Kun tartibi:
1. Jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tibor.
2. O‘zbekiston Respublikasida kurash sport turining rivojlanishi to‘g‘risida.
Har xil masalalar.
(I.Daminov, Toshtemir Muhammadiev, Sh,Qosimov, Q.Alimov va boshqalar)
1. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri Ilxom Daminov Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 4-sentyabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar hamda oliy ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari kuvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor- o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirishni belgilab berdilar.
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘tishda avvalambor talabalar ongini sog‘lom muhit, sog‘lom oila va sog‘lom turmush tarzi bilan bevosita bog‘liq masalalar haqida tushunchalar berib borish lozim.
Milliy qadriyatlar turli an’analar ommaviy sog‘lomlashtirish, sport tadbirlari ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tomonidan hayotga tadbiq etilmoqda. Shunday ekan jismoniy tarbiya ta’lim jarayonini milliy qadriyatlar, an’analar, marosimlar va xalq milliy o‘yinlari asosida takomillishtirish, rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash kerakki oliy ta’lim muassasalarida Prezidentimiz tomonidan juda katta ahamiyatli ishlar olib borilmoqda. Biz sport turlarini yanada mukammal tushuntirib barcha sport mashqlarini muntazam ravishda o‘rgatib borsak, har qanday ta’lim muassasalarida bir qancha chempion sportchilar yetishib chiqadi degan umiddaman.
Institutimizdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan iltimos qilamanki sport sohasini rivojlantirishga yondashaylik, faqat olimpiya zahiralari kollejlari, sport maktablarida emas balki universitetimizdan sportchi talabalarni chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Talabalarga sport jihozlaridan unumli foydalanish ishlarini yo‘lga qo‘yish kerak.
2. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan – yoshlar masalalari va ma’naviy - ma’rifiy bo‘limi boshlig‘iishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Qosimov.
Mamlakatimiz kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta.
Respublikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlariga malakali mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini sarhisob qilish, tizimda to‘plangan tajribalarni tahliliy o‘rganish, ta’lim berishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, 2021-2022 o‘quv yili uchun ko‘plab ishlarini tashkil etish, o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan ustivor yo‘nalishlarni belgilab olish uchun ishlar rejalashtirilgan.
Agarda biz o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 19 martdagi videoselektorida ilgari surigan 5-muhim tashabbus va 2019 yil 4 sentyabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar hamda oliy ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari kuvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba hamda mahalla yoshlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish shuningdek sport inshootlaridagi jihoz va anjomlardan samarali foydalanishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ysak, shu boisdan ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz.
Ayniqsa talaba hamda mahalla yoshlariga olimpiya va milliy sport turlari haqida to‘liq tushuncha berib, “Universiada” sport musobaqalarini 12 ta turlari bo‘yicha talabalarni shug‘ullantirsak olimpiya va milliy sport turlariga yanada qiziqish kuchli uyg‘onadi, degan umiddaman.
2021-2022 o‘quv yilida sport bo‘yicha rivojlantirish uchun imkoniyat yaratib o‘taylik, barcha kamchiliklarni bartaraf etib, yutuqlar sari intilaylik.
3. Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Q.A.Alimov – pedagogika fanlari nomzodi, kurash bo‘yicha halqaro toifadagi hakam. Jismoniy tarbiya va sport sohasi insonning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga erishishda ham salmoqli omil ekanligi hammaga ma’lum. Sport irodani toblaydi, kishini aniq maqsad sari intilishga, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengib o‘tishga o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch g‘urur va iftixor tuyg‘ularini undiradi, parvarishlaydi, asraydi. Barcha sport turlarining otasi deb ta’riflanayotgan o‘zbek kurashining bu boradagi ahamiyatga esa yanada muhimdir. Polvonlik amalu tadbirlari, uning falsafasi kishini o‘z-o‘zidan komillik sari yetaklaydi.
O‘zbek kurashining jahon maydonida chiqib, qisqa vaqt davomida shiddat bilan bir halqning milliy udumidan umubashariy qadriyatga aylanayotgan hech bir mubolag‘asiz, bu birinchi prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liq. I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli asarida (1992 yil) shunday degan: “Bizning zaminimiz bohodirlar va himoyachilarimiz bo‘lgan polvonlar va botirlarga azaldan boy va ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. O‘zbekiston halqaro sport hamjamiyatida dadillik bilan o‘zini ko‘rsatmoqda.”
Ha, kurash halqimizning go‘zal qadriyatlaridan biridir. Go‘zalligi shundaki, u asrlar davomida shakllandi, takomillashdi, aqidalari umubashariy falsafa bilan bilan uyg‘unlashib ketdi. Qorako‘lda Tursunota, Shahrisabzda Amir Temur, Xorazmda Pahlavon Mahmud, Buxoroda Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlab Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan halqaro turnirlar O‘zbek kurashining yuksak darajaga ko‘tarilishiga jahon sport olamiga yangi tur bo‘lib kirishiga katta hissa qo‘shdi.Chunki kurash ilk musobaqalaridayoq jozibadorligi va jangavorligi, go‘zallagi va halolligi bilan barcha ishtirokchilarining, xorij mutaxassislarining mehrini qozondi.
1998 yil 6 sentyabr O‘zbek kurashining bir necha ming yillik tarixi sahifalariga olamshumul voqea yuz bergan kun sifatida zarxal harflar ila bitildi. Lotin Amerikasi, yevropa va Osiyo qit’asining 28 davlat vakillari ishtirokida Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis kongressida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (XKA)” tuzulganligi, xalqimizning milliy qadriyati “O‘zbek Kurashi” nomi bilan jahon maydoniga chiqqanligi e’tirof etildi.
4. Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan Toshtemir Muhammaliev – Kurash bo‘yicha Jahon chempioni, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi (1999 yil).
Bugungi kunda dunyoning 5 qit’asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarida O‘zbek Kurashi zo‘r qiziqish ishtiyoq bilan kurash usullaridan o‘rgatishmoqda.
Endigi maqsad- tarixiy ildizlari necha- necha ming yillarga borib taqaluvchi O‘zbek Kurashini olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritishdir. Xalqaro Kurash Akademiyasi, Xalqaro Kurash Instituti, Butun jahon kurashini rivojlantirish jamg‘armasi mutassadi xodimlari, polvonlar, olimlar, ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari- barcha barchaning asosiy e’tibori ana shunga qaratilgan. Bu borada alohida ishlab chiqilgan dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 4 noyabrda PQ-4881-son qarori qabul qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki oliy ta’lim muassasalarida Prezidentimiz tomonidan juda katta ahamiyatli ishlar olib borilmoqda. Biz kurash sport turini yanada mukammal tushuntirib barcha sport mashqlarini muntazam ravishda o‘rgatib borsak, har qanday ta’lim muassasalarida bir qancha kurash bo‘yicha chempion sportchilar yetishib chiqadi degan umiddaman.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri I.Daminovning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Talabalar hamda mahalla yoshlariga sport jihozlaridan unumli foydalanish bo‘yicha ishlarni nazoratga olish jismoniy tarbiya o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
3. 10 kun davomida jismoniy tarbiya va sportga tegishli qonunlar stendi tayyorlansin.
4. 1 oy muddat ichida institutning sport zali va sport maydonchalari tartibga keltirilsin.
Yig‘ilishni bayonlashtiruvchi: N.Muxammadiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |