A N I Q L A N D I:
Loyiha, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentabrdagi “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2736-III/QQ-592-III-son Qo`shma qarori ijrosini ta`minlash hamda tumanda To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazishni ixchamlashtirish, namunali oilaviy tadbirlar o`tkazilishini tashkil etish va ushbu masalada targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda doimiy monitoringini yo`lga qo`yish maqsadida maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyiha O`zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) ga jamoatchilik muhokamasi o`tkazilishi uchun 2021 yil 08 noyabrga joylashtirilgan hamda muhokama 2021 yil 23 noyabrda yakunlangan.
Loyihada, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 14 sentabrdagi “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2736-III/QQ-592-III-son Qo`shma qaroriga asosan “Tumanda to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalari asosida tumanlar, shaharlar hokimlari kiritgan taklifga ko`ra xalq deputatlari tumanlar, shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi” deb ko`rsatilgan.
Xalq deputatlari Peshko` tuman Kengashining “Tumanda to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” gi qarori loyihasi amaldagi qonun hujjatlariga zid emas. Ushbu qaror loyihasi qonunchilik texnikasi talablariga to`liq javob beradi.
Yuqoridagilarga binoan, Xalq deputatlari Peshko` tuman Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qarori loyihasini huquqiy ekspertizadan o`tkazish natijalari bo`yicha
XULOSA QILINDI:
Xalq deputatlari Peshko` tuman Kengashining “Tumanda to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilganligi va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi qayd etilsin.
Mazkur xulosa yuzasidan tegishli xat ma`lumot uchun tuman hokimligiga yuborilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |