Elеktrodvigatеl, uzatish mеxanizmi va boshqarish asboblaridan iborat bo’lgan
elеktromеxanik tizimga elеktryuritma dеb ataladi.
Elеktryuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida
ishlatiladi: isitkichlar va vеntilyatorlar, avtomobilning oldiorqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va
radioantеnnani ko’tarishtushirish mеxanizmlari, o’rindiqlarni harakatlantiruvchi mеxanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollеktorli o’zgarmas tok elеktrodvigatеllari qo’llanadi. Mеxanik enеrgiyani uzatish uchun tishli va
qo’chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun mеxanizmlari ishlatiladi. Elеktrodvigatеlni boshqarish tizimi turli xil
rеlеlar, elеktron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. Elеktrodvigatеl, mеxanik
enеrgiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mеxanizm va boshqarish sxеmasining elеmеntlari konstruktiv jihatidan
bitta umumiy qurilmaga birlashtirilgan bo’lishi mumkin. Masalan, elеktrodvigatеl oynatozalagich rеduktori bilan
birikib motorеduktorni hosil qiladi. Elеktr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elеktrodvigatеl va bajaruvchi
mеxanizmning birikishidan hosil bo’lgan moslamalardir.
Zamonaviy avtomobillarga o‘rnatilayotgan startorlar ancha yuqori ishonchlilik darajasiga ega va ular
texnikaviy qarov va rostlash ishlarini ko‘p talab qilmaydi.
Avtomobilda ikkinchi texnik xizmat (TXK-2) o‘tkazilayotganda startor zanjiridagi hamma kontaktlarni
tekshirish zarur. Avtomobil 40000 km yurgandan keyin startorni echib, quyidagi ishlarni amalga oshirish tavsiya
qilinadi: yakor valining bo‘ylama tirqishini va cho‘tkalarning tutqichlarda erkin harakat qilishini tekshirish;
cho‘tkalarning eyilganlik darajasini ko‘rish, zarurat bo‘yicha ularni almashtirish; dinamometr yordamida cho‘tka
prujinalarining bosim kuchini o‘lchash; yuritma mexanizmining ishlashini tekshirish.
Startor echilib, qismlarga ajratilgandan so‘ng uyg‘otish va yakor chulg‘amlari, kollektor, podshipniklar va
tortish relesi holatlari aniqlanadi. Startor qayta yig‘ilgandan keyin uning ishga yaroqligi maxsus qurilmalarda (E211,
532M) salt ishlash va to‘la tormozlanish rejimlarida tekshiriladi.
Salt ishlash rejimida tekshirilganda startorning aylanishlar chastotasi
n
va iste’mol toki
I
0
qiymatlari
o‘lchanadi. Olingan tajriba ma’lumotlari aynan tekshirilayotgan turdagi startorlar uchun belgilangan ko‘rsatkichlar
bilan taqqoslanadi. Startorni salt ishlaganda tekshirib, ta’mirdan keyingi yig‘ilish sifati va mexanik nosozliklari
aniqlanadi. Nosozliklar mavjudligi ( yakor valining podshipniklarda qiyinlik bilan aylanishi va hokazo) salt rejimda
iste’mol tokining belgilangan qiymatdan ortib ketishiga va yakor aylanishlar chastotasini esa kamayib ketishiga olib
keladi.
To‘la tormozlanish rejimida startorni avj oldirgan maksimal moment
M
max
, qisqa tutashish toki
I
qt
va uning
qisqichlaridagi kuchlanish
U
st
o‘lchanadi. Bu parametrlarga ko‘ra, startorning elektr va magnit zanjirlari holati
aniqlanadi. Masalan, cho‘tkalar va kollektor orasidagi kontaktning yaxshi emasligi iste’mol toki va aylantiruvchi
moment qiymatini me’yordagidan kamayishiga olib keladi. YAkor chulg‘amlarining startor qobig‘iga (ya’ni
massaga
) tutashuvi yoki uyg‘otish chulg‘amlaridagi qisqa tutashuv iste’mol tokining keskin ortib ketishiga,
burovchi momentni esa kamayishiga olib keladi. Startor qisqichlaridagi kuchlanishning tavsifnomasidagi
qiymatidan kamligi akkumulator-startor zanjirida yoki akkumulatorning o‘zida nosozlik mavjudligidan darak beradi.
Startorni salt va to‘la tormozlanish rejimlarida tekshirganda akkumulatorlar batareyasi ishga yaroqli va
kamida 75% ga zaryadlangan bo‘lishi kerak.
Startorni avtomobildan echmasdan turib ishga yaroqligini tekshirish uchun kesim yuzi katta bo‘lgan sim
bilan tortish relesidagi kontakt boltlarini o‘zaro tutashtirish kerak. Elektrodvigatelning aylanishi uning ishga
yaroqliligining belgisidir. Tortish relesini tekshirish uchun uni chulg‘amlarining umumiy chiqish simini bevosita
akkumulatorlar batareyasining musbat qutbiga ulanadi. O‘t oldirish kaliti va uning zanjiri qo‘shimcha rele
chulg‘amlarini bevosita akkumulatorga ulash yo’li bilan tekshiriladi.
Avtomobil o‘t oldirish tizimiga xizmat ko‘rsatishdagi ishlarning eng katta qismi uzgich-taqsimlagichga
to‘g‘ri keladi. Uzgich-taqsimlagichning ishqalanuvchi qismlari ishlash jarayonida eyiladi va muntazam ravishda
moylab turilishini talab qiladi. Bunday elementlar qatoriga uzgich-taqsimlagich vali va vakuum rostlagich
podshipniklari, markazdan qochma rostlagichning alohida qismlari, uzgich pishangchasinning o‘qi va kulachokli
muftalar kiradi.
Har to‘rtinchi TXK-2 da uzgich-taqsimlagich avtomobildan echib olinadi va unga chuqurlashtirilgan texnik
xizmat ko‘rsatiladi.
Uzgich-taqsimlagichning yuqori kuchlanish ta’sirida ishlaydigan qopqoq va yugurdak holatiga, ayniqsa katta
e’tibor berish zarur. qopqoqning tashqi yuzida darz, kuyish izlari bo‘lmasligi kerak. Uning tashqi va ichki yuzi kir,
moy va namlikdan, yon elektrodlar esa kuyukdan tozalanishi zarur. Markaziy ko‘mir kontakt erkin harakatlanishi va
«osilib» qolmasligi kerak.
Uzgich kontaktlari toza va kuymagan bo‘lishi kerak. Kuygan kontaktlar haydovchining asboblar
to‘plamidagi abraziv plastina yordamida tozalanadi. Kuchli va nosimmetrik eyilgan kontaktlar almashtiriladi.
O‘t oldirish tizimining me’yorida ishlashiga uzgich kontaktlarning orasidagi tirqishning kattaligi jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. qo‘zg‘aluvchi kontakt pishangchasiga o‘rnatilgan tekstolit yostiqcha va uzgich kulacho-gining
eyilishi uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni kamayishiga olib keladi. Bu kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini
kuchaytirib, volframni qo‘zg‘aluvchi kontaktdan qo‘zg‘almas kontaktga o‘tish hodisasini (eroziya) yuzaga keltiradi.
Natijada yuqori kuchlanish qiymati pasayadi, o‘t oldirish shamlaridagi uchqun hosil bo‘lish jarayonida uzilishlar
sodir bo‘ladi. Kontaktlar orasidagi tirqishning ortishi kontaktlarning tutashib turish burchagini kamaytiradi, ya’ni
birlamchi tokning o‘sish vaqti qisqaradi va yuqori kuchlanish qiymati pasayadi. SHunday qilib uzgich kontaktlari
orasidagi tirqishni me’yoridan kamayishi ham, ortishi ham o‘t oldirish tizimining ishini yomonlashtirar ekan.
Uzgich kontaktlarining tutashib turish burchagi SPZ–8, SPZ–12 belgili qurilmalar yordamida rostlanadi.
Kondensatorni tekshirish uchun taqsimlagich qopqog‘i va yugurdagi echiladi va o‘t oldirish g‘altagidan
kelgan yuqori kuchlanish o‘tkazgichini “massa”ga yaqinlashtirildi (taxminan 5…7 mm ga) va dastak yordamida
dvigatelning tirsakli vali aylantiriladi. Bunda agar yuqori kuchlanish o‘tkazgichi va “massa” orasida uchqun hosil
bo‘lmasa (yoki uchqun barqaror bo‘lmasa) lekin uzgich kontaktlari orasida kuchli uchqun chiqa boshlasa –
kondensator nosoz yoki kondensator ulangan joydagi kontakt shikastlangan.
Vakuum va markazdan qochma rostlagichlarning nosozligi dvigatelning quvvati, tejamkorligini pasaytiradi,
u notekis ishlaydi. Vakuum va markazdan qochma rostlagichlarning sozligi maxsus asbob – stroboskop yordamida
aniqlanadi.
Bundan tashqari, TXK da uzgich-taqsimlagichning ishqalanuvchi yuzalariga ham e’tibor berish zarur.
Pishangcha o‘qi va kulachok valchasining namatli filtsi bir yoki ikki tomchi, kulachok vtulkasi esa to‘rt-besh tomchi
motor moyini tomizish yo’li bilan moylanadi. Podshipnik o‘qini moylash uchun taqsimlagich qobig‘iga
joylashtirilgan moydon murvatini 1–2 marta buraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |