moliya-sanoat guruhlari - real sektor va moliyaviy sektor kompaniyalarining o‘zaro kapital almashishi (qarama-qarshi tarzda bir-birining aksiyalariga egalik qilish) asosida tashkil etiladigan birlashma;
obligatsiya – qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qog‘oz;
overdraft – ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami bo‘yicha mablag‘larning belgilangan limit ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan kredit shakli;
ovoz berish byulleteni – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish amalga oshiriladigan byulleten;
oltin aksiya – qiymatga ega bo‘lmagan, boshqa shaxsga o‘tkazilmaydigan hamda garovga berilmaydigan, jamiyat ustav kapitalining miqdorini belgilashda va
dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydigan maxsus huquqni taqdim etuvchi amaliyot;
optsion – kelishilgan muddat davomida ma’lum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan narx bo‘yicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitim;
Do'stlaringiz bilan baham: |