V. Hozirgi o'zbek adabiy tili davri. Bu davr XX asr boshlarida hozirgi kunda ham davom etmoqda. Bu chog'da yangi o'zbek tili hsakllandi va rivojlandi. Uning yangi me'yyoriy normalari ishlab chiqildi. o'zbek adabiy tili rivojlangan, ijtimoiy faol, leksik boy tillardan biriga aylandi.
Yuqorida keltirilgan taraqqiyot bosqichi hsartli bo'lib uni belgilashda olimlar o'rtasida turli tafovutlar bor. Va'zilar tarixiylik nuqtai nazardan davlashtirishni taklif etsa, boshqalar leksik va grammat o'zgarishlarni inovatga oladi. Har ikki holat ham o'z cTrinda to'g'ri. Shuning uchun eng maqbul variantni taklif etdik.
"Eski o'zbek tili" deganda, biz bu tilning qadimgi paytidan boshlab, uning milliy til darajasiga yetgunga qadar bolgan uzoq davrilik tarixiy holatini tushunamiz. Boshlanishi eski turkiy til davri oxiri o'zbek milliy adabiy tili me'yyori yuzaga kela boshlangan payt - tilimizning shu orada qo'llangan va o'ziga behisob yozma tarixiy yodgorliklarni jamlagan davri eski o'zbek tili deb yuritiladi. o'zbek adabiy tilining shakllanishi turli ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog'liq. o'zbek xalqining xalq sifatida uyshuvi, o'zbek tilining shaklanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlanib, mo'g'ullarning hujumiga qadar ma'lum bir bosqichga yctgan bo'lsa ham, urush va vayrongarchilik tufayli bu jarayon orqaga surildi. XIII asr oxiri, XIV asr boshlariga kelib xalq negizi to'liq tiklandi. Shunday qilib, eski o'zbek adabiy tilining shaklanishi XIII asr oxiri, XIV asr boshlariga to'g'ri keldi.
Biz haqli ravishda Alisher navoiyni o'zbek adabiy tilining asoschisi deb araymiz, ikkinchi tomondan o'zbek adabiy tilininig shaklanishini XIII asr oxiri XIV asr boshlari deb aytmodamiz. Bu ikki masala o'rtasida anchayin farq bor. U qayerdan paydo bo'ldi. Alisher Navoiy ijod qila boshlaganda o'zbek adabiy tili bor edi. Ungacha bu tilda Atoiy, Lutfiy kabi o'nlab adiblar varakali ijod qilishgan. Lekin hali ravishda Alisher Navoiyni o'zbek adabiy tili asoschisi hisoblanadi. A.Navoiyning xizmatlari shundaki, u o'zigacha bo'lgan adabiy tilning tyoliq imkoniyatlaririi ochib berdi, adabiy tilni boyitdi, adabiy til me'yyorlarini qar'iylashtirdi. Uning ijtimoiy-siyosiy huquqini tikladi. o'z asarlari orqali o'bek tilining shuhratini olamga yoydLNavoiy davrida o'zbek tili umumturkiy xalqlarning umumiy tiliga aylandi. Shu ma'noda Alisher navoiyni adabiy tilimizning asoschisi deymiz.
Hozirgi o'zbek adabiy tili eski o'zbek tilidan o'sib chiqib, takomillashgan bcTlsa, eski o'zbek tili ham qadimgi va eski turk tilidan shu tariqa o'sib ajralib chiqqan. Turkiy manvalar asosi eski o'zbek tilida, eski o'zbek tili asoslari esa hozirgi o'zbek tilida ko'rinadi. Tabiiyki, orada ma'lumo'zgarishlar, tafovutlar ham bor. Bundan tashqari eski o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Mazkur xususiyatlaming fonetik tomoni quyidagilarda ko'rinadi.
Eski turkiy tilda 4 ta til orqa ( a, bi, o\ u) va 4 ta til oldi ( I, o', 8, 3 ) unlilari bor edi. Unlilarning tilorqa va tiloldi turlarga ajralishi so'zdagi tovushlarning o'zaro ohagdosh bo'lishiga - singarmonizmga asoslangan. Hozirgi o'zbek adabiy tilimizda esa, 6 ta unli bor.
Hozirgi kunda singarmonizm hodisasi o'zbek tilida yo'qolib bormoqda. Shuning uchun, qirg'iz, qozoq, uyg'ur, turk kabi tillarga xos bo'lgan tovushlar uyg'unligi o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun begonadek tuyuladi. Masalan, "ahu", "vala", "gada", "nazakat", "xiraman" kabi so'zlarni bola, sado, nazokat, ohu tarzda talaffuz qilinadi.
Eski o'zbek tilida f, h, JOon), j (jurnal) tovushlari o'zlashma so'zlar tarkibida kelgan. X undoshi yaxshi, o'xshash, axtar kabi sanoqli so'zladagina kelardi. Eski o'zbek tilidadagi so'zlar boshida R,L,N tovushlari, agar sanoqli so'zlarni inovatga olinmasa, so'z boshida deyarli kelmaydi. M,V, Z, SH undoshlari bilan so'zlar ham kam uchraydi. B,g,d, p harflari bilan boshlangan so'zlaming ko'pchiligi fors-tojik tilidan o'zlashgan so'zlar ekanligini nazarda tutish kerak.
Eski o'zbek tilini ot, son, olmosh turkumidagi so'zlar fe'l so'z turkumidagi so'zlarga nisvatan kamroq qo'llanilgan.
Xullas, eski o'zbek tili anchayin murakkab an'ana va qonuniyatlarga egaki, uni eski o'zbek tili deb nomlangan maxsus fan o'rganadi. Lekin nima bo'lganda ham, eski o'zbek adabiy tili hozirgi o'zbek adabiy tili shaklanishi uchun asos va namuna bo'lgan shunday bo'lib kelmoqda.
Hozirgi o'zbek adabiy tili XX asrning boshlaridagi milliy uyg'nish natijasida yzaga keldi va XX asrning birinchi yarmidayoq to'liq me'yyorlashdi. Bugungu kunda amalda qo'llanayotgan o'zbek adabiy tili normalari 1957 yil tasdiqlangan va 1995 yil 24 avgustda ma'qullangan "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosining imlo qoidalari" asosida olib boriladi. U so'zlarga boy, rang - varang, mukammal ishlangan, ijtimoiy faol, siyosiy jihatdan o'zbekiston va Afg'onistonda davlat tili sifatida tan olingan tildir.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ayting.
2. "Eski o'zbek tili" tushunchasini ayting.
3. Eski o'zbek tilining umumiy xususiyatini bilasizmi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat
1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK. 2002 yil. 2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Onatili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yil. 3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi" 1981 yil. 4. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH. Yusupova. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomifagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil. 5. Yo'ldosh Solijonov. NUTQ VA USLUB. Toshkent. "CHO’LPON" nashruyoti. 2002 yil. 6. O'zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bet. 7. F.Isaqov . Eski o'zbek tili va yozuvi. Qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yil. 8. O'bek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild, "FAN" nashriyoti. Toshkent-2003 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |