Talabalar soni: 62
|
Vaqti: 2 soat
|
Mashg’ulot shakli
|
Informatsion ma’lumotga ega bo’lgan bahs -munozarali ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
Ma’naviyat-insonnning ulg’ayish va kuch-qudrat manbai.
Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni.
Vatanimiz rivojlanishining mustahkam poydevori.
|
Mashg’ulotning maqsadi: Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalari, milliy ma’naviyat tushunchasi, uning millat ruhiyati, milliy ong, uning tafakkuri, hatti-harakatlari turmush tarzi, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar bilan bog’liqligi haqida tushuncha hosil qiladi, umumiy tasavvurni shakllantiradi
|
Pedagogik vazifalar
|
O’quv faoliyati natijalari:.
|
Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalarini yoritib berish
|
Ma’naviyat va siyosat, ularning o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy funktsiyalarini sanab beradi
|
Ma’naviyat va huquq, ularning o’zaro munosabati, hokimiyat boshqaruv tizimi-ga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti ekanligini aytib berish
|
Ma’naviyat va huquq, ularning o’zaro munosabati, hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish davlat taraqqiyotining muhim sharti ekanligini izohlaydi
|
Milliy ma’naviyat tushunchasi va uning xususiyatlari haqida mashg’ulotlar orqali yoritib berish
|
Milliy ma’naviyat har bir millatning o’ziga xosligi va umrboqiyligini ta’minlovchi omil ekanligini aytib beradi
|
Umuminsoniy ma’naviyat va uning barcha zaminlarini tahlil qiladi, milliy - ma’naviy tiklanishning mohiyatini, millatchilik, buyuk davlatchilik va irqchilik ma’naviy qashshoqlikning jirkanch belgisi ekan-ligini yoritib beradi, Sharq va G’arb ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish
|
Umuminsoniy ma’naviyatning barcha mil-latlar va etnoslarning o’ziga xos tomon-larini o’zida mujassamlashtirganligini va ehtiyojlarini, manfaatlarini izohlab beradi, o’zbek milliy ma’naviyatining mustaqillik sharoitida qayta tiklanish jarayonlari va uning jahon tsivilizatsiyasidagi mavqeini tiklashdagi yutuqlarini sanab beradi, Sharq va G’arb ma’naviyati, ularning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini aytib beradi
|
O’qitish usullari va texnika
|
Ma’ruza, bahs-munozara, «Pinbord» texnikasi, «Insert» texnikasi.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor.
|
O’qitish shakllari
|
Jamoa, to’g’ridan-to’g’ri va juft-juft bo’lib ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.
|