“TASDIQLAYMAN”
Toshkent soliq texnikumi direktori
_________________ F.X.Tillayev
“___”___________ 2021 yil
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir
BAYONNOMASI
07.12.2021 Toshkent shahar
Qatnashdilar: O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti “Gumanitar va chet tillar” kafedrasi dotsenti Tolipov Fayzullo Saidovich, texnikum o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, texnikum Yoshlar ittifoqi yetakchisi, o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
KUN TARTIBI
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
ESHTILDI:
2021 yil 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29-yilligi munosabati bilan Toshkent soliq texnikumida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti “Gumanitar va chet tillar” kafedrasi dotsenti Tolipov Fayzullo Saidovich, texnikum o‘quv-ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, texnikum Yoshlar ittifoqi yetakchisi, o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Toshkent soliq texnikumi moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Gulmatov so‘zga chiqib barchani bugungi Konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga 29 yil to‘lgani bilan barchani muborakbod etdilar va barchani tashkil etilgan mazkur tadbirda ko‘rib turganliklaridan bag‘oyatda xursand ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar. Shundan so‘ng so‘z navbatini Fiskal instituti “Gumanitar va chet tillar” kafedrasi dotsenti Tolipov Fayzullo Saidovichga berdilar.
“Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni hisoblanadi, – deydi Tolipov Fayzullo Saidovich. Bosh qomusimiz yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish hamda modernizatsiya qilish, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etishda eng muhim va mustahkam huquqiy asos bo‘layotganini alohida qayd etdilar.
Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani ko‘rsatib qo‘yilgani hamda umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlangani navqiron avlodning iqtidoru salohiyatini namoyish etishi yo‘lida katta imkon hisoblanadi. Mazkur o‘tkazilayotgan tadbir ham yoshlarning yorug‘ kelajagini belgilab beruvchi ana shunday ezgu maqsadlarga mushtarakligi bilan katta ahamiyatga ega” deb umid qilamiz deya o‘z so‘zlarini yakunladilar.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchi-yoshlari Konstitutsiyamiz haqida o‘zlari bilgan qiziqarli ma’lumotlar, Konstitutsiyamizdan o‘rin olgan turli xildagi moddalar, Bosh qomusimiz tarannumiga bag‘ishlangan she’rlar Vatan, do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarni aytib tadbirning yanada ko‘tarinki ruxda o‘tishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shdilar.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich F.Xasanova
Tashkilot yetakchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |