6-мавзу. Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish.
(2 soat amaliy)
Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish. Multimediali oʼquv resurslarni va elektron vositalarni yaratish moʼljallangan amaliy dasturlardan oʼquv jarayonini mazmunli tashkil etishda foydalanish. Oʼqitishning elektron vositalarini yaratish texnologiyalari (AutoPlay, Media Studio, Camtasia Studio va boshqa dasturlar)
1.4. TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA AKTDAN SAMARALI FOYDALANISH.
NAZARIY MASHG`ULOTLAR MAZMUNI
1-Mavzu: Tasviriy san’at va chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida AKT va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. (2 soat nazariy)
O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2011 yil 23 martadagi “Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy AKTdan foydalanish to‘g‘risida”gi 61-sonli buyrug‘i, 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrda “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4024-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyulda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi 589-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-2020 yillarda Respublikadagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ID-2110 qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-2020 yillarda ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnik vositalari bilan jihozlash hamda xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha “Umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash dasturi” hamda “Xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish dasturi” amaliyotga joriy etish masalalari kiritildi.Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha aniq yo‘nalishlar takidlab o‘tilgan.
AMALIY MASHG`ULOTLAR MAZMUNI
Do'stlaringiz bilan baham: |