Ramalarning nuqsonlarini aniqlashni o’rganish. Kronshteynlarni mahkamlash.
Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina, pnevmoballon va boshqalar) kiritish kerak.
Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga itaruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layot-gan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osmalar tortuvchi va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy darajagacha kamayti-rish hamda tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Osmalar uchta bo‘lakdan iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism.
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment Mt dan hosil bo‘lgan Rt kuchini ramaga (kuzov) uzatib, ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni, hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma, yondan ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi
Lonjeronlar va ko'ndalang to'sinlarga avtomobil qismlarini yoki mos agregatlarni mahkamlash uchun zarur bo'lgan turlicha kronshteynlar (3) payvandlanadi yoki parchin mix bilan biriktiriladi. Lonjeronlar va to'sinlar o'zaro payvandlash yo'li bilan birikliriladi.
Yengil avtomobillarda rama vazifasini kuzov bajaradi. Kuzov karkasi tashqi qoplama panellar bilan kuchaytinlib, payvandlangan bikr konstruksiyadir. Kuzovning umumiy bikrhligiga kuchaytiruvchi armaturasi turlicha yupqa devorli shaklda ishlangan po'latli qoplama panellanib mos ravishda biriktirish orqali erishiladi,
Kuzov korpusining dvigatel mahkamlanadigan joyiga asos bilan biriktiriladigan kalta rama payvandlanadi. Kuzov poli qalinroq bo'lgan metall varaqlardan (listlardan) tayyorlanadi va yon tomondan quti shaklidagi bo'sag'a (porog) bilan kuchayliriladi. Kuzovning qoplama panellari yupqa devorli metall varaqlardan shtamplanadi. Tutib turuvchi kuzov detallari ko'pincha payvandlash usuli bilan biriktiriladi.
Yetaklovchi bo’magan oldingi ko'prik. Yuk avtomobillarining yetaklovchi bo'lmagan oldingi ko'prigi boshqariladigan oldingi g’ildiraklarni o'rnatish uchun xizmat qiladi. U avtomobilni yo'l bilan kontakti natijasida hosil bo'lgan bo'ylaina va yon kuchlarni g'ildirakdan osmalar orqali avtomobil ramasiga uzatadi.
Oldingi ko'prik asosini ( 95-chizma) ikki uchida yuqoriga kerib egilgan bo'rtmasi bo'lgan qo'shtavrli to'sin (2) tashkil qiladi. To'sinning o'rta qismi pastga tomon egilgan bo'lib, dvigatelni ramadan pastroqqa joylashtirish imkonini beradi. Ko'prikning tepa sirtida osma ressorini mahkamlash uchun tayanch maydonchalar (3) mavjud. To'sin bo'rtmasiga shkvoren (4) qo'yilgan va bikr mahkamlangan, u buriluvchi sapfani o'rnatish uchun xizmat qiladi. Sapfa o'qiga podshipniklarda g'ildirak gupchagi mahkamlanadi, sapfaning o'zi esa buruvchi richag (5) yordamida shkvorenda burila oladi.
U yuk avtomobillarining asosiy ko'tarib turuvchi (tayanchi) elementidir. Unga dvigatel, shassi agregatlari, avtomobil kabinasi va kuzovi o’rnatiladi hamda mahkamlanadi. Rama avtomobil massasidan yuklanishlarni, shuningdek, harakatlanishda yuzaga kelgan yuklanishlarni o'ziga qabul qiladi.
Konstruktiv jihatdan ramalar lonjeronli va umurtqali bo'lishi mumkin. Lonjeronli ramalar, ko'ndalang to'sinlar bilan biriktirilgan ikkita bo'ylama to'sindan (lonjerondan) tashkil topgan. Umurtqali ramalar esa ko'ndalang to'sinlari bo'lgan bilta bo'ylama to'sindan iborat.
Yuk avtoinnhillarida lonjeronli ramalar ko'p tarqalgandir (94-chizma). Bunday rama ikkita lonjeronga (2) va beshta ko'ndalang to'singa (1) ega. Lonjeronlar shakli o'zgaruvchan shveller ko'rinishida bo'lib, po'latni shtamplash yo'li bilan tayyorlanadi. Eng katta balandlik ramaning o’rtasiga to'g'ri keladi. Ko'ndalang to'sinlar ham turli agregatlarni (dvigatel, uzatmalar qutisi va h.k.) o'rnatish uchun moslama shaklida shtamplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |