AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu: Oʻquv jarayonida elektron oʻquv materiallarini yaratishda Microsoft office paketidan maqsadli foydalanish. (2/2 soat amaliy)
Pedagogik faoliyatni rivojlantirishda elektron oʼquv va didaktik tarqatma materiallarni yaratish usullari (Microsoft Office paketi, Edraw Max dasturi va boshqalar).
Yaratilgan oʼquv materiallarini kerakli formatda saqlash va himoyalash. Oʼquv jarayonini samarali tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
2-mavzu: Infografika materiallarni yaratish. (2/2 soat amaliy)
Edraw Max dasturi yordamida Infografika materiallarini tayyorlash.
3-mavzu: Oʻquv mashgʻulotlarini samarali tashkil etishda elektron koʻrgazmali didaktik material hamda flayerlarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari. (2 soat amaliy)
Oʻquv mashgʻulotlarini samarali tashkil etishda elektron koʻrgazmali didaktik materiallarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari. Edraw Max dasturidan foydalanagan holada.
Umumtaʼlim maktablari uchun joriy etilgan multimedia vositalaridan taʼlim jarayonida foydalanish. Multimedia maxsulotlaridan foydalanishning tashkiliy pedagogik hamda metodik asoslari. Multimedianing tarkibiy tuzilishi, undan dars jarayonida foydalanish shakl va usullari. Multimedia vositalarini kompyuterga oʼrnatish va unda ishlash.
4-mavzu: Ta’lim jarayonlari samaradorligini oshirishda mualliflik dastur imkoniyatlaridan foydalanish. (2/2 soat amaliy) Oʼquv jarayoni samaradorligini oshirishda test tuzishga moʼljallangan amaliy dastur imkoniyatlaridan foydalanish (iSpring QuizMaker, Quizstar va boshqa dasturlar yordamida). Interaktiv elektron testlar yaratish. Multimediali elektron testlar va 3D kitoblar yaratish texnologiyasi. Masofali oʻqitishni tashkil etish platformalari. Elektron kurslarni tashkil etishda foydalaniladigan Google Classroom, Moodle platformalari imkoniyatlari. Videokonferensiya shaklida muloqot qilish uchun Zoom, G Suite (Hangouts), Microsoft Teams platformalari imkoniyatlari.. Multimediali oʼquv resurslarni va elektron vositalarni yaratish moʼljallangan amaliy dasturlardan oʼquv jarayonini mazmunli tashkil etishda foydalanish. Oʼqitishning elektron vositalarini yaratish texnologiyalari (AutoPlay, Media Studio, Camtasia Studio va boshqa dasturlar)
5-мавзу. Internet ta’lim resurslari va ulardan oʻquv jarayonida foydalanish. (2/2 soat amaliy)
Coursera, edX, Ixl, Khan Academy hamda mahalliy ochiq onlayn kurslardan foydalanish. Pedagog kompetentligini oshirishda internet tarmogʼi va uning imkoniyatlari. Internet taʼlim resurslari va ulardan oʼquv jarayonida foydalanish. Ziyonet.uz taʼlim portali va taʼlimga oid saytlardan foydalanish. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning imkoniyatlari. Elektron pochta serverlarida ishlash. Masofaviy oʼquv kurslarida taʼlim olish koʼnikmalariga ega boʼlish (masofa.uz, intuit.ru, infourok.ru va boshqa).
Do'stlaringiz bilan baham: |