18-mavzu: Old va orqa g’ildiraklarining podshibniklarini rostlash.
Reja
1. G’ildirakning vazifasi
2. G’ildirakning tuzilishi
3. G’ildirakning ishlash uslubi
G’ildirak avtomobilning o’qi bilan yo’lini uzviy bog’lovchi qismlar majmuasi bo’lib, aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi. Undan tashqari notekis yo’lda yurganda hosil bo’lgan turtkilarni yumshatadi. Avtomobil g’ildiraklari vazifasiga ko’rayetaklovchi, boshqariluvchi, aralashgan bo’ladi. SHunga ko’rayetakchi g’ildiraklar dvigateldan kuch uzatmasi orqali kelayotgan burovchi momentni aylanma harakatga va aylanma harakatni avtomobilning ilgarilama harakatiga aylantirib beradi.
Yuk avtomobillarida va avtobuslarda diskli yoki disksiz,yengil avtomobillarda esa asosan diskli g’ildiraklar ishlatiladi. g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qism disk orqali gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildiraklar diskli g’ildiraklar deb yuritiladi. Agarda g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qismi bevosita gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildirak disksiz g’ildirak deb ataladi.
Rasmda avtombillarda keng ko’lamda qo’llaniladigan g’ildirakning umumiy ko’rinishi va to’g’inlarning ikki xil konstruktsiyasi keltirilgan.
G’ildirak disk 2, to’g’in 4 ko’priga va shina 3 dan iborat. g’ildirak gupchagi 1 avtomobilning har bir ko’prigi uchun yig’uv birikmasi bo’lib hisoblanadi va u disk 2 ning biriktiruvchi qismlari orqali to’g’in 4 bilan tutashadi.
Yig’ilgan g’ildirak gupchagi 1 ga shpilka yordamida diskning teshigi 6 ga maxkamlanadi, to’g’in 4 ga esa pnevmatik shina kiygiziladi. Diskli g’ildirakning to’g’ini ikki turda bo’ladi: chuqur to’g’inli - yaxlit va tekis to’g’inli - bo’laklarga ajratilgan. YAxlit to’g’inli g’ildiraklaryengil avtomobillarda ishlatilib, unda shinalar joylashtirish uchun botiqcha va bort bor. Tashqi tomonida chegarasibo’yicha mustaxkamligini oshirish uchun qobirg’a 6 ishlangan. Shuningdek, zeb beruvchi qalpoqchani o’rnatishga mo’ljallangan chiqiq 7 qilingan.
Tekis to’g’inli bo’laklarga ajratilgan xili yuk avtomobillarida ishlatilib, u shinani kiygizish qulay bo’lishi uchun bitta borti ajratiladigan qilib yasaladi. Bunda bu bortning ajratiladigan bort halqasi 8 kesilgan qulflar - halqa 9 bilan qotiriladi. To’g’in 4 va disk 2 bir-birga payvandlash yo’li bilan mahkamlangan. Ba’zi bir avtomobillarda bitta bortni batamom ajratib olish mumkin bo’lib, shina joylashtirilganch boltlar yordamida yo’g’iladi. Hozir asosan yuk avtomobillarida va avtobuslarda kengaytirilgan tokchali va disksiz g’ildiraklar ishlatilmoqda. Diskli g’ildiraklarda to’g’in bir oz konussimon qilib ishlangan bo’lib, o’z ichki sirti bilan bevosita gupchakning konussimon o’tqazish sirtiga o’rnatiladi va ayrim qismlar yordamida mahkamlanadi. Shina to’g’inda bort halqasi va qulf - halqa vositasida tutib turiladi. g’ildirak diski gupchakka bolt yoki shpilka yordamida qotiriladi.
Har bir toifadagi avtomobil uchun g’ildirakning quyidagi asosiy ko’rsatkichlari bor: diametri - D, to’g’in eni - V va bort qotirilmasining balandligi - N.
Do'stlaringiz bilan baham: |