Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Mustaqil O’zbekistonda san’at va adabiyotning yosh avlod ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati



Download 494,11 Kb.
bet91/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Mustaqil O’zbekistonda san’at va adabiyotning yosh avlod ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati.
Adabiyotga (arabcha so‘z bo‘lib, «adab» so‘zining ko‘pligidir) ilmiy manbalarda quyidagicha ta’riflar berilgan:
1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (masalan, texnikaviy adabiyot, qishloq xo‘jaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshq.).
2. San’atning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi), unda voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasiga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Bu adabiyotning jozibasi zohirda emas, botinda bo‘lib, matn zamiriga joylangan.
O‘zbek adabiyoti chinakamiga rang-barang adabiyotdir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab dunyosi kashf etiladi.
Adabiyot avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. Adabiyot so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Har bir adabiyot milliydir, shunga ko‘ra, u har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’ananing ham ahamiyati katta.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining tasvir obyekti umuman ijtimoiy voqelik bo‘lsa, bosh tasvir obyekti – insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchning mohiyatini to‘la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir.
Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko‘tarilgan obrazlardir.
Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga go‘zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g‘oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko‘p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko‘tarinkiligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o‘rganishda adabiyotning roli kattadir.
Adabiyotning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalarida bildirilgan ilk mulohazalarga borib bog‘lanadi. Miloddan avvalgi V asrda massagetlar qabilasining malikasi To‘maris ayol bo‘la turib, fors podshohi Kir IIni harbiy mahorat bilan mag‘lubiyatga uchratib, 200 mingga yaqin qo‘shinini qirib tashlaydi. Shu davrda Shiroq massaget qabilasida oddiy cho‘pon bo‘la turib, o‘z ona Vatani uchun jonini fido qiladi. Ushbu qahramonliklar xalq xotirasida rivoyat va afsonalar tarzida shakllandi. Tarixiy «Harbiy hiylalar»
asarida mazkur rivoyatlarning tarixiy haqiqat ekanligi qayd etilgan. Yuqorida keltirilganlar bilan bir qatorda, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lmish «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» dostonlari kabi qahramonlik, jasoratni tarannum etuvchi eposlar o‘quvchining, yosh avlodning badiiy tafakkurini o‘stirishga, ma’naviy dunyoqarashini boyishiga, Vatanga bo‘lgan muhabbati va faxrlanish hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Adabiyot ilmiga oid teran qarashlar Forobiyning «She’r san’ati...» kitobida mufassal bayon qilingan. Unda she’riy asarning yaratilish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi.
XI asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon» («Bayon ilmida balog‘at sirlari») asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, XIII asrda yashagan qomusiy olim Qays Roziyning «Kitob ul-mo‘’jam fimaoyiri ash’or il-ajam» («Ajam she’riyati me’yorlari qomusi») kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan (XI asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so‘z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg‘u berildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqlol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog‘lashga harakat qilindi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish