«tasdiqlayman»


-rasm. Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning ahamiyatli jihatlari



Download 1,32 Mb.
bet7/174
Sana05.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#317372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174
Bog'liq
Ro`yxatga olindi № (1)-конвертирован

1.1-rasm. Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning ahamiyatli jihatlari

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, korporativ boshqaruv prinsiplarining ta’minlanishi milliy va xalqaro iqtisodiy taraqqiyoti uchun hamda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi.



    1. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari. Korporativ boshqaruv kodeksining qo‘llanish xususiyatlari


Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini samarali tashkil etish orqali xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali aholining turmush darajasi va farovonligini oshirib borish maqsadida mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan xususiylashtirish masalalariga, biznes faoliyatini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bunda korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida huquqiy asoslar yaratildi.

O‘zbekistonda korporativ boshqaruv amaliyotining dastlabki bosqichi 1990 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu davrda davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog‘liq turli yondashuvlar o‘rganildi va O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri keladigan xususiylashtirish yo‘llari ishlab chiqildi. Mulkiy munosabatlarning huquqiy asoslari shakllantirildi10. Dastlab 1991 yil 19 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni qabul






10 Суюнов Д. Корпоратив бошқарув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 2007. – Б. 100.

qilindi. Natijada xususiy mulkchilikka imkoniyat berilgan holda ayrim sohalar bo‘yicha davlat mulkini xususiylashtirish amaliyoti boshlandi va bu amaliyot korporativ munosabatlarga ham yo‘l ochib berdi hamda aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulk himoyasini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqulashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 8 aprelda Toshkent respublika fond birjasi tashkil etildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solib borish maqsadida 1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun asosida aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 1998 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi (2014 yilda yangi tahrirda qabul qilingan), “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet el kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning faoliyat ko‘lami kengayib bordi.

2014 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga ko‘ra ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bir xil aksiyadorlik jamiyati deb yuritila boshlandi. 2014 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra yangi tahrirdagi qonun asosida korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirildi.

Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”11, deya qat’iy ta’kidlab o‘tdi va aksiyadorlik jamiyati faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi sifatida belgilandi. Bunda korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarurligi alohida belgilandi.

Belgilangan vazifadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining







11 Каримов И.А. 2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор вазифамиздир. – Т.: “Ўзбекистон”, 2015. – 72 б.

samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2327-sonli Qarori qabul qilindi. 2015 yil davomida komissiya tomonidan barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, bu borada xorijiy menejerlarni faol jalb qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida etakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2454-sonli Qarori asosida esa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lmasligidan iborat tartib joriy etildi.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ boshqaruv kodeksi ichki hujjat bo‘lsada, aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ boshqaruv kodekslari amalda 1990 yillardan qo‘llanila boshlangan12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4720-sonli Farmoni talablari asosida respublikamizda ham Korporativ boshqaruv kodeksi namunaviy tarzda ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Unga ko‘ra korporativ boshqaruv kodeksi quyidagi qismlardan iborat:



  1. Umumiy qoidalar

  2. Faoliyat ochiqligini ta’minlash

  3. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish

  4. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini ta’minlash







12 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 14.

  1. Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi va vazifalarni belgilash

  2. Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro samarali hamkorligining mexanizmlarini joriy etish

  3. Manfaatlar qarama-qarshiligi

  4. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish

  5. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida e’lon qilish

  6. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringi

  7. Yakuniy qoidalar.

Ayni paytda respublikamizdagi barcha aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv kodeksi ishlab chiqilgan va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan holda amaliyotga joriy etilgan.



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish