“TASDIQLAYMAN”
Shahrisabz shahar hokimi
_____________A.Sulaymonov
2021- yil “___” aprel
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim
muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiya yig‘ilishi
B A YO N I
2021- yil “___” aprel
|
Shahrisabz shahri
|
Raislik qiluvchi:
|
A.Sulaymonov – Shahrisabz shahar hokimi, komissiya raisi
|
|
|
Kotib:
|
B.Xonnazarov – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahar Kengashi raisi
|
|
|
Ishtirok etganlar:
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiya a’zolari.
|
KUN TARTIBI:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim
muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar olishga ariza topshirgan nomzodlar hujjatlarini
ko‘rib chiqish to‘g‘risida
(A.Sulaymonov, Sh.Botirov, Sh.Raxmonova, L.Abdullaeva, O.Jalilov, B.Ro‘ziev, B.Xonnazarov )
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 14 noyabrdagi kungi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli qarori qabul qilinganligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy talim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizom tasdiqlanganligini aytib o‘tildi. Shuningdek, komissiya a’zolari nizom qoidalari bilan tanishtirildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahar Kengashi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari B.Xonnazarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy talim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
nizomga asosan “Yoshlar ittifoqinig sardori”, “Yoshlar ittifoqinig boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari”, “Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar” toifalari bo‘yicha joriy yilning
1-25- mart kunlari davomida shahar komissiyasiga 6 nafar yosh tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan bo‘lsa, shundan 6 nafar nomzodning xujjatlari shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. 5 nafar nomzodning hujjatlari nizom talabidan kelib chiqib rad etildi.
Shu bilan birga komissiya a’zolari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan nizom va reglament asosida taqdim etilgan nomzodlar hujjatlari ko‘rib chiqildi va har bir toifa bo‘yicha reyting shakllantirildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya,
Do'stlaringiz bilan baham: |