2-Mavzu: Avtomobil elektr jixozlarini tashxislash.
Elеktr jihozlari vazifasiga ko’ra asosan ikki guruhga-tok manbalari va istе'molchilariga bo’linadi.
Enеrgiyaning biror turini elеktr enеrgiyasiga aylantirib bеruvchi asbob va uskuna elеktr tok manbai dеb yuritiladi.
Avtomabilda mеxanik enеrgiyani elеktr tokiga aylantirib bеruvchi qurilma gеnеrator va kimyoviy enеrgiyani elеktr
enеrgiyaga aylantiruvchi qurilma akkumulyator batarеyasi tok manbalaridir. Tishchalarni soni 18, 36 yoki 72
bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon generatorlarida ko‘proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishchalarga 18
(yoki 36, 72) stator g‘altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bo‘linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan
g‘altak kiradi. Fazalar o‘zaro «yulduz» yoki «uchburchak» sxemasi bo‘yicha mumkin. Stator chul’amlarini
«uchburchak» sxemasi bo‘yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan
3
martaga kam
bo‘ladi. «YUlduz» sxemasida esa faza va chiziqli toklar bir-biriga teng bo‘ladi. Bu esa «uchburchak» sxemasi
bo‘yicha o‘ralgan stator chulg‘amlari uchun diametri kichikroq bo‘lgan sim ishlatish imkonini beradi. SHuning
uchun oxirgi vaqtda generatorlarning zarur quvvatini saqlagan holda uni o‘lchamlarini ixchamroq qilish maqsadida
stator chulg‘amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha o‘rash tobora keng qullanilmoqda.
Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga
o‘ralgan uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va bir-biridan izolyatsiya
qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o‘rnatilgan
zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi.
Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho‘tkalar 12
joylashtirilgan, cho‘tkatutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4
mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.
Avtomabillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funksional tizimlarga bo’lish mumkin:
1.
Elektr ta’minot tizimi (
generator, kuchlanish relesi, akkumulyatorlar batareyasi
).
2.
Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (
startyor, akkumulyatorlar batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi
moslamalar
).
3.
O’t oldirish tizimi (
tok manbai, o’t oldirish g’altagi, uzgich-taqsimlagich, transistor kommutatori, o’t oldirish
shamlari
).
4.
Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi (
temperatura, bosim sezgich va ko’rsatkichlari, taxometr, spidometr,
darak beruvchi lampalar va boshqa
).
5.
Yoritish va xabar berish tizimi (
bosh yoritish faralari avtomobil burilishi va to’xtashini ko’rsatuvchi chiroqlar oldingi
va orqadagi fara osti chiroqlar va xokazo
).
6.
Qulaylik
yaratuvchi
asboblar
tizimi (
oynatozalagichlar
isitgich
elektrdvigatellari, kondisionerlar, oyna ko’targichlar va x.k
) 7.Dvigatel va
transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi.
8.O’tkazgichlar va kommutasiya jihozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: