Buyrak arteriyasi (a. renalis) I-II bel umurtqalari sohasida boshlanib, buyrak darvozasidan kirib oldingi shox (r.anterior) va orqa shoxga (r. posterior) bo‘linadi. Oldingi shox quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: a) buyrakning yuqorigi segment arteriyasi (a.segmenti superioris). b) buyrakning oldingi yuqorigi segment arteriyasi (a.segmenti anterioris superioris). d) buyrakning oldingi pastki segment arteriyasi (a.segmenti anterioris inferioris). e) buyrakning pastki segment arteriyasi (a.segmenti inferioris). Orqa shoxdan buyrakning orqa segment arteriyasi (a.segmenti posterioris) chiadi. O‘ng buyrak arteriyasi pastki kovak venaning orqasidan o’tadi. Buyrak arteriyasidan buyrak usti bezining pastki arteriyasi (a. suprarenalis inferior) va siydik yo‘li tarmoqlari (rr. ureterici) chiqadi. Buyrak arteriyasi bolada buyrakning joylashishiga qarab qiyshiq yo‘nalgan bo‘ladi. Buyrak o‘z joyiga turganidan keyin gorizontal holatni oladi. 3.Moyak (tuxumdon) arteriyasi (a. testicularis) (a. ovarica) ingichka uzun arteriya bo‘lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda moyak arteriyasi chov kanalidan o‘tib, urug‘ tizimchasi tarkibida moyakka boradi. Undan siydik yo‘liga (rr.ureterici) va moyak ortig‘ga (rr.epididymalis) chiqadi. Moyak arteriyasi urug‘ olib ketuvchi nay va kremaster arteriyalari bilan anastomozlashadi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osiltirib turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi. Undan siydik yo‘liga (rr.ureterici) va bachadon nayiga (rr.tubarii) chiqadi. Tuxumdon arteriyasi bachadon arteriyasining tuxumdon shoxi bilan anastomozlashadi. Qorin aortasining toq tarmoqlari Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ustki va pastki ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo‘shlig‘ida joylashgan toq a’zolarni qon bilan ta’minlaydi.