Modulning oʼquv rejadagi boshqa modullar bilan
bogʼliqligi va uzviyligi
Modul mazmuni oʼquv rejadagi “Kasbiy rivojlanish”, “Mutaxassislik fanlar”, “Tanlov modullari” bloki oʼquv modullari bilan uzviy bogʼlangan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Аsosiy qismda (amaliy) fanning mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu boʼyicha tinglovchilarga yetkazilishi zarur boʼlgan bilim va koʼnikmalar toʼla qamrab olinishi kerak.
Аsosiy qism sifatiga qoʼyiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning davlat talablariga va taʼlim tizimi ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda boʼlayotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik oʼzgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning soʼnggi yutuqlari eʼtiborga olinishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |