1.Gravitatsiya kuchi. Butun olam tortishish (gravitatsiya) qonuni.
2.Nyuton tomonidanbutun olam tortishish qonunining kashf etilishi
3.Erkin tushish tezlanishining balandlikka qarab o’zgarishi.
4.Gravitatsion doimiy ,uni tajribaviy yo`l bilan aniqlash .
5.Jismning yerga tortilish kuchi.
1. Gravitatsiya kuchi. Butun olam tortishish (gravitatsiya) qonuni.
T ortishish maydoni va uning tavsifi. Butun olam tortishish qonuni, tortishish kuchi jismlarning massasi va ular orasidagi masofaga bog‘liqligini ko‘rsatadi, lekin bu ta’sir qanday amalga oshishini ko‘rsata olmaydi.Tortishish kuchlari o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlar qanday muhitda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmay, hatto vakuumda ham mavjuddir. Unda jismlarning gravitatsion ta’siri qanday amalga oshadi, degan savol tug‘iladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu ta’sir tortishish maydoni yoki gravitatsion maydon orqali amalga oshiriladi. Bu g‘oyaga muvofiq har bir jismning atrofida gravitatsion maydon mavjud. Biz bu maydonni ko‘rmaymiz, lekin qurilmalar yordamida uning mavjudligini qayd etib (Kavendish tajribasi), ta’sirini, ya’ni Yerga tortilishimizni sezamiz.Gravitatsion ta’sir barcha muhitlarda ham mavjud va barcha jismlarga ta’sir etadi. Jismdan uzoqlashgan sari uning ta’siri susaya boradi. Gravitatsion ta’sir jismlar tomonidan vujudga keltiriladi va materiya mavjudligining ko‘rinishlaridan biridir. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, gravitatsion maydonga kiritilgan massali jismga
tortishish kuchi ta’sir etadi. tortishish maydonining kuchlanganligi deyilib, birlik massali moddiy nuqtaga maydon tomonidan ta’sir etadigan kuch bilan aniqlanadi va yo‘nalishi kuch yo‘nalishi bilan mos keladi.Shuni ta’kidlash lozimki, gravitatsion maydon–potensial maydon bo‘lib, undagi kuch (og‘irlik kuchi) konservativ kuchdir. Jismlarning Yerga tortilishi. Yer yuzidagi jismlar nima sababdan Yerga tortiladi? Ular uchun ham butun olam tortishish qonuni o‘rinlimi? Butun olam tortishish qonuni formulasidan foydalanib Yer sirtida turgan m=1 kg massali jism bilan Yer sharining o‘zaro tortishish kuchini hisoblab ko‘raylik (61-rasm). Bunda jism Yer sirtida turgani uchun jismlar orasidagi masofa tarzida Yer sharining radiusini olish mumkin. Yerning massasi , radiusi ekanligi ma’lum. Butun olam tortishish qonuni formulasidan kuchning quyidagi qiymatini topish mumkin:
Demak, 1 kg massali jism va Yer bir-birini 9,81 N kuch bilan tortadi.Nyutonning uchinchi qonuniga binoan jism Yerga qanday kuch bilan tortilsa, u ham Yerni o‘ziga shuncha kuch bilan tortadi. Faqat bu kuchlar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalgandir. 1 kg massali, hattoki, Yer sirtidagi ulkan jismlar ham Yerni tortganda, uning joyidan siljishi sezilmaydi. Shuning uchun Yerning jismga tortilishi emas, balki jismning Yerga tortilishi haqida ko‘proq so‘z yuritiladi.Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan, jismning Yerga tortilish kuchi quyidagiga teng:
Unda Yerning tortish kuchi ta’sirida 1 kg massali jismning olgan tezlanish quyidagiga teng bo‘ladi:
1 kg massali emas, balki ixtiyoriy massali jism uchun a tezlanishning kattaligi bir xil, ya’ni ga teng chiqaveradi. Demak, Yerning tortishish kuchi ta’sirida Yer yuzidagi jismlarning olgan tezlanishi taqriban ga teng ekan. Uni erkin tushish tezlanishi deb atab, g harfi bilan belgilagan edik. Aslida biz bu bilan erkin tushish tezlanishining qiymatini keltirib chiqardik. Demak, haqiqatan ham, ekan.
Og‘irlik kuchi. Yuqorida qayd etilganidek, yerning atrofida ham tortishish maydoni mavjud va unga kiritilgan har qanday jismga =mg og‘irlik kuchi ta’sir etadi. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq bu kuch ta’sirida jism gtezlanish oladi. Demak, yer bilan bog‘liq sanoq sistemasiga kiritilgan har qanday m massali jismga
og‘irlik kuchi ta’sir etadi.g – erkin tushish tezlanishi, uning qiymati ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |