MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK, 1
AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFFOFLIK………………. 3
4
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 1
3
4
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………… 1
4
2
MAVZU. MINORITAR AKSIYADORLAR VA ULARNING 1 HUQUQLARINI TA’MINLASH…………………………………………... 4
6
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 1
4
6
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………… 1
5
5
MAVZU. DAVLAT ULUSHI MAVJUD AKSIYADORLIK 1
JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV…………………
|
|
|
5
|
|
|
|
9
|
Ma’ruza matni…………………………………………………………………..
|
|
|
1
|
|
|
|
5
|
|
|
|
9
|
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar………………………………………………
|
|
|
1
|
|
|
|
7
|
|
|
|
0
|
12-MAVZU. KORPORATIV MOLIYAVIY SIYOSAT
|
VA
|
UNING
|
1
|
ASOSIY YO‘NALISHLARI………………………………………………...
|
|
|
7
|
|
|
|
4
|
Ma’ruza matni…………………………………………………………………..
|
|
|
1
|
|
|
|
7
|
|
|
|
4
|
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar…………………………………………….
|
|
|
1
|
|
|
|
9
|
|
|
|
3
|
MAVZU. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA QIMMATLI 1
QOG‘OZLAR MUOMALASINI TASHKIL ETISH……………………... 9
6
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 1
9
6
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………. 2
1
2
MAVZU. AKSIYALARNI OCHIQ OBUNA TARTIBIDA 2 JOYLASHTIRISH OPERATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA 1 O‘TKAZISH…………………………………………………………………. 6
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 2
1
6
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………. 2
2
3
MAVZU. KORPORATIV BIRLASHMALAR VA ULARDA 2 KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMI…………………………. 2
8
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 2
2
8
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………. 2
4
5
MAVZU. KORPORATIV BOSHQARUVDA FOYDANI 2 TAQSIMLASH MEXANIZMI…………………………………….. 4
9
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 2
4
9
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………… 2
6
0
MAVZU. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN YIRIK 2
BITIMLAR TUZISH……………………………………………………… 6
4
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 2
6
4
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………. 2
7
1
MAVZU. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA TASHKIL 2
ETISH VA TUGATISH…………………………………………………… 7
5
Ma’ruza matni………………………………………………………………….. 2
7
5
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar……………………………………………… 2
8
1
Glossariy……………………………………………………………………. 2
8
5
“Zamonaviy korporativ boshqaruv” fanidan mustaqil ishlarni tashkil 2
etish…………………………………………………………………………… 9
2
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………….. 2
9
6
KIRISH
Bozor qonuniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari belgilangan davlatlarda korporativ boshqaruv amaliyotiga doimiy ravishda diqqat-e’tibor qaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan mazkur masala xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ham e’tiboridan chetda qolmasdan kelmoqda. Xususan, Jahon banki guruhi tomonidan har yili e’lon qilib kelinayotgan “Biznes yuritish” (Doing Business) hisobotlarida biznes yuritishga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida minoritar investorlar huquqlarini himoya qilish holati alohida davlatlar kesimida tahlil qilinib, reyting tuzib chiqilmoqda. Shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 2015 yilda hozirgi real shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda “Korporativ boshqaruv prinsiplari” qayta e’lon qilinganligi1korporativ boshqaruv amaliyotining milliy va jahon iqtisodiyoti uchun qay darajada muhimligini ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda hamiqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash maqsadida korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qator islohotlar o‘tkazilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish”2 masalasi alohida belgilab qo‘yildi. Bunda korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, aksiyadorlik jamiyatlarida axborotlarni oshkor qilish va faoliyat shaffofligini ta’minlash, aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish kabi jihatlarga ustuvor darajada e’tibor qaratilmoqda. Keltirilayotgan jihatlar mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda iqtisodiy sohalar bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarning zamonaviy korporativ boshqaruv xususida etarli darajada bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bunda esa aksiyadorlik jamiyatlari (umuman, barcha korporativ tuzilmalar) faoliyati bo‘yicha real amaliyot va bu boradagi ilg‘or xorij tajribalari asosida o‘quv adabiyotlari
yaratish va ta’lim tizimiga joriy etish maqsadga muvofiq sanaladi.
Respublikamizda tayyorlanib kelinayotgan 5A230601 – “Davlat moliyasini boshqarish”, 5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori” 5A230603 – “Investitsiyalarni boshqarish” magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyorlangan va taqdim etilayotgan “Zamonaviy korporativ boshqaruv” darsligi aynan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning amaldagi mexanizmi, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribalari, xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan korporativ boshqaruv prinsiplarini qamrab olgan.
Fan dasturi asosida o’quv-uslubiy majmuasida korporativ boshqaruvning nazariy asoslari, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari,
1 http://www.doingbusiness.org, https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles-ENG.pdf
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmonidan.
korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati tashkiliy asoslari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, o‘tkazish va rasmiylashtirish, korporativ nizolarning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligini baholash, korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi, korporativ boshqaruvda axborotlarni oshkor etish va shaffoflik, minoritar aksiyadorlar va ularning huquqlarini ta’minlash, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv, korporativ moliyaviy siyosat va uning asosiy yo‘nalishlari, aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi, aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish, korporativ birlashmalar tashkil etish va ularning faoliyat mexanizmi, korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash mexanizmining qo‘llanilishi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yirik bitimlar tuzish, aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha o‘rganilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Har bir bob bo‘yicha amaliy misollar, xorijiy tajribalardan misollar keltirilganligi o’quv- uslubiy majmuasining mazmunan boyishiga xizmat qilgan.
Har bir bob yuzasidan amaliyot darslari uchun keltirilgan qator topshiriqlar talaba va magisrantlarni masala yuzasidan mustaqil mushohada yuritishga undaydi va fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Bunda klasterli topshiriqlar, T- sxema bo‘yicha topshiriqlar, muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikrlar bildirishga yo‘naltiradigan masalalar o‘rganuvchining o‘z fikrini bayon etishini rivojlantirishida ham ahamiyatga ega.
O’quv-uslubiy majmuasi 5A230601 – “Davlat moliyasini boshqarish”, 5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori”, 5A230603 – “Investitsiyalarni boshqarish” magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyorlangan bo‘lsada, undan boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar va mutaxassisliklar talabalari, korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment, korporativ moliya sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |