Tashkil etilishi haqida


Samarqand shahar 64-umumiy o’rta



Download 0,69 Mb.
bet7/8
Sana30.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#132958
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
010.Maruzalar-matnlari-Haqberdiyeva-Sh.64-maktab

Samarqand shahar 64-umumiy o’rta

ta`lim maktab geografiya fani o’qituvchisi

Xaqberdiyeva Sh.Sh. ning

GEOGRAFIYA FANI O’QITILISHIDAGI



MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF

ETISH YO’LLARI”

haqida an`anaviy Avgust sho’ba

yig’ilishi uchun tayyorlagan
M A` R U Z A S I



GEOGRAFIYA FANI O’QITILISHIDAGI

MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF

ETISH YO’LLARI

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mamlakatimizda “Ta`lim to’g’risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

Geografiya fanini zamon talablari darajasida o`qitish, dars sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilar qalbida fanga qiziqish uyg`otish har bir o`qituvchi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kun talablaridan biri amalga oshirilayotgan ta’lim sifat-samaradorligini oshrishda o`quvchilarga nazariy bilimlar bilan birga amaliy, ko`rgazmali, ya’ni noan’anviy interfaol darslar tashkil etish asosida o`quvchilarda ko`nikma va malakalarni shkllantirishdan iboratdir.

Ta’lim – tarbiya jarayonida bola shaxsini shakllantirish bosh masalalardan biridir. Geografiya – tabiat bilan bog`liq bo`lgan, amaliy bilim va ko`nikma talab etadigan fan. Shu bois, mazkur fanga o`quvchilarning qiziqishini oshirish, o`zlashtirish sifat samaradorligini DTS talablariga mos kelishini ta’minlash o`qituvchidan ko`p izlanish, chuqur bilim va mehnat talab etadi. Bunda o`qituvchilarning ilg`or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoq va boshqa zamonaviy vositalardan samarali foydalana olish malakasi muhim oringa ega.

Hozirgi davrda o`quvchilar an’anaviy darslik mutolaasi orqali ma’lumotlarni bilish bilan birga interfaol ta’limning zamonaviy usullari hisoblanmish elektron darslik, elektron doska yoki mavzuga oid kinofilmlar orqali ma’lumotlarni bilishga qiziqadilar. Bunday usulda tashkil qilingan darslarda eng loqayd o`quvchi ham ozgina bo`lsa-da harakat qilishga, ya’ni, dars jarayonida bo`layotgan savol-javoblarga, bahs – munozaralarga qo’shilishga harakat qiladi.

Ma`limki, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat ta`lim jarayonining asosini tashkil etadi. Shuning uchun o’qituvchi o’zi so’zlab, o’zi so’rovchi bo’lib qolmasligi kerak. O’quvchilar ham yangi bilimni egallashda faol ishtirok etishi, darsda faol bo’lishi shart. Yangi bilimlarni egallashda har xil amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yaxshi natijalar beradi. Bunday amaliy mashg’ulotlarda yozuvsiz xaritadan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Geografiya fani o’qitilishidagi eng asosiy muammolardan birinchisi har bir o’quvchi darsda ishlatilishi lozim bo’lgan geografik atlas va yozuvsiz xarita bilan to’liq ta`minlanmaganligidir. Bu muammoni hal qilishga ota-onalar loqayd qaraydilar, farzandlarini ushbu o’quv qurollari bilan ta`minlashni ikkinchi darajali muammo deb o’ylaydilar. Vaholanki bunday emas. Ushbu muammoni hal qilishda o’qituvchi dars davomida o’rganilayotgan obyektning xarita-sxemasini doskaga chizib, o’quvchilarga ham geografiya daftarlariga chizishni tavsiya berishi va kerakli bo’lgan voqea va hodisalarni navbati bilan ketma-ketlikda tushirib borishlarini nazorat qilib borishi mumkin. Uyda esa o’quvchilarga yozuvsiz xaritani rangli qalamlar bilan bo’yash va qo’shimcha bilimlarni kiritishni vazifa qilib berishi mumkin. Ikkinchi tomondan har bir geografiya o’quv xonasida magnitli yozuvsiz xarita bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Magnitli yozuvsiz xarita turli xaritalarni o’rganishda qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari, magnitli xariradagi yozuvlar hajmining kattaligi tog’, tekislik, daryo, shahar va hokazolarning bir-biriga xalaqit bermasligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunday qurilmadan geografiya fani bo’yicha barcha mavzularda, to’garak va kechalarda foydalanish mumkin. O’qituvchi magnitli yozuvsiz xaritadan doskada foydalansa, o’quvchilar o’z yozuvsiz xaritalariga yoki daftarda chizilgan xarita-sxemalariga belgilab borishlari xaritani o’rganishda katta samara beradi. Yozuvsiz xarita magnitli yoki magnitsiz bo’lishi mumkin.

Magnitli yozuvsiz xarita uchun 1x1,5 metr hajmdagi yupqa qog’oz olinadi. Oppoq qog’ozga o’rganilayotgan hududning ahdozasini tushiramiz. Masalan, O’zbekiston geografiyasini o’rganishda 1x1,5 metr hajmdagi temir list olamiz yoki temir qoplamali doskadan foydalanamiz. Listni vertikal holda doskaga o’rnatamiz. List ustiga chizilgan yozuvsiz xaritani magnit yordamida o’rnashtiramiz. So’ngra mavzuga aloqador kerakli jihozlarni olamiz. Yozuvsiz xaritaning belgilari mavzuga moslab tayyorlanadi. Belgi yoki joy nomi albatta qalin qog’ozga bosma harfda yozoladi. Ularning kattaligi oxirgi partada o’tiradigan o’quvchilarga ham ko’rinadigan darajada bo’lishi kerak. Belgilar nomlari tog’, shahar, GES, daryo, foydali qazilma, hayvon nomi yoki rasmi va hokazo bo’lishi mumkin. Masalan, mavzu “O’zbekiston daryolari”. Bu mavzu uchun daryolar nomi yozilgan magnitli qogozlarni tayyorlab, yozuvsiz xaritaga birin-ketin joylashtiramiz.

Magnitsiz yozuvsiz xarita uchun esa 1x1,5 metr hajmdagi yupqa qog’ozga tushirilgan yozuvsiz xarita va kerakli nomlar bitilgan belgilar tasviri tushirilgan qog’ozchalar kerak bo’ladi. Yozuvsiz xaritalarga shu qog’ozchalar o’rnatilishi uchun moslab plyonka qilinadi. Bunday tutkichlarga daryo, tog’, shahar yoki boshqa nomlar yozilgan qog’ozchalar o’rnatiladi. Qog’ozchalarga ham maxsus o’rnatkichlar qo’yiladi. Mazkur xaritalar uchun temir list kerak emas.



Barcha sinflarda geografiya fani dasturida murakkab mavzular bor. Ushbu mavzular haqidagi tushuncha va ko’nikmalrni o’quvchilar ongiga yetkazishda ham muammolar uchrab turadi. 5-sinflarda geografik atama va tushnchalarning lug’aviy ma`nosini bilishda bir muncha qiyinchiliklar bo’ladi, bunig uchun har bir o’quvchida “Geografik lug’at daftari” bo’lishi kerak, dars davomida yangi uchragan atama, tushuncha va nomlar ushbu daftarga yozib boriladi va ularning ma’nosi mavzu matnidan izlab topib yozib qo’yiladi, bu topshiriqni darsda mustaqil ish bajarganda yoki uyga vazifa qilib berish mumkin. 6-sinflarda “Geografik qobiq” mavzularini o’rganishda o’quvchilar bilimida bo’shliqlar borligi aniqlangan. Ushbu mavzularni o’rganishda dars o’tishning har xil usullaridan, elektron darsliklar va o’quv filmlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 7-sinflarda “Xarita andazalari”, “Topografik xaritalar va ulardan foydalanish” kabi mavzularni o’quvchilar ongiga yetkazishda darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, analogiya ya`ni taqqoslash, qiyoslash, Teatral pedagogika usulidan foydalanilsa yaxshi samara beradi. Analogiya usulida geografik va topografik xaritalarni bir-biriga taqqoslash yo’li bilan ularning farqini ajratib olish mumkin. Xaritalardagi voqea va hodisalarni tasvirlaydigan shartli belgilarni teatral pedagogika usulidan foydalanib ko’rsatib berish mumkin. Bunda sinfdagi iqtidorli o’quvchilarga uyda shartli belgilar tasvirini kattaroq qog’ozga tushirib kelish topshiriladi va har bir shartli belgiga she`r yozib kelish topshiriladi. Darsda sahna ko’rinishi tashkil etilib, har bir shartli belgi qaysi vazifani bajarishi namoyish qilinadi. Teatrlashtirsh jarayoni bola miyasiga kuchli ta`sir etadi va bolaga murakkab jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. 8-9 - sinflarda o’rganilayotgan viloyat, mamlakat, xususan, Yaponiya mavzusini o’rganishda 1-2 daqiqa o’quvchilar diqqatini daf`atan qiyidagi ma`lumotlarga jalb qilishdan boshlash mumkin: Yaponiya jahonning yirik yirik moliyaviy markazi. Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromad salmog’i bo’yicha u jahonda Shveysariya va Lyuksemburgdan keyin 3-o’rinda turadi. Geografik o’rniga ko’ra Osiyo-Tinch okean mintaqasining markazida orollarda joylashgan, yuksak darajada elektrlashtirilganligi bilan ajralib turuvchi mamlakat. Aholisi o’ta madaniyatli, yoppasiga oily ma`lumotli, tabiatan bosiq va intizomli. Bu davlatda bolalar o’limi ko’rsatkichi eng past va o’rtacha umr ko’rsatkichi eng yuqari. Bu mamlakat aholisi yozganda pastdan yuqoriga tomon yozadi, cho’pda ovqatlanadi, kimonoda yurishadi, paltoni ayollar kiyadi. Mashinalar boshqaruvi o’ng tomonda…. Bugungi darsimizda mazkur davlatning iqtisodiy qudrati sabablarini o’rganamiz. Yapon tajribasining o’ziga xosliklari, yurtimiz O’zbekistonga asqotishi mumkin bo’lgan jihatlari haqida fikr yuritamiz, deya dars boshlansa, o’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish ortadi, bunga qo’shimcha tarzda o’quvchini mustaqil izlanishga yo’naltiruvchi: “Internet ma’lumotlaridan foydalanib Yaponiyaga oid uchta noyob ma`lumot aytishga urinib ko’ring!” mazmunida topshiriq berilsa, har bir o’quvchining o’zini namoyon qila olishga qiziqishi barobarida kelasi darsni orziqib kutadigan muhim didaktik tuyg’u tarbiyalanadi.

Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi muammolar ham turibdi-ki, ularni hal qilish har bir fan o’qituvchisi va maktab ma`muriyatiga bog’liq: maktablarni geografiya darslarini o`tishda alohida o`quv-laboratoriya xonalari bilan ta’minlash, ushbu o`quv – laboratoriya xonalarini dars uchun kerak bo`lgan oquv asbob-uskunalari, masalan, kompas, barometr, termometr, har xil tog` jinslaridan namunalar va hokazolar bilan ta’minlash, geografiya o`quv xonalarini kompyuter, monitor va boshqa kerakli bo`lgan texnika vositalari bilan jihozlash, darslarda barcha mavzular uchun kerak bo`lgan xaritalar, elektron darsliklar, o`quv filmlari, fanga oid o`quv ko`rgazmali qurollari bilan qurollantirish. Bular barchasi bisdan juda ko’p mehnat talab qilishini unutmasligimiz lozim.

Geografiya dunyodagi juda qadimgi va eng qiziqarli fanlardan biridir. Ikki ming yil muqaddam bunyodga kelgan, o’z taraqqiyot yo’lida xalqlar saviyasining yuksalishi va madaniyatining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan geografiya fani hozirgi paytda xalqimiz oldida turgan murakkab ilmiy-xo’jalik vazifalarini hal etishga xizmat qilmoqda.

Darhaqiqat, geografiyaga qiziqmagan, o’zining kundalik hayotiy faoliyatida geografiyaga duch kelmagan kimsani uchratish qiyin. Inson hayoti va jamiyat taraqqiyotini geografiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga qaramay, qiziqarli geografik materiallarni o’z ichiga olgan, o’zbek tilida nashr etilgan maxsus adabiyotlar hozircha juda kam. Lekin hozirda mavjud qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib darslar tashkil etilsa, dars o’tishning yangi usullaridan ko’proq foydalanilsa maqsadga erishilgan bo’lar edi.



Ma`lumki, har qanday fan qatorida hozirgi zamon geografiya fani ham o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmog’i lozim. Bunda, bizning fikrimizcha, darslarni yuqorida aytub o’tilganidek samarali, ko’rgazmali qurollar asosida o’tish yaxshi natija beradi. Shuning barobarida ilg’or tajribalarni sinab korish, ularni ommalashtirish, ko’rgazmali qurollarni ko’paytirishni talab etadi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish