“TASDIQLAYMAN”
Paxtachi
tumani XTBga qarashli
31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
direktori ________F.Sadinov
2022 yil «___» oktabr
Paxtachi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish
yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI №___
2022 yil 7 oktabr 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Yig‘ilish raisi:
F.Sadinov –maktab direktori
Yig‘lishda ishtirok etdilar:
Paxtachi tuman IIB inspektor-psixologi S.Sanaev, maktab
direktori G.Baxramova, MMIBDO‘ S.Qurbanov, maktabning 9-10 sinf rahbarlari
D.Xamroeva, R.Erkaeva, maktabning 9-10 sinf o‘quvchilari (o‘g‘illar 26 nafar va ularning
ota-onalari)
YIG‘ILISH KUN TARTIBIDA:
1.
Maktabnin 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjalning sabablari
va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida.
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Paxtachi tumani IIB inspektor-
psixologi S.Sanaev so‘zga chiqib, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga o‘zaro
kelib
chiqqan janjalning salbiy oqibatlari va ota-onalarning voyaga etmagan farzandlarini
tarbiyasiga etarlicha e’tibor berilmayotganlgi to‘g‘risida har-bir ota-ona bilan alohida
suhbat o‘tkazdi.
SHuningdek, S.Sanaev O‘zbekiston Respublikasining
“Voyaga etmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va xuqubuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”
gi Qonuni
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-2833-sonli
qarorining
mazmunini tushuntirib o‘tdi.
Ushbu qonunning maqsadi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
xuquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Voyaga etmagan
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan:
Voyaga etmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasi-
voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga , ular tomonidan xuquqbuzarliklar
yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-xarakatlar sodir etilishiga imkon
beradigan sabablar va
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilatika
ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, xuquqiy , tibbiy va boshqa chora-
tadbirlar,
voyaga
etmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning
profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar
va ularning vakolatlari,
voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari, sog‘liqni saqlashni
boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari,
vasiylik va xomiylik organlari,
mehnat va aholini ijtimoiy ximoya qilish organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot berdi.
Voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va kechqurun soat 20:00
dan so‘ng ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz, yolg‘iz tungi klublar ,
kafe va barlarda bo‘lishlari ta’qiqlanganligi , ularning oldidagi asosiy vazifa o‘qish, bilim
olishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalni muhokoma etib,
QAROR QILADI:
1. Maktabning MMIBDO‘ (
K.Qilichov
)ga:
- yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ertalabki
saflanishlarda o‘quvchilarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish;
- mazkur salbiy holatlar takroran sodir etilganda yoki
maktabning ichki-tartib
qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan o‘quvchilarga nisbatan maktab ma’muriyati, maktab
kuzatuv kengshi va mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda ularga nisbatan ta’sirchan
choralar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
2. Maktabning amaliyotchi psixologi (
M.Azamatova
) va 9-10 sinf rahbarlari
(D.Xamroeva, R.Erkaeva)larga o‘quvchilarni doimiy nazoratga olish,
sinf soatlarida
tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish, ularning ota-onalari bilan uzluksiz aloqa
o‘rnatish vazifasi topshirilsin.
3. Mazkur yig‘ilish bayoni qarorlarini bajarilishini o‘z zimmada qoldiraman.
Yig‘ilish bayonini yozib bordi:
__________ F.Sadinov