7-Mavzu: Odam savdosi - davr muammosi
Odam savdosi — inson, uning sha’ni, kadr-kimmati, osoy
ishta turmu
shi xamda kelajagiga taxdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik kurinishlaridan biri bulib, uzining chegara tanlamasligi xamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish uygotadi.
Birinchidan, xamma odamlar uz kadr-kimmati va xukuklarida erkin va teng bulib tugiladilar, ushbu koida BMTning 1948 yilda kabul kilingan Inson xukuklari umumjaxon deklaratsiyasida, shuningdek, bir kator xalkaro xukukiy xujjatlarda xamda milliy konunchilikda belgilab kuyilgan.
Odam savdosi esa insonning erkinligi, tengligi va shaxsiy daxlsizligiga putur yetkazadi, uni turli xurlik va kamsitishlarga duchor etadi. Odam savdosi deb atalmish ushbu jinoiy faoliyat ortida majburiy mexnat, kullik, majburiy donorlik, xarbiy tuknashuvlarda foydalanish, foxishabozlik bilan shugullanishga majburlash kabi kabix, kilmishlar mujassamdir.
Ikkinchidan, odam savdosi jinoyatchilar uchun serdaromad manba bulib kolmokda. Xalkaro ekspertlarning baxolashicha, dunyo buyicha odam savdosidan tushadigan yillik daromad 7 mlrd. AKSH dollaridan oshmokda. Afsus bilan ta’kidlash kerakki, dunyoda «odam savdosi» bozori va unga talab kundan-kunga oshib bormokda.
SHu bois jinoiy tuzilmalar ushbu nokonuniy faoliyat bilan shugullanishning turli yullarini kidirish, maksadini amalga oshirishni yengillashtirish uchun xalkaro jinoiy uyushmalar tashkil etish, davlat xizmatchilarini uzlariga ogdirish payidan buladilar. Bu esa, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korruptsiya kabi xavfli illatlarning keng yoyilishiga sabab buladi.
Uchinchidan, odam savdosi bilan shugullanuvchi shaxslar uz «kirdikorlar»ini yashirish maksadida bunday savdoning kurboniga aylanayotgan shaxslarni imkon kadar e’tibordan chetda tutishga xarakat kiladilar. Avvalo, buning uchun odamlarni xorijga nokonuniy yullar bilan olib chikishga, pasport va shaxsiy xujjatlarini kalbakilashtirishga urinadilar.
Bu xolat esa nokonuniy migratsiya salmogining ortishiga, muayyan davlat xududiga nokonuniy kirib kelganlar sonining ortib, iktisodiy, demografik va kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir kursatishiga, shuningdek, xorijga chikish va muayyan davlat xududida bulish koidalarining buzilishiga olib keladi.
Turtinchidan, odam savdosi bilan shuG’ullanuvchi shaxslar bunday savdoning kurboniga aylanayotganlarni imkon kadar uz nazoratida ushlab turish va kuprok foyda olish maksadida ularning shaxsiga oid xujjatlarni (pasport, migratsiya kartochkasi va x.k.) nokonuniy egallab, xorijiy davlatda erkin xarakatlanish, ximoyasi ostida bulgan davlatning tegishli vakolatxonalariga murojaat etishiga tuskinlik kiladilar. Okibatda bunday shaxslar uzini xukukiy ximoyalash imkoniyatidan maxrum etiladi.
Beshinchidan, odam savdosi kurbonlari ularga nisbatan jismoniy yoki ruxiy tazyik utkazilganligi xakidagi ma’lumotlar oshkor bulishi yoki uzining nokonuniy xorijga chikkanligi fosh bulishidan chuchib, xukukni muxofaza kiluvchi organlarga murojaat etmaydilar. Bunday xolat odam savdosi bilan shuG’ullangan shaxslarning javobgarlikdan kutulib kolishiga xamda jinoiy faoliyatini davom ettirishiga olib keladi. SHu bois dunyo mamlakatlarida odam savdosiga karshi kurash masalasiga jiddiy e’tibor karatilib, bu tadbirga davlat idoralari, kolaversa, jamoat tashkilotlari, ukuv muassasalari, ommaviy axborot vositalari keng jalb etilmokda. Dunyoda odam savdosi bilan boG’lik vaziyat taxlili bu boradagi axvolning xamon jiddiyligicha kolayotganligini kursatmokda.
Uzbekiston Respublikasi uz mustakilligini kulga kiritgach, tadbirkorlik, xususiy biznesga keng yul ochildi. Xorijiy davlatlar bilan iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy soxalarda xamkorlik urnatildi. Yurtimiz fukarolarining xorijiy mamlakatlarga bemalol chikishlari uchun imkoniyat va yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Afsuski, ayrim shaxslar bunday shart- sharoit va imkonyatlardan uz manfaatlari yulida foydalanib, fukarolarimizni turli aldov va firibgarlik bilan xorijga olib chikib ketishga urinmokdalar. Buning okibatida yurtimiz fukarolari xam odam savdosi kurboniga aylanmokda... Odam savdosi bilan boG’lik jinoyatlarning jamiyatimizga olib kelishi mumkin bulgan salbiy okibatlarini chukur anglagan xolda utgan yillar mobaynida respublikamizda bunday jinoyatlarning oldini olish va unga karshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Avvalo, bu davrda odam savdosi jinoyatlariga barxam berishning normativ-xukukiy bazasi shakllantirildi. Davlatimiz odamlarning yashirin trafikiga karshi kurashish va uning kurbonlarini ximoya kilishga karatilgan asosiy xalkaro xujjatlarga kushildi. Yakin tarixga nazar tashlaydigan bulsak, bu borada normativ-xukukiy baza deyarli mavjud emas edi. 1994 yil 22 sentyabrda kabul kilingan Jinoyat Kodeksida ilk bor odam savdosiga karshi kurashish maksadida bunday xarakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Jumladan, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi shaxsning ozodligi, sha’ni va kadr-kimmatini ximoyalash va odam savdosi jinoyatlarining oldini olishga karatilgan edi. Xozirda Jinoyat Kodeksining ushbu moddasi yanada takomillashtirildi.
Odam savdosi bilan boG’lik jinoyatlar transmilliy, ya’ni xudud va chegara tanlamaydigan kilmish ekanligini xisobga olgan xolda, Uzbekiston Reslublikasi bunday salbiy kurinishlarga karshi kurashish borasida xalkaro xamkorlikka aloxida e’tibor karatdi. Davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1950 yilda kabul kilingan «Odam savdosi va foxishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga karshi kurash tuG’risida»gi Konventsiyasiga kushildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan kabul kilingan «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash tuG’risida»gi Konventsiya, shuningdek odam savdosi, ayniksa ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek kuyish va buning uchun jazolash tuG’risidagi kushimcha protokol xam ratifikatsiya kilindi. SHu bilan birga, mustakillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (shu jumladan, odam savdosi)ning xavfli kurinishlariga karshi kurash xakida 29 ta shartnoma va kelishuvlar imzolangan.
2008 yilning 17 aprelida «Odam savdosiga karshi kurashish tuG’risida»gi konunning kabul kilinishi mamlakatimizda odam savdosiga karshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlarni ximoyalashda muxim boskich buldi.
Odam savdosiga karshi kurashish, bunday jinoyat kurbonlarini ijtimoiy ximoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fukarolarning uzini uzi boshkarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiklashtirish maksadida odam savdosiga karshi kurashish buyicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi. Joylarda xam odam savdosiga karshi kurashish buyicha xududiy idoralararo komissiyalarning faoliyati tulik yulga kuyilib, ularda tashkil etilgan ishchi guruxlari uz faoliyatini olib bormokda. Milliy Dasturga muvofik odam savdosiga karshi kurashish borasida konunchilikni takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilmokda. Bundan tashkari, komissiya tashabbusi bilan fukarolarning odam savdosi bilan boG’lik xolatlar, uning oldini olish choralari xakidagi tegishli ma’lumotlarni istalgan vaktda olishlarini ta’minlash maksadida Ichki ishlar, Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza kilish vazirliklari va Davlat bojxona kumitasida «Ishonch telefonlari» tashkil kilindi.
Odam savdosi kabi jinoiy faoliyatni amalga oshirish uslublarining taxlili, aksariyat xollarda, fukarolarni majburiy mexnat yoki foxishalik bilan shugullantirish maksadlarida foydaldanish uchun respublikamiz xududidan aldov yuli bilan olib chikib ketayotganligini kursatmokda. Kayd etish lozimki, respublikamizda fukarolarning xorijda mexnat kilishini tashkil etishga doir xukukiy asoslar yaratilgan bulib, ulardagi asosiy talablardan biri - bu xorijga yuborilishi kuzda tutilayotgan fukarolarning muayyan davlat xududida ijtimoiy ximoyasining ta’minlanishi, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sugurtaning mavjudligidir.
Bu kitobning bosh g’oyasi, asosiy ma’no-mazmuni haqida uning “So’zboshi o’rnida” deb nomlangan kirish qismida atroflicha ma’lumot beriladi.