№
|
Ishning mazmuni
|
Bajarilish vaqti
|
Bajarilish joyi
|
Bajarilganlik belgisi
|
1.
|
Fakultet bo’yicha pedagogik amaliyotga bag’ishlangan boshlang’ich tashkiliy-metodik konferentsiyada faol ishtirok etish.
|
Amaliyotdan
1-2 kun oldin
|
Fakultet faollar zali
|
|
2.
|
Pedagogik amaliyot haqidagi taassurotlar, fikr-mulohazalar va qilingan ishlarni aks ettiradigan kundalik daftar tutish.
|
Konferentsiya o’tkazilgan kundan boshlanadi
|
Fakultet
|
|
3.
|
Metodist-o’qituvchilardan pedagogik amaliyot davomida qilinadigan ishlar bo’yicha maslahatlar olish.
|
1-2-kunlar
|
Fakultet
|
|
4.
|
Pedagogik amaliyotda yuritiladigan hujjatlarni aniqlash va zarur bo’lgan vositalarni tayyorlash.
|
1-2-kunlar
|
Fakultet
|
|
5.
|
Pedagogik amaliyot o’tadigan ta’lim muassasasi (maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktabi, AL va professional ta’lim) bilan tanishiish
|
1-kun
|
Ta’lim muassasasi
|
|
6.
|
Ta’lim muassasasi ma’muriyati, o’qituvchilar va biriktirilgan sinf bilan tanishish, kutubxona, kompyuter sinfi, o’quv xonalarini bilib olish.
|
1-kun
|
Ta’lim muassasasi
|
|
7.
|
Ta’lim muassasasining shart-sharoiti, ichki tartib-qoidalari, dars jadvali, kun tartibini o’rganib chiqish.
|
1-2-kunlar
|
Ta’lim muassasasi
|
|
8.
|
O’ziga biriktirilgan o’quvchilar sinf jamoasi (guruh) bilan tanishish va dars kuzatishni boshlash.
|
3-4-kunlar
|
Ta’lim muassasasi
|
|
9.
|
Fan o’qituvchisi, psixolog va sinf rahbarining muddatli taqvim-mavzu rejasi hamda tarbiyaviy ish rejalarini o’rganib chiqish, amaliyot jarayoniga tegishli chorakka mo’ljallangan qismini ko’chirib olish.
|
1-hafta davomida
|
Ta’lim muassasasi
|
|
10.
|
Ta’lim muassasasida amal qilinadigan o’quv ishlarini rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish tartibi, talimning texnik vositalari va mavjud ko’rgazmali qurollarni o’rganish.
|
2-hafta
|
Ta’lim muassasasi
|
|
11
|
Mutaxassislik yo’nalishi yuzasidan ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlarning amaliyotdagi holatini o’rganish, uni takomillashtirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari o’tkazish, tajriba to’plash, unga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
|
Amaliyot davomida
|
Ta’lim muassasasi
|
|
12.
|
Fan (sinf) o’qituvchisi, psixolog, sinf rahbaridan dars o’tish uchun topshiriqlar olish, fanlardan tuzilgan taqvim-mavzu rejadagi o’zi istagan mavzularni ochiq sinov darsi uchun tanlab va ularni belgilab olish, ularga tayyorgarlik ko’rish va metodistlardan tegishli maslahatlar so’rash.
|
2-hafta
|
Ta’lim muassasasi
|
|
13.
|
Dars o’tishdan bir necha kun oldin tayyorlagan barcha ishlanmalarini fan o’kituvchisi va metodistga ko’rsatish, unga tegishli tuzatishlar kiritish, uni tasdiqlatish.
|
Amaliyot davomida
|
Ta’lim muassasasi
|
|
14.
|
O’qituvchilar va amaliyotchi-talabalarning darslarini kuzatish, tahlil etish, tajriba to’plab borish.
|
Muntazam
|
Ta’lim muassasasi
|
|
15.
|
Sinf rahbari va psixologdan tadbirlar o’tkazish haqida topshiriq olish va unga tayyorgarlik ko’rish.
|
Muntazam
|
Ta’lim muassasasi
|
|
16.
|
Ta’lim muassasasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarida qatnashish.
|
Amaliyot davomida
|
Muassasa hududida
|
|
17.
|
Sinov darslari va tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishga hozirlik ko’rish, unga puxta tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish.
|
3-9-hafta
|
Ta’lim muassasasi
|
|
18.
|
Pedagogik amaliyot bo’yicha tayyorlangan hujjatlarni metodist-o’qituvchilarga ko’rsatish, tekshirtirish va ularga tuzatishlar kiritish.
|
Har chorshanba kuni
|
Fakultet
|
|
19.
|
Ta’lim muassasasi o’quvchilarining universitetga sayohatini tashkil etish, kasb-hunarga yo’naltirish ishlari olib borish, unga doir suhbatlar o’gkazish.
|
6-7-hafta
|
Fakultet
|
|
20.
|
Sinf jamoasi va biror bir o’quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnomalar tuzish uchun materiallar to’plash. Tavsifnomani namuna bo’yicha yozib, psixolog, metodist-o’qituvchiga tekshirtirish.
|
7-9-hafta
davomida
|
Ta’lim muassasasi
|
|
21.
|
Sinov darslarini zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiya vositalaridan foydalangan holda, taqdimot shaklida o’tkazish.
|
5-9-hafta
|
Ta’lim muassasasi
|
|
22.
|
Pedagogik amaliyotni yakunlash uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Ta’lim muassasasi mamuriyatidan o’ziga tavsifnoma olish.
|
10-hafta
|
Ta’lim muassasasi
|
|
23
|
Ta’lim muassasasi miqyosidagi barcha amaliyotchi-talabalar bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada bajarishga erishish.
|
Amaliyotning oxirgi kunlari
|
Ta’lim muassasasi
|
|
24
|
Pedagogik amaliyot davomida tayyorlagan hujjatlarni maxsus jild holiga keltirish, ularni metodist-o’qituvchilarga tekshirtirish va reyting asosida baholashga topshirish.
|
10-hafta
|
Fakultet
|
|
25
|
Pedagogik amaliyotning yakuniy konferentsiyasiga tayyorgarlik ko’rish, amaliyot davomida bajarilgan ishlar bo’yicha ko’rgazmali taqdimot tayyorlash.
|
10-hafta
|
Fakultet
|
|
26
|
Pedagogik amaliyot bo’yicha yakuniy nazorat topshiriqlarini topshirish.
|
Amaliyotning oxirgi kuni
|
Fakultet
|
|