Tasdiqlayman” Yangiqo’rg’on tumani 1-son kasb-hunar maktabi direktori N. U. Mirzakarimov “


Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar



Download 10,74 Mb.
bet121/143
Sana11.06.2022
Hajmi10,74 Mb.
#656603
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
Bog'liq
Fizika majmua

Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar.
1.Garmomik tebranishlar deganda nimani tushunasiz?
2,Matematik mayatnikni taʼriflang.
3.Prujinali mayatnik tebranish davri formulasini tushuntiring.
4.Uy sharoitida matematik mayatnik yasang.

24-mavzu.3- LABORATORIYA ISHI: MATEMATIK MAYATNIK YORDAMIDA ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Erkin tushish tezlanishini matematik mayatnik yordamida aniqlash usulini o‘rganish.Kerakli asbob va jihozlar. Matematik mayatnik, laboratoriya universal shtativ, sekundomer, o‘lchov lentasi.Ishni bajarish tartibi:
1. Ipni imkoni boricha uzunroq holatda mahkamlab, uning uzunligi o‘lchanadi. Shar radiusi r aniqlanadi. Olingan natija jadvalga yoziladi. l1 = (lip + r) m.
2. Sharchani muvozanat vaziyatidan uncha katta bo‘lmagan (6° – 8°) burchakka og‘dirib, u harakatga keltiriladi. Shu onda sekundomer ishga tushiriladi.
3. Matematik mayatnikning tebranishlar soni sanaladi. Mayatnik N1 = 20 marta tebranganda sekundomer to‘xtatiladi.4. Sekundomerning ko‘rsatishi qayd etiladi va jadvalga yoziladi.
5. T = dan tebranish davri aniqlanadi.
6. ifodaga ko‘ra erkin tushish tezlanishi hisoblanadi.
7. Mayatnik ipining uzunligini o‘zgartirmasdan tebranishlar soni N2 = 30 ta va N3 = 40 ta hollari uchin tajriba yuqoridagidek takrorlanadi.
8. Olingan natijalar asosida mayatnik tebranish davri va erkin tushish tezlanishining qiymatlari aniqlanib, jadvalga yoziladi.
9. Olingan natijalar asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.
Mavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
1.Uy sharoitda yasagan matematik mayatnikingizni davrini hisoblab toping.
2.Oʼtkazilgan laboratoriya ishlaridan olingan natijalar boʼyicha xulosa yozing.

25-mavzu. MAJBURIY TEBRANISHLAR. TEXNIKADA REZONANS

Reja;


1.Majburiy tebranishlar deganda nimani tushunasiz.
2.Rezonans.
3.Avtotebranishlar.
Biror muhitda sodir bo‘layotgan erkin tebranishlar so‘nuvchan bo‘ladi (5.5-rasm). Chunki tebranish davrida tebranuvchi jism muhit tomonidan ishqalanish tufayli qarshilikka uchraydi.

Tebranishlar so‘nmasligi uchun ishlatilgan energiyani davriy tarzda
to‘ldirib turish kerak. Buning uchun tebranuvchi sistemaga tashqi kuch vositasida davriy ta’sir ko‘rsatib turish kerak. Mana shunday tashqaridan kuch ta’sir etib turadigan qurilmaning sodda maketi 5.6-rasmda keltirilgan. Prujinaga osilgan yukni pastga tortib, qo‘yib yuborilsa, u tebranma harakat qiladi. Bu paytda prujina osilgan temir o‘zakning dastagi aylantirilsa, tebranishlar so‘nmaydi. Tashqaridan davriy ravishda ta’sir etib turadigan kuch ta’sirida sodir bo‘ladigan tizimning tebranishlariga majburiy tebranishlar deyiladi.Bu majburiy tebranishlarni hosil qiluvchi davriy o‘zgaruvchi tashqi kuchga majburlovchi kuch deyiladi.Majburiy tebranishlarga kundalik turmushdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Siz sevib tinglaydigan radiodagi, magnitofondagi, televizordagi radiokarnaylarning membranasi undan o‘tuvchi majburlovchi tok ta’sirida tebranadi. Uyingiz yoki sinfi ngiz yonidan og‘ir yuk ortgan mashinalar o‘tib qolsa deraza oynalari zirillaganini eshitasiz. Eski beton qurilmalar (fundament, ustun)ni parchalovchi, tog‘ jinslarini ko‘chiruvchi zirillab (titrab) ishlaydigan pnevmatik bolg‘alar ham davriy ravishda ta’sir etuvchi tashqi kuch ta’sirida ishlaydi. Majburiy tebranishlardan foydalanish yoki zararli hollarda yo‘qotish uchun ularni o‘rganish kerak.

5.6-rasmdagi qurilmadan foydalanib, tashqi majburlovchi kuchning tebranuvchi sistemada hosil bo‘ladigan tebranishlarga ta’sirini o‘rganamiz.5.6-rasm.Yuk (4) bog‘langan prujina (3) ning uchi ilmoq (2)l i sim uchiga osilgan. Ilmoq uchi halqa shaklida bolib, temir o‘zak (l) ning yoy shaklida bukilgan qismida sirpanadi. Temir o‘zakni aylantira boshlasak, yukli prujina tebrana boshlaydi.
O‘zak dastagini tezroq aylantirsak, yukning tebranishlari avvaliga biroz orqada qolib, keyin tenglashadi. Shunda tebranishlar barqaror bo‘ladi.
Rezonans hodisasi Endi tebranuvchi sistemada sodir bo‘layotgan tebranishlar amplitudasining majburlov chi kuchga qanday bog‘liq bo‘lishini kо‘rib chiqaylik. Buning uchun oddiy gina tajriba o‘tkazamiz. 4–5 m uzunl ikdagi ipni xonaning bir uchidan ikkinchi uchiga biroz osiltirib tortamiz.
Ularga 3–4 ta turli uzunlikdagi iplarga osilgan yuklarni bog‘laymiz (5.7-rasm).Birinchi yuk osilgan ipning uzunligini to‘rtinchi yuk osilgan ip uzunligi bilan bir xil qilib tanlaymiz. Birinchi mayatnikni muvozanat vaziyatdan chetga chiqarib, qo‘yib yuborsak, u tebrana boshlaydi. Uning tebranishi umumiy bog‘langan ip orqali boshqa mayatniklarga o‘tib, ular ham asta-sekin tebranma harakatga keladi. Mayatniklarda barqaror tebranishlar vujudga kelgandan so‘ng ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi mayatniklar tebranishiga e’tibor bersak, to‘rtinchi mayatnik amplitudasi eng katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz. To‘rtinchi va birinchi mayatniklar uzunligi bir xil bo‘lganligi tufayli, ularning erkin tebranishlar davri (chastotasi) o‘zaro teng bo‘lib chiqadi.

Demak, majburiy tebranishlarda majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy tebranishlari chastotasiga teng bo‘lganda tebranishlar amplitudasi eng katta bo‘ladi, ya’ni rezonans ro‘y beradi.Tashqi majburlovchi kuch chastotasi, tebranuvchi sistemaning xususiy chastotasiga teng bo‘lganda, tebranishlar amplitudasining keskin ortib ketish hodisasiga rezonans deyiladi.Rezonans davrida amplitudaning ortib ketishiga sabab majburlovchi kuch yo‘nalishi bilan tebranuvchi jism harakat yo‘nalishining o‘zaro mos kelis hidir.Rezonans hodisasidan texnikada va turmushda keng foydalaniladi. Soatlarda, barcha turdagi qo‘ng‘iroqlarda, sirenalarda, pnevmatik bolg‘alarda rezonans hodisasidan foydalaniladi.Lekin rezonans hodisasi ba’zi hollarda zararlidir.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish