2. Quyidagi qoshma sozlar ajratib yoziladi:
A. Qo'shma fe'lning qismlari ajratib yoziladi: sarfqil, ta'sir o’moq, tamom bo’lmoq, sotib olmoq, shifo topmoq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, ko'rgan edi kabi.
B. Ko'makchi fe’l to'liqsiz fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko’r, so'rab qo’y, ko'ra qol, bera boshla, ketgan edi, ketgan emish kabi. Lekin bilan ko'makchisining -la shakli, ushun ko'makchisining –chun shakli chiziqcha bilan yoziladi.
D.Qo'shma ravishlar ajiratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birto'la, birmuncha so'zlar bundati mustasno;
E.Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o'n bir, besh yuz, qirq ming oltiyuz, bir ming to'qqiz yuz sakson sakkiz kabi.
F. o'zaro dan qoshiMchasi bilan bo'g'langan takror so'zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, ko'pdan ko'p kabi.
G.Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to'q, jiqqajim, liq, lang, och kabi sozlar ajratib yoziladi: to’q sariq, jiqqa ho'l tim qora, liq to’la, lan gochiq, och qizil kabi.
3. Quyidagi so'zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
A. Jift va takror so'zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to’rt o'n-o'nbeshta, bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayday-chuyda, aldab-suldab, oylab-no’ib, so'ramay-no’may, kiyim-kechak, adi-vadi, taq-tuq, qop-qop, ming-mirtg, bitlu-bitta, ishluy-ishlay, valand-valand, humma-hammusi, ich-ichidan kabi.
B. juft so'zIar orasida -u(-yu) bog'lovchisi qo'IIansa, bog'lovchidan oldin chiziqcha ishlatiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz, do’st-u dushman,
D. -ma, -va yordamida birikkan so'z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-varang, qadam-vaqadam kabi.
E. arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlari chiziqcha bilan yoziladi: 5-sinf, 1991-yil, 3-sentabr kabi.
F. Yo’akchi va ko'makchi fe'l bir xil shaklda bo’lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo'yasan, uxlabman-qolibman kabi
G. -chi, -a (ya), - ku, -u (yu), -da, -e, -ey, -yey yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxhi-yu, qo 'y-e, yashang-e, o 'g'lim-ey, keldi-eye kabi.
Sinonimlar yoki antonimlari yonma-yon qo'llanishi natijasida juft so'zlar hosil bo'ldi. Mehr-oqivat, aka-uka, katta-kichik, unda-bunda, urf-odat, vaxt-saodat, o'g'ilu qiz, qarindosh-urug', tevarak-atrof, kuch-qudrat, yo l-yo’lakay, kirim-chiqim.
Juft so'zlar bir so'zning takroridan ham hosil bo'ladi: yosh-yosh, katta-katta.
Bunday so'zlar chiziqcha bilan yoziladi. Agar juft so'zlar orasiga -u, -yu yuklamasi qo'llansa yuklama birinchi so'zga qo'shib yoziladi, ikkinchi so'z ajratilib yoziladi: yeru osmon, yoru-do'sf, qishlog'u shahar, kattayu kichik.
Juft so'zlar bir so’zning takroridan hosil bo’lganda, ikkinchisining bosh bo'g'ni da tovush o'zgarishi yuz berishi mumkin: non-pon, gap-map kabi
Qo'shma sozlar ham juft so’zlar ham o'zbek tili lug'at boyligini ko'paytiradigan usullardan bo'lib u turli so'z turkumlariga kiruvchu so'zlardan yangi so’zlar yashash imkoniyatini beradi. Bu tilimizning cheksiz imkoniyatlaridan biri uni bilish va puxta o'zlashtirish so'zlashish imkoniyatingizni ko'paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |