3-daraja o’zlashtirish-ko’nikma va malakalar darajasi. Uchinchi daraja o’zlashtirshga erishgan talabalar umumiy uslubiyati va ketma-ketligi (algoritmi) mashg’ulotlarda o’rgatilgan, ammo mazmuni va bajarish shartlari yangicha bo’lgan faoliyatlarni ham bajara oladilar. Ushbu darajadagi faoliyatga fan asoslari uchun misol qilib notipik masalalarni echishni ko’rsatish mumkin. Boshqa misol siftida umummiy texnika fanlar uchun ma’lum tipdagi detallarni tayyorlash bo’yicha texnologik jarayonning umumiy uslubiyatini o’rganib bo’lgandan so’ng, ushbu tipdagi aniq detallar tayyorlash uchun talabalar tomonidan texnologik kartani tuzishni ko’rsatish mumkin. Mazkur darajadagi o’zlashtirishning ikki turini-ko’nikma va malakani farq qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |