tunel diodlar.- Elektr buzilishi yuz berishiga "tunnel effekti" hodisasi ham sabab bo‘lishi mumkin. Tunnel effekti deganda p-n o‘tishga teskari kuchlanish ulanganda tok tashuvchilarning potensial to‘siqni oshib emas, balki "teshib" o‘tish hodisasi tushuniladi. Uning asosiy xususiyati jarayonning energiya yutilmagan holda borishidir.
Tunnel effektining kattaligi p-n o‘tish qatlamining kattaligiga bog‘liq bo’ladi. Bu qatlam qancha tor va undagi elektr maydon qancha kuchli bo‘lsa, effekt shuncha katta bo‘ladi.
Tunnel effekti asosida ishlaydigan diodlar tunnel diodlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |