1. Berilgan matnda nechta so’z va gap qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
so'zlar: 6 ta
gaplar: 1 ta
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.
so’zlar: 6 ta
gaplar: 2 ta
2.Matnda nechta ’a’ va ’.’ qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
‘a’- 5 ta
‘.’-1 ta
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.
‘a’- 4 ta
‘.’-2 ta
3. Berilgan matndagi simvollar soni n tadan kam bo’lgan so’zlarni o’chiruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
n=5
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
n=9
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.
– O’zbekistonning
4. Matnli satr katta harflar bilan berilgan. Berilgan qism satr matnda necha marta qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Matn:
MEN TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIDA O’QIYMAN. U TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN. TOSHKENT – O’ZBEKISTONNING POYTAXTI.
Qism satr:
TOSHKENT
3
Matn:
BIZ DASTURLASH TILLARINI O’RGANYAPMIZ. BU FAN JUDA QIZIQARLI. TALABALAR JUDA AHIL.
Qism satr:
LA
4
5. Matnda bir nechta so’zlardan iborat gaplar berilgan. Undagi eng uzun so’zning ’a’ harflarini ’b’ bilan almashtiruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Men Toshkent axborot texnologiyblbri universitetida o’qiyman.
6. Bir nechta so’zlardan iborat matn berilagan. Undagi eng uzun va eng qisqa so’zlar sonini chiqaruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
eng uzn so’z: 1 ta
eng qisqa so’z:1 ta
Salom men talabaman. Men baholarga o’qiyman. Men dasturchi bo’lmoqchiman.
eng uzun so’z: 1 ta
eng qisqa so’z: 3 ta
7. Berilgan matndagi har bir so’z orasida bittadan probel turishi kerak. Ortiqcha probellerni olib tashlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
MenToshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
8. Berilgan matndagi so’zlarning o’zidan keyingi so’z bilan o’rnini almashtiruvchi dastur tuzing. Matnda qatnashayotgan tinish belgilari va boshqa belgilar o’zgarmasligi kerak. Har bir gap uchun alohida o’rin almashtirilsin, agar gapdagi so’zlar soni toq bo’lsa, oxirgi so’z keyingi gapga ta’sir qilmaslig ya’ni o’zgarmasligi kerak.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Toshkent Men texnologiyalariaxborot o’qiyman universitetida.
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.
O’zbekistonning – Toshkent poytaxti. go’zal U shahar.
9. Berilgan matndagi gaplarning o’zidan keyingi gaplar bilan o’rnini almashtiruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olaman. Barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiyman.
Barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiyman. Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olaman.
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar. Toshkentda baland binolar qad ko’tarmoqda.
U go’zal shahar. Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. Toshkentda baland binolar qad ko’tarmoqda.
10. Matndagi eng ko’p qatnashgan harfni topuvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar alohida deb hisoblansin. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
'o' harfi 6 marta
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti.
'n' harfi 4 marta
't' harfi 4 marta
11. Matndagi eng kam qatnashgan harfni topuvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar alohida deb hisoblansin. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
1marta: M T h k b x g u v d q m
12. Berilgan so’zni palindromlikka tekshiruvchi dastur tuzing. Boshidan va teskarisiga o’qilganda bir xil bo’lsa, palindrom deyiladi.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
kiyik
palindrom
aziz
palindrom emas
aziza
palindrom
13. Berilgan so’zga nechta harf qo’shilsa, palindrom bo’lishini aniqlang. Shu sonni chiqaruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
aziz
1
olim
3
kiyik
0
14. Berilgan so’zni palindrom so’zga aylantiruvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar farq qiladi.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Aziz
AzizA
KiyiK
KiyiK
Olim
OlimilO
15. Berilgan matndagi so’zlarni ulardagi simvollar soni bo’yicha kamayish va o’sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman
Kamayish tartibida:
texnologiyalari universitetida Toshkent o’qiyman axborot Men
O’sish tartibida:
Men axborot o’qiyman Toshkent universitetida texnologiyalari
16. Berilgan so’zning simvollar soni beshtadan oshsa oxirgi uchta simvoli o’rniga '$' belgisini joylashtiruvchi, aks holda o’zgartirishsiz qoldiruvchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
men
men
dastur
das$
axborot
axbo$
17. Berilgan matndagi so’zlarning boshi va oxiridagi simvollari bir xil (Kichik va katta harflar farq qilmaydi) bo’lganlarini o’chiruvchi dastur tuzing. Agarda bunday so’z mavjud bo’lmasa, ”NO” chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Men axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
Men dasturlashni o’rganyapman.
NO
18. Berilgan so’zdagi katta va kichik harflar nisbatini topuvchi dastur tuzing. Avval katta harflarni keyin kichik harflarni foizini nuqtadan keyin ikkita aniqlikda chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Toshkent
12.50 87.50
KUTUBXONA
100.00 0.00
19. Berilgan matndagi so’zlarning o’rtacha uzunligini aniqlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
9.17
Toshkent O’zbekistonning poytaxti.
10.33
20. Berilgan matndagi bir necha marta takrorlanuvchi so’zlarni birinchi kelganini qoldirib, qolganlarni olib tashlovchi dastur tuzing.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahrida joylashgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti shahrida joylashgan.
21. Berilgan matnda nechta unli harf qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
Chiquvchi ma’lumotlar
Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.
e 5 ta
o 6 ta
a 5 ta
i 6 ta
22. Berilgan matnda barcha so’zlar kichik harflarda berilgan. So’zlarni ajratib, har birini alohida qatorga alifbo tartibida yozuvchi dastur tuzing.