Standartlashtirish sohasida hujjatlarni me’yoriy nazoratdan o‘tkazishning
texnologik sxemasi.
2.2-rasm
2.Me’riy nazoratning maqsadlari va vazifalari.
Me’yoriy nazorat konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishning yakunlovchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. SHu bois hujjatlarning asl nusxalarini texnik hujjatlar bo‘limiga yoki uning o‘rnini bosuvchi bo‘linmaga topshirishni me’yoriy nazoratchining zimmasiga yuklash tavsiya qilinadi.
Tashkilotda ishlab chiqiladigan konstruktorlik hujjatlarining soni va mazmuniga bog‘liq ravishda me’yoriy nazoratni bitta me’yoriy nazoratchi yoki quyidagilarga ixtisoslashgan bir nechta me’yoriy nazoratchi o‘tkazishi mumkin:
a) konstruktorlik hujjatlari o‘z ichiga oladigan ma’lumotlarning xarakteri bo‘yicha. Bunda ixtisoslashgan me’yoriy nazoratchilar har bir hujjatda rasmiylashtirish,
tasvirlash qoidalariga rioya qilinishi, materiallarning belgilanishi va sortamenti, unifikatsiya, ilgari loyihalangan mahsulotlarning qo‘llanilishi, cheklaydigan nomenklaturalarga rioya qilinishi va hokazolarni birin-ketin tekshiradilar;
b) hujjatlarning turlari bo‘yicha. Bunda me’yoriy nazoratchilar hujjatlar, chizmalar, sxemalar, spetsifikatsiyalar, vedomostlar va hokazolarning alohida turlarini tekshirishga ixtisoslashadi.
Me’yoriy nazoratni ikkita bosqichda o‘tkazish tavsiya qilinadi:
I bosqich – asl nusxalarni tayyorlash va ko‘paytirishga berishdan oldin konstruktorlik hujjatlarining originallarini tekshirish. Bu materiallar me’yoriy nazoratchiga “Ishlab chiquvchi” va “Tekshiruvchi” grafalariga imzo qo‘yilgan holda taqdim qilinadi;
II bosqich – tashkilot yoki korxona rahbarining tasdiqlovchi imzosidan tashqari konstruktorlik hujjatlarini bajarish va uning mazmuni uchun mas’ul bo‘lgan barcha shaxslarning imzosi bo‘lgan taqdirda konstruktorlik hujjatlarining asl nusxalarini tekshirish.Konstruktorlik hujjatlari me’yoriy nazoratga, qoidaga ko‘ra, jamlangan tarzda taqdim qilinadi:
loyiha hujjatlari uchun (texnik taklif, eskizli va texnik loyihalar) – tegishli bosqichda ishlab chiqiladigan barcha hujjatlar;
ishchi hujjatlar uchun – yig‘ish birligiga ishlab chiqilgan hujjatlar (detallarning chizmalari,
yig‘ish chizmalari, spetsifikatsiyalar va hokazolar);
Me’yoriy nazoratchi tomonidan tekshirilgan konstruktorlik hujjatlarini imzolash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) agar hujjatni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bitta me’yoriy nazoratchi tekshirsa, u
me’yoriy nazoratchining imzosi uchun ajratilgan joyga imzo qo‘yadi;
b) agar hujjatni bir nechta ixtisoslashgan me’yoriy nazoratchilar birin-ketin tekshirsa, u holda bu hujjatga me’yoriy nazoratchining imzosi uchun ajratilgan joyga imzo qo‘yish eng yuqori lavozim toifasiga ega bo‘lgan (mexyoriy nazoratchilar guruhida) ijrochi tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan me’yoriy nazoratchilar hujjatni tekshirib chiqqandan keyin hoshiyalarga o‘zlarining vizalarini qo‘yadilar;
v) tashkilot yoki korxonaning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatga me’yoriy nazoratchi tasdiqlashga berishdan oldin viza qo‘yadi va hujjat tasdiqlangandan keyin belgilangan joyga imzo qo‘yadi.
Me’yoriy nazoratchi tomonidan imzolangan, biroq texnik hujjatlar bo‘limiga (byurosiga) topshirilmagan hujjatlarga uning ruxsatisiz tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nazorat savollari
1. Me’yoriy nazoratni o‘tkazish tartibini keltiring?
2. Standartlashtirish sohasida hujjatlarni me’yoriy nazoratdan o‘tkazishning
texnologik sxemasini tushuntirib bering?
3. Me’yoriy nazoratning vazifalari nimalardan iborat?
4. Me’yoriy nazoratni o‘tkazish bosqichlarini keltiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |