donor;- Donorli aralashma. Yarim o‘tkazgichda juda oz konsettrasiyada aralashma bo‘lsa, masalan, unga juda oz mish’yak atomlari qo‘shilsa, erkin elektronlar soni ko‘p marta ortadi. Buning sababi quyidagicha. Mish’yak atomlarining valentlik elektronlari beshta bo‘ladi. Ulardan to‘rtasi bu atomning atrofdagi atomlar bilan kovalent bog‘lanish hosil qilishida ishtirok etadi. Beshinchi valentlik elektroni esa o‘z atomi bilan zaif bog‘langan. Bu elektron mishyak atomidan osongina chiqib ketib, erkin bo‘lib qoladi.
Elektronlarni oson beradigan va binobarin, erkin elektronlari sonini oson ortiradigan aralashmalar donor aralashmalar deb ataladi.
Donor aralashma qo‘shilgan yarim o‘tkazgichlarda elektronlar soni teshiklar sonidan ko‘p bo‘lgani uchun bunday yarim o‘tkazgichlar n-tip yarim o‘tkazgich deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |