O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qaroriga (2019-yil 12-avgustdagi 92- va 34-2019-QQ-sonli qarori bilan tahrir etilgan) muvofiq: -Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, byudjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi (10-band). -Turar joyni ijaraga olganlik bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi miqdorida qoplanadi (12-band).
Do'stlaringiz bilan baham: |