoasi ishining umumiy natijalariga qo‘shgan shaxsiy xissasiga bog‘liqdir.

2.13. YAngi ishga kirgan shaxslarga tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarining xohishiga ko‘ra, to‘liqsiz chorak davri uchun mukofot to‘lanishi mumkin.

2.14. Ta’lim muassasasiga o‘qishga kirganligi, pensiyaga chiqqanligi, shtat qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilganligi munosabati bilan va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra to‘liqsiz chorak ishlagan shaxslarga amalda ishlangan vaqt uchun mukofot to‘lanadi.

2.15. Mukofotlar quyidagi xodimlarga to‘lanmaydi:

- progul qilgan;

- mast holda ishga kelgan;

- uzrli sabablarsiz ishda ish kun davomida surunkasiga yoki jami 3 soat bo‘lmagan;

- hisob-kitob davrida intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan.



Download 18,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish