Yog‘ochning issiqlik o‘tkazuvchanligi. yog‘ochning issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. yog‘och boshqa materiallar-ga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari
duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari ye-lim bilan birlashtiriladi. yelim yog‘och to‘qimalari orasidagi bo‘shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo‘ladi. Bunda o‘zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa ye-lim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog‘liqdir. Shuningdek, yelimlashning mus-tahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bo‘ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko‘p ishlatiladi.
Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi, tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning sifatini uning shafofigiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo‘lsa, shunchalik sifatli bo‘ladi.
taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10–12 soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir-birining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi (1-rasm). yelim qaynatkich taxminan 70–80°C gacha qizdi-riladi. ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin. yelim qaynatishda qattiq qaynab ket-masligini va uzoq vaqt qizimasligi ni ku-zatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. odat-1-rasm. yelim qaynatkich. da, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib
tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yara-maydi. Yelimning ishga yaroq liligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ish-latishga yaramaydi.
Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatila-di. yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |