(G.Aslonova, G.Orifova, M.Boboqulova.)
O‘quv amaliy seminarni O‘quv kursi rahbari G.Aslonova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda kun tartibidagi masala bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
SEMINAR DASTURI:
G.Aslonova – o‘quv kursi direktori
|
Kirish so‘zi.
|
G.Aslonova – O‘quv kursi direktori
|
Vazirlar Mahkamasining 18.06.21-yildagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati.
|
G.Orifova –O‘quv bo‘limi metodisti
|
Savol-javoblar
|
O‘quv amaliy seminarda, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (380-son, 18.06.2021 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, barcha fuqarolar yig‘inlari geografik joylashuvi va aholi soni bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
Fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyalari fuqarolar yig‘inlari organlari hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazorat sub’ektidir.
Fuqarolar yig‘ini majlisida 18 yoshga to‘lgan va fuqarolar yig‘ini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yig‘inlarida uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
- oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
- xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya;
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya.
SHuningdek, fuqarolar yig‘ini huzurida “Keksalar maslahati” guruhi, “Ota-onalar universiteti”, “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalari tashkil etildi.
Fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘z hududida amalga oshiradi.
Shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va nomini o‘zgartirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shaharlardagi, tumanlar markazlaridagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘quv kursi bo‘limi - metodik va tashkiliy masalalar bo‘limi metodisti, G.Orifova so‘zga chiqib:
Fuqarolar yig‘ini quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizomga rioya qilgan holda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga nodavlat notijorat tashkilotlar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;
faoliyati to‘g‘risida soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish;
o‘z xodimlari bilan mehnat shartnomasida kelishilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish.
Fuqarolar yig‘ini qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkinligi haqida ma`lumotlar berildi.
Seminar bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etilib, viloyat teleradiokompaniyasida ham yoritildi.
Bayonlashtirdi: G.Orifova
Do'stlaringiz bilan baham: |