Korporativ nizolarning tasniflanishi
№
|
Tasniflash belgisi
|
Korporativ nizolar turlari
|
1
.
|
Korporativ nizolar qamroviga ko‘ra
|
Ichki korporativ nizolar
|
Tashqi korporativ nizolar
|
2
.
|
|
Turli aksiyadorlar guruhlari o‘rtasidagi nizolar
|
Ichki korporativ
|
Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi nizolar
|
Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolar
|
nizolar
|
Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli tashqi
|
ishtirokchilariga
|
boshqaruvchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar
|
ko‘ra
|
|
3
.
|
|
Davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi nizolar
|
|
Nodo‘stona qo‘shib olishlar natijasidagi nizolar
|
|
Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat va korporativ
|
Tashqi korporativ nizolar ishtirokchilariga ko‘ra
|
tuzilma o‘rtasidagi nizolar
|
Vakolatlari muddatidan oldin tugantilgan boshqaruv organlari a’zolari va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar
|
Korporativ tuzilma joylashgan aholi punkti yashovchilari va korporativ tuzilma ma’muriyati o‘rtasidagi nizolar
|
|
Jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilma o‘rtasidagi nizolar
|
4
.
|
|
Korporativ tuzilma ustidan nazorat o‘rnatish bilan bog‘liq nizolar
|
|
Korxona asosiy aktivlariga mulkchilik huquqini sotib olishga urinish
|
|
oqibatidagi nizolar
|
|
Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar va g‘oyalar bozoriga egalik qilish
|
Korporativ nizolar
predmetlariga
|
bilan bog‘liq nizolar
|
Ko‘plab aksiyadorlar ishtirokida boshqaruv texnologiyalarini o‘zgartirish
|
Daromadlarni yashirin tarzda taqsimlash natijasidagi nizolar
|
ko‘ra
|
Ustav kapitalidagi ulushini oshirish bilan bog‘liq nizolar
|
|
Boshqaruv apparatida o‘z mavqeini mustahkamlashga urinish
|
Ichki korporativ nizolar korporativ munosabatlar ishtirokchilari, ya’ni korporativ tuzilmaning aksiyadorlari, boshqaruv organlari, menejerlari o‘rtasidagi nizolarni anglatadi va mantiqan korporativ tuzilma miqyosida yuzaga keladi.
Tashqi korporativ nizolar esa davlat, potentsial investorlar, boshqaruv organlari va boshqalar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni qamrab oladi.
Ichki korporativ nizolarni ishtirokchilariga ko‘ra ham guruhlash mumkin. Bunda aksiyadorlar guruhlari o‘rtasida, masalan majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolarni alohida ko‘rsatish mumkin. Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi nizolarda bosh direktor va nazorat paketiga ega bo‘lmagan aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bunday nizolar ko‘proq majoritar aksiyadorlar mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatiladi. Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolarda asosan ish berish va mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq munosabatlar natijasidagi nizolarni ko‘rish mumkin. Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar asosan aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan bankrotlik taomili qo‘llanilganda hamda korxonani qayt tarkiblash yoki tugatish bilan bog‘liq munosabatlarda yuzaga keladi.
Tashqi korporativ nizolarda aksiyadorlik jamiyati hamda tashqi sub’ektlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarga guvoh bo‘lish mumkin. Bunda davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi nizolarda davlat organlari tomonidan ma’lum shartlar qo‘yilishi natijasidagi nizolar ham ajratib ko‘rsatiladi. Nodo‘stona qo‘shib olishlar natijasida potentsial investorga muntazam ravishda qarshiliklar ko‘rsatish, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish holatlari xalqaro amaliyotda tashqi korporativ nizolarda eng ko‘p uchraydigan holatlardan biridir. Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatining nazorat paketini qo‘lga olishi o‘z-o‘zidan majoritar aksiyadorlar bilan nizolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Vakolatlari muddatidan oldin tugantilgan boshqaruv organlari a’zolari va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar esa amalda eng ko‘p uchraydigan korporativ nizolardan biridir. Amalda korporativ tuzilmalar o‘z joylashgan aholi punktida yirik ish beruvchi va yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi. Bunday holatda aholi vakillari ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida, mahalliy hokimiyat organlari esa o‘z funktsiyalarini moliyaviy ta’minlash maqsadida korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishadi. Natijada korporativ tuzilma ma’muriyati bilan mahalliy hokimiyat organlari va aholi punkti vakillari o‘rtasida nizoli vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshiruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan korporativ tuzilmalarga a’zoliklikni taklif qilishlari mumkin. A’zo bo‘lib kirilgandan so‘ng esa ma’lum bir ijtimoiy loyihalarni moliyalashlashtirish maqsadida korporativ tuzilmalardan mablag‘ jalb qilishga intilishi tabiiy hol hisoblanadi. Aynan shunday sharoitda jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilmalar o‘rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |