Talaba quyidagi ko‘nikmalarni ortirishi kerak:
-bemorlarga ShDJTni rejalashni va to‘g‘ri tavsiya qilish;
-bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborishni;
-shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazishni;
-mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholashni;
-reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada ShJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlashni.
1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
ShJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |