Tashkilot faoliyatining tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tavsifi



Download 1,61 Mb.
bet6/7
Sana02.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#730713
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tohriddinov Muxuddin









Hududlarda aholining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan ehtiyojlarini o’rganish
Doimiy band bo‘lgan axoli soni 2455 nafarni tashkil etadi. Shundan o‘zbek millatiga mansub aholi soni 2215 nafarni tashkil etadi. 100 nafarini rus millatiga manub aholi tashkil etadi. 65 nafarini tatar milliti vakillari tashkil etadi. 75 nafarini esa qozoq, tojik va qirg‘iz, qoraqalpoq milliga ega shaxslar tashkil etadi.
45 foiz aholini oliy va o‘rta maxsus kasb egalari tashkil etadi. 23 foiz aholini bolalar tashkil etsa, 25 foiz aholini keksalar tashkil etadi. 17 foiz aholi esa ma’lumotga ega bo‘lmagan vaqtincha yashovchi aholi tashkil etadi. Aholining ko‘p qismini zavod va fabrikalarda ishlovchilar tashkil etadi. Ularda ish vaqti asosan 8 osatni tashkil etadi. Ish kuni ko‘p tashkilotlarda 5 kunlik ish vattiga ega bo‘lib, shanba va yakshana kunlari dam olish kunlari hisoblanadi. Ish haqi o‘rtachi 1000000 sumni tashkil etadi. Qo‘shimcha haq oluvchilar o‘rtacha 400 ming sumgacha haq oluvchilar hisoblanadi.
Dam olish kunlarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida sport maktabida turli sport turlaridan musobaqalar tashkil etiladi va unda o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar munosib rag‘batlantiriladi. Keksalar va uy bekalari uchun sog‘lomlashtirish musobaqalari tashkil etilib, unda asosan mahalla yoshlari va keksa kishilar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
1. 2021 yil 11-13 fevral kunlari sportning Yengil atletika turi bo‘yicha o‘tkazilgan (Yopiq inshootda) Sapartosheva Marjona 1-o‘rinni egalladi.
2. 2022 yil 15-16 fevral kunlari sportning O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatida Qalandarova Sevinch, Axmedov Ruslan, Isroilov Nurshoxrux va Xaydarova Dilorom 1-o‘rinni, Eshmonova Alina 2-o‘rinni, Nasriddinov Umid, Abduraxmonova Barchinoy, Isroilov Ravshan, Xayrullayeva Madina, Abdullayev Fozil, Egamberdiyeva Moxiniso, Muxammadiyev Umid va Abduraimov Xurshid 3-o‘rinni egalladi.
3. 2022 yil 21-23 fevral kunlari Jarqo’rg’on tuman Sportning Armrestling turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatida Kravets Vladimir, Farmonov Feruz, Tojiyev Alisher, Baqoyev Qudrat va O‘ktamov Shoxrux 1-o‘rinni, Shukurov Umid, Odilov Muxammad, Ismatov Jalol, Diyarov Shoxruz, Baxromov Diyor va G‘aniyev Jaloliddin 2-o‘rinni, Temirov Timur va Ismatov Suxrob 3-o‘rinni egalladi.
4. 2020 yil 27-28 avgust kunlari sportning O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha o‘tkazilgan Onlayn O‘zbekiston Chempionatida Shermurodov Azizbek va Pestretsov Danil 1-o‘rinni, Akromova Lobarxon va Shadmanova Jasmina 2-o‘rinni, Normurodov Feruz, Uchqunov Muxammad, Adizova Elyonora, Ulashov Shoxruz, Saydullayev Navro‘zbek, Ergashova Dilnoza, Qoziyeva Umida 3-o‘rinni egalladi.
6. 2022 yil 2-6 aprel kunlari sportning O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha musobaqada Abdullayev Muxammadrizo, Rustamov Muxammadali, Qudratov Ozodbek 1-o‘rinni, Hakimov Raxmatillo, Abdullayev Xumoyunmirzo, Sulaymonov Ruslan, Aliyeva Marjona, Ergashova Madina, Bekmurodova Zarina, Mardonova Parizoda, Mardonova Shaxrizoda, Nasriddinov Umid, Melitojiyev Jasur, Sirojiddinova Sabrina, Aslonova Sabrina, Norpo‘latov G‘olib, Azamjonov Jaxongir, Fozilova Tabassumlar 3-o‘rinlarni egalladi.
Aholi bandligini ta’minlashda sport maktabi mahallaning asosiy hamkori hisoblanadi. Sport maktabida haftaning chorshanba va shanba kunlari ochiq havoda badantarbiya mashg‘ulotlarini maxalla bilan hamkorlikda olib borish yo‘lga quyilgan.
Sport sohasida marketing reklama vositalaridan
foydalanish holati.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Asosiy tashviqot vositalari:
nutqlar: kompaniya vakillarining turli tadbirlarning ochilishida ishtirok etishi, tabrik so'zlari va boshqalar;
tadbirlar: matbuot anjumanlari va onlayn uchrashuvlar tashkil etish, seminarlar va yubileylarni o'tkazish, ko'rgazmalar, tanlovlar va tanlovlarda ishtirok etish va boshqalar;
yangiliklar: ommaviy axborot vositalarini kompaniya, uning mahsulotlari va xodimlari haqida ijobiy yangiliklar bilan ta'minlashdir.
Hududlarda Sport sohasida marketing reklama vositalaridan foydalanishda Respublika, Osiyo, Jahon chempionatlarida g’alabaga erishgan sportchilarni jalb qilib, master-klas darslarini tashkil etish orqali aholini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini orttirish mumkin.



Sport tashkilotlarida boshqaruv usullari.


Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, tasifi va mazmunini o‘rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solish uchun zarurdir. Boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Rejalashtirish, tashkil etish; tartibga solish va muvofiqlashtirish; nazorat; rag‘batlantirish. Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxasislari faoliyatida mavjud bo‘ladi. Boshqaruv tizimi ham buyiga ham eniga qamrab oladi.
Sport maktabida shtat birliklar soni 94 nafarni tashkil etadi. Shundan boshqaruv tizmi buyicha 66 nafar, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini 28 kishi tashkil etadi. Tizimga ishga joylashtirilgan yoshlar 10 nafarni tashkil etadi. Uyushmagan yoshlar soni 10 nafar. Shundan boshqaruv tizimi buyicha 2 nafarni tashkil etadi. Vakant ish o‘rinlari soni mavjud emas. Har oyning birinchi sanasi holatiga bandlik markaziga hisobot topshirib turiladi.
Har bir sport turi buyicha mutaxasis kadrlarni ishga olish yo‘lga quyilgan. Sport turlari buyicha turli oliy ta’lim muassasasini va olimpiya zahiralari kollejlari talabalarini bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish yo‘lga quyilgan.
Xodimlarning bajargan vazifalariga va sportda erishgan natijalariga qarab rag‘batlantirib borish, har chorakda 1.5 baravar ish haqigacha rag‘batlantirish berib boriladi. Respublika va Osiyo chempionlariga ega trenerlar esa Vazirlar Maxkamasining 211-sonli qarori asosida ustamalar olish imkoniyatiga egadirlar.
Boshqaruv tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarini rag‘batlantirib borish, g‘olib sportchilarni diplom va medallar bilan rag‘batlantirib borish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu esa o‘z o‘rnida sportchilarni yaxshi natijalarga erishishlarida yanada ko‘proq shug‘illanib, yuqori natijalarga erishishlarida ko‘mak bo‘ladi.
Sport sohasida yaxshi natijalarga erishib kelayotgan Kattaqo’g’on tuman 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasining o‘rnak olsa arziydigan fazilatlari talaygina. Boshqaruv tizimining kengayishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan direktor, direktor o‘rinbosarlari, metodistlar va trenerlarning bir birlari bilan hamkorlikda ish olib borayotganlarini, sportni rivojlantirish yo‘lida fidoiylik bilan ishlashlari taqsinga loyiqdir. Sport maktabida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 55 nafar oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega trenerlar 1568 nafar sportchilarni tayyorlab, ularni Respublika va Osiyo arenalarida bayroqimizni yuqori ko‘tarib kelayotganliklarini asosiy sababchisi hisoblanadilar. Aholi orasida uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish ularni qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib turli sport to‘g‘araklariga jalb qilishda sport maktabining o‘rni beqiyosdir. 20 xildagi sport turlari mavjud sport maktabida 345 nafar Osiyo va Respublika Chempionlari 638 nafar viloyat va shahar Chepmionlari shug‘illanib kelishmoqda. Turli sport turlari buyicha ikkinchi, birinchi va oliy toifali trenerlar sportchilar birgalikda ish olib bormoqda. Bu esa boshqaruv tizimining to‘g‘ri shakllanganligidan dalolat beradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv usullari quyidagilardan iborat ya’ni ular:

  • Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari.

  • Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqarishning iqtisodiy usullari.

  • Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari.

Menejmentning ma’muriy usullari boshqaruv nazariyasi va amaliyotining tabiatidan kelib chiqadi. Boshqaruvda pastki bo‘g‘inni xo‘jalikning hamma bosqichlaridagi boshqaruvning mas’uliyat va huquqlari bilan qurollangan yuqori bo‘g‘inga bo‘ysunishi.
Menejmentning iqtisodiy usullari ishlab chiqarish samaradorligi muammolarini hal etishda yordam qiluvchi butun iqtisodiy mexanizmning alohida bo‘g‘ini sifatida tasavvur qilinadi. Ushbu usullar insonlarni iqtisodiy rag‘batlantirish asosida ma’lum muhitni yaratish orqali menejmentga ta’sir ko‘rsatadi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida ijtimoiy-psixologik usullarining mohiyati oshib bormoqda. Ular ushbu jamoaning ham butun guruhlariga, ham har bir personaliga ta’sir ko‘rsatib boradi. Ularga ishontirish, tarbiya, ma'naviy rag‘batlantirish, personal-ning maishiy ehtiyojlarini qondirib borish, ijrochilaming kar’era qilishga intilishlarini inobatga olish, o‘zlarining ijtimoiy stattuslarini ko‘tarish va ho- kazolami kiritadilar. Menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining ijtimoiy-psixologik usullari asosan jamoada yaxshi ijtimoiy va psixologik muhit yaratishga yo‘naltirilgan. Bu usullar asosan eng avvalo, personalning malakaviy-professional tizimi (strukturasi)ga, ularning mehnat sharoiti, psixologiyasi kabi belgilari va xususiyatlariga ta’sir ko'rsatadi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish