Adabiyot insonlarning aihiy kechinmalarini so’z orqali ifodalab kelgan san'at turidir



Download 1,65 Mb.
bet51/63
Sana21.01.2017
Hajmi1,65 Mb.
#828
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
V) Rivojlantiruvchi maqsad:


  • o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish

  • mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.



VIII. Darsni o’tkazish joyi: №-----------

9. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.


  • Tarix,

  • Shaxs va jamiyat


10. Kerakli bilimlar doirasi:
1. «Farfod va Shirin» dostonini.

2.Dostondagi obrazlarni.

3.Dastondagi Suqrot obrazini.
1. Darsni jihozlash:
a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r


DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.

1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.

2. O’qituvchining kirish so’zi:

Bu bosqichda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU:”FARHOD VA SHIRIN” DOSTONIDA ISHQ MUHABBATNING ULUG’LANISHI.

REJA:

1. «Farfod va Shirin» dostoni.

2.Dostondagi obrazlar.

3.Dastondagi Suqrot obrazi.



O’qituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Yakka sovollar.

1.A.Navoiyning hayoti qanday kechgan?

2.A.Navoiyning ijodiy yoli qanday?

3.G’azallar talqini deganda nimalarni tushunasiz?

4.A.Navoiyning ruboiylari haqida nimalar bilasiz?

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.
1. Farhodning dunyoga kelishi,

2. Farhodning bolaligi va tahsil yillari.

3. Ilmlarni zukkolik bilan egallashi.

4. Ishq haqida gapirganlarning hikoyalarini zukkolik bilan tinglashi va ularga hamdardlik bildirishi.

5. Farhodda noma’lum dardning paydo bo’lishi,

6. Qasrlar qurilishi. Unda ustalar Boniy va Moniy o’z hunarlarini ko’rsatadilar. Farhodga ishning borishi haqida ma’lumot berdilar. U qurilishni kuzatishga boradi.

7. Ustalar ishini tomosha qiladi.

8. Farhod Qorandan tosh yo’nishni, Moniydan suvrat chizishni, Boniydan bino qurishni o’rganadi.

9. Qasr bitadi Qasrda bazmlar boshlanib ketadi. Bahor keladi, shoh va shahzoda bahorgi qasrda bazm qiladilar. Yoz va kuzda yozgi va kuzgi qasrda, qishda qishki qasrda bazm uyushtiriladi. Lekin Farhodning dardi yo’qolmaydi.

10. Xoqon xonlik tojini o’g’li boshiga kiydirmoqchi bo’ladi. Lekin Farhod bosh tortadi.

13. Xoqon Farhodni o’z xazinasiga olib kirib, boylik bilan Farhodning ko’nglini ko’tarmoqchi bo’ladi.

12. Farhod xazinani tomosha qiladi. Ko’zi bir sandiqqa tushadi Farhod sandiq sirini bilishni istaydi.

13. Sandiqdan bir oyna chiqadi. G’oybning siri. Oyna sirini bilishni istagan kishi Yunonistonga borishi kerak edi.

14. Farhod bilan Mulkoro ko’p kengashganlaridan so’ng, Yunonistonga qo’shin tortishga qaror qiladilar.

15. U yerda Suhaylo hakim Farhodning uch qahramonlik ko’rsatishini bashorat qiladi. Farhod bu qahramonliklarni qiladi: Ahraman devni va ajdahoni o’ldiradi. Ular saqlagan xazinani qo’lga kiritadi. Suqrot tog’i tilsimini o’hib, jahon sirlaridan voqif qiluvchi oynani qo’lga kiritadi. So’ng Suqrotga yo’liqadi. Suqrot Farhodning kelajagidan xabar beradi. Seni ishq mojarolari va dard-alamlar chekish kutyapti,— deydi.

16. Farhod uyga qaytib, xazinaga kirib, oynani ko’radi. Unda Shirin jamolini ko’rib, hushini yo’qotadi.

17. Farhod ko’zguda dasht, unda azoblanib ariq qaziyotgan odamlarni ko’radi. Ularning orasida bir yosh yigit ham mehnat qilardi. Ko’zguda kishilar orasida Farhod o’z timsolini tanib qoladi, Ko’zgudagi Farhod bir go’zalning ruxsorini ko’rib yiqiladi. Farhod liam oynadagi oy yuzlini ko’rib, hushini yo’qotadi, butun saroy ahli oyoqqa turadi.Oynadagi go’zal Farhod qalbidan o’rin oladi.

18. Farhod nima qilishni bilmay qoladi: muhabbatini qidirib ketsa, ortidan otasi qo’shinyuboradi, so’rab ketsa, odam qo’shib yuboradi. Farhod ishq o’ti bilan yonib, uydan keta olmay azoblanadi.

19. Xoqon Farhodning ahvolini ko’rib, unu tabibga ko’rsatadi. Tabiblar Farhodning zaiflashganini, uni dengizga sayohatga olib borish lozimligini aytadi. Xoqon bunga rozi bo’ladi. Xoqon Farhodni dengiz sayohatiga olib chiqadi

20. Dengiz safari. Shoh va shahzoda dengizdagi ko’p ajoyibotlarni tomosha qiladilar. Shu payt bo’ron boshlanadi. Farhodni qayiqqa tushiradilar. Shamol qayiqni olib ketadi.

21. Qayiq Yaman yurtiga borib, savdogarlarning kemasiga yo’liqadi.

22. Farhod ularni qaroqchilar hujumidan qutqaradi.

23. U yerda Farhod Shopur bilan tanishadi. Shopur Farhodning dardini bilib, u izlab yurgan, oynada ko’rgan yurt Armaniston ekanligini aytadi va u yerga Farhodni olib boradi,

24. Arman yurtiga kelgach Farhod oynada ko’rgan dasht va u yerda mehnat qilayotgan kishilarni ko’radi.

25. Farhod ulardan ish sharoiti to’g’risida so’raydi. Tog’da ariq qaziyotganlar ish sharoitlari, mamlakat hokimi Mehinbonu va uning jiyani to’g’risida ma’lumot beradi.

26. Farhod ularga yordam berishga jazm qiladi, zo’r natijalarga erishadi.

27. Mehinbonu va Shirin Farhodni ko’rish uchun yo’lga tushadilar. Go’zallikda tengi yo’q Shirin tog’da ariq qaziyotgan Farhodni ko’radi va hayratda qolib, unga minnatdorchilik bildiradi.

28. Farhod Shirinni ko’rib, bu o’sha o’zi izlagan va sevgan qiz ekanligini biladi, hushini yo’qotadi.

29. Hushsiz Farhodni saroyga olib ketadilar. Farhod hushsiz ikki kun yotadi. O’ziga kelgach, saroydan tog’ga qochib keladi va ishini davom ettiradi. U Shirin tomonidan o’ziga ko’rsatilgan iltifotdan quvonib, yanada zo’rroq mehnat qiladi.

30. Shirin Farhod ishqida azoblanib, uni qidirtiradi. Mehinbonu Shirinning ishq iztirobidan xabar topadi va unga hamdardlik bildiradi.

31. Farhod ariqni qazib tugatadi, tog’da qasr va hovuz barpo etadi. Ariqqa suv ochilish marosimi. Mehinbonu Farhodning qoshiga kelib, undan uzr so’rab, Shirin kelguncha suvni ochmay turish kerakligini aytadi.

32. Shirin keladi. Mehinbonu buyrug’i bilan Farhod ariqqa suv boylaydi. Xalq xursand bo’ladi.

33. Bu marosimda Shirin oti bilan loyga tiqilib qoladi, Farhod oti bilan uni ko’tarib olib chiqadi.

34. Mehinbonu va Shirin ishning yakunidan xursand bo’ladilar. Mehinbonu saroyda bazm qurib, unga Farhodni taklif qilmoqchi bo’ladi. Farhod rozi bo’ladi. Bazm boshlanadi. Farhod bazmda saroydagi o’n zukko qiz bilan ilm-fanning turli sohalari haqida bahslashadi.

35. Farhod Mehinbonuga bo’lgan yuksak hurmatini ifodalab, uning uchun jonini ham berishga tayyor ekanligini aytadi.

36. Mehinbonu Farhodning ishqidan xabar topib, unga hamdardlik bildiradi. Shirinni chaqirishni buyuradi. Shirin Farhodga uning hunari va ishlari uchun tashakkur aytadi. Farhod va Shirin muhabbatdan mast bo’lib, hushsiz yiqiladilar.

37. Shoh Xisrav. Unga merosxo’r kerak edi. U Shirinning ta’rifini eshitib, unga uylanishni istaydi. Arman yuitida esa Farhod va Shirin muhabbati to’g’risida gaplar tarqalgan edi. Xisrav Shirinni qo’lga kiritishni istab, Mehinbonu huzuriga sovchilar yuboradi.

38. Mehinbonu Xisrav sovchilariga bahona qinib, Shirin hali yosh, uni uzatishga erta, deydi,

39. Xisrav bundan g’azablanadi va Arman yurtiga yurish qiladi.

40. Mehinbonu kishilari bilan qal’aga qamalib oladi.

41. Farhod esa tashqarida yurar edi. Xisrav tosh ustida o’tirgan Farhodni ko’radi. Uning kimligini bilib, g’azablanadi. Uni tutmoqchi bo’ladi. Farhod ularni yaqinlashtirmaslikka intiladi. Xisravga yuzlanib, uning ishlari nohaqligini uqtiradi.

42. Xisrav Farhodning o’zini tutishidan jahli chiqadi. U vaziri Buzurg Ummid bilan maslahatlashib, Mehinbonuga tahdidli xat yozadi.

43. Mehinbonu xatga qattiq javob qaytaradi. Xisrav Farhodni tutish uchun bir hiylagar kampirni yuboradi va uni qo’lga tushiradi.

44. Farhodning Shiringa oshiqligidan alamda yurgan Xisrav va Farhod orasida munozara bo’lib o’tadi. Farhodning mag’rurligidan va javoblaridan Xisravning jahli chiqadi. o’zining uning oldida ojiz ekanligini sezadi. Farhod Xisravga ,,Sen meni azoblashdan xursand bo’lma, azoblanish mening niyatim,» — deydi va o’zining muhabbati, Xisravga bo’lgan nafratini ifodalaydi. Xisrav Farhodning o’tli qalbini, uning xalq orasidagi obro’sini ko’rib, vahimaga tushadi. Uni o’ldirishdan qo’rqib, Salosil qo’rg’oniga qamab qo’yadi.

45, Xisrav Farhodni qo’riqlovchi nigohbonlarga uni qattiq nazorat qilishni buyuradi. Ularga agar Farhodni qo’yib yuborsalar, jazo tayinlanishini aytadi. Lekin ularning Farhodga rahmlari kelib, uni erkin qo’yadilar.

46. Farhod dasht kezadi.

47. Xisrav Farhodning bandi ochilganidan g’azablanadi.

48. Mehinbonu Shiringa Farhodning ahvolidan xabar beradi. Shirin ishqdan azoblanadi. Shopur Shiringa Farhod to’g’rsida ma’lumot beradi. Shirin buni eshitib iztirob chekadi. Farhodga xat yozib, uni eltib berish uchun Shopurga topshiradi,

49. Farhod Shiringa javob xatini yuboradi. Shirin javob maktubini olib, muhabbat o’tida o’rtanadi. Xisrav ikki oradagi yozishmaiardan xabar topib, Shopurni tutib, hibs etadi.

50. Xisrav Farhodni o’ldirish choralarini qidiradi. Bir makkor kampirni Farhodning oldiga yuboradi. Bu ayyor kampir, Farhodni aldab, Xisrav bilan Mehinbonu yarashdilar, Mehinbonu Shirinni Xisravga berishga rozi bo’ldi, Shirin esa bundan xafa bo’lib, o’zini-o’zi o’ldirdi, deydi.

51. Bu mash’um xabarni eshitib, Farhod bu dunyodan ko’z yumadi. Farhod sevgilisi Shirinning nomini aytib jon beradi. Butun dunyo, tabiat uning o’limidan motam tutadi.

52. Xusrav Mehinbonu huzuriga odamlarini yuboradi. Elchilar ham yaxshi gapirib, taslim bolishni, endi Farhod yo’qligini aytadilar. Mehinbonu ham qala’dagi xalq qiynalgani sababli yarashishga rozi bo’ladi.

53. Shirin esa Farhod dardida fig’on chekardi. U ham odamlarning ahvolini bilib, taslim bo’lishga rozilik bildiradi.


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish