Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor Xodjaniyozov. S. U



Download 0,77 Mb.
bet55/100
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#286745
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
Maruzalar

Elektron darslik. Kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga xamda fanga oid o’quv materiallar va ilmiy ma’lumotlarning xar tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan elektron resurs.

5. Maxsus fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining tutgan o’rni. O’quv-didaktik materiallar (yoki o’quv vositalari) deganda, o’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushuniladi. O’quv-didaktik materiallar sifatida nazariy darslarda matnli vizual vositalardan, misol uchun o’quv kitoblari va kartoteka va prospektlardan, amaliy mashg’ulotlarda kurs materiallari, uslubiy qo’llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo’yicha ko’rsatmalar kabilardan foydalaniladi.

Bunday o’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar...) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi.

Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar, kompyuterlar, virtual stendlar, texnologik jarayonlar va funktsiyalar to’g’risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.

Predmet vositalari bundan farqli o’laroq tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flinchart, kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi.



Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, jihozlar va asboblar dars yoki amaliy mashg’ulot paytida didaktik funktsiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.






  • maxsus adabiyot,

  • o’quv – didaktik materiallar,

  • o’quv dasturlari,

  • sinov va nazorat varaqlari.



  • fotosuratlar va tasvirlar,

  • eskiz, chizma va sxemalar,

  • ramziy tasvirlar, reja-jadvallar,

simvollar,

  • diagramma va grafiklar.

T exnologik jarayonlar bajarilish yoki mashinalar ishlash tartibi to’g’risida



  • videofilmlar,

  • filmlar,

  • dia-tovushli mahsulotlar,

  • kompakt disklar (CD – Rom)

Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat o’qituvchi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim. Masalan: jihozlar va qurilmalarni ishlatishdagi sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf eta olishi va ish holatiga keltira olish kerak, ya’ni o’z sohasining mohir ustasi bo’lishi kerak. Amaliyot o’qituvchisi o’z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.

O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun manba materiali sifatida ishlatiladigan vositalar quyidagicha farqlanadi:

Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o’qitish, o’rganish uchun ishlatiladi;

O’quv materiallari amaliyot o’qituvchilari tomonidan darsni ko’rgazmali o’tkazish va bilim berish uchun qo’llaniladi;

Didaktik materiallar talabalar tomonidan o’rganish uchun qo’llaniladi va o’qituvchi tomonidan tayyorlanadi.

O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.

Agar tayyor vositalar yo’q bo’lsa, u holda ularni o’qituvchining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi.

O’quv va didaktik materiallarni tayyorlashda o’qituvchi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:

- ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar,

- doska tasvirlari uchun eskizlar,

- yozma topshiriqlar, yozma va og’zaki testlar uchun so’rov qog’ozlari,

- baholash varaqasi, nazorat qog’ozi,

- ish rejalari, tashkiliy hujjatlar.

Nazariy darslar o’tkazish paytida amaliy ko’rsatmalar berilgan quyidagi vositalar ishlatiladi: O’quv kitoblari, tarqatma materiallar, doska tasvirlari, slaydlar va modellar.

Amaliy mashg’ulotlar yoki amaliy ish jarayonlari paytida amaliy ko’rsatmalar bilan to’ldirilgan quyidagi vositalardan foydalaniladi: texnik, ekspluatatsion ko’rsatmalar, uslubiy ko’rsatmalar, modellar, jihozlar, asboblar va mahsulotlar.

O’quv-didaktik materiallarini tayyorlash uchun o’qituvchining vazifasi birinchi galda kutubxonalarda maxsus sohaga tegishli materiallar borligini tekshirishi kerak.

Agar o’quv va didaktik materiallar mavjud bo’lsa, u holda ularning fan o’quv maqsadlari va mazmunlariga mos kelish-kelmasligini tekshirishi kerak.

O’quv maqsadlariga moslashtirish paytida quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim:

1. Manbalarda muayyan mutaxassislik sohasi uchun dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar kabi mazmunlar berilganligiga;

2. Manbalar "o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar" va "o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar" darajalaridagi mazmunlar mavjudligiga;

3. Materiallar bilim berishga qaratilganmi yoki ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallanganmi?

Ushbu mulohazalardan keyin o’qituvchi materiallarning nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar uchun mosligini belgilaydi.

Materiallar o’quv maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishi lozimligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O’qitish va o’rganish materiallardan didaktik foydalanishga mos holda materiallarning mazmuni va tuzilishiga ko’ra o’qituvchi va ta’lim oluvchi materiallariga bo’linadi.

O’qituvchining qo’lidagi materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:

- o’quv maqsadlar va mazmunlar haqidagi ma’lumotlar;

- tashkiliy masalalarga oid ma’lumotlar;

- amaliy mashg’ulotlar va mashqlar o’tkazilishida qanday didaktik-uslubiy tartib qo’llanilishi haqida ma’lumotlar;

- mashqlar ta’rifi;

- talabalarning nazariy va amaliy natijalarini tekshirish va baholash bo’yicha ma’lumotlar;

- test va sinovlarning savol va javoblari.

Talabalarga tarqatiladigan materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:

- sodda tilda yozilgan o’quv mazmunlari;

- matnlarda bo’sh qoldirilgan joylar (talabalar tomonidan to’ldirilishi uchun);

- talabaning erkin fikrlashiga imkoniyat beruvchi savollar;

- laboratoriyada ishlash uchun mo’ljallangan, ish bosqichlari ko’rsatilgan tushunarli chizmalar (eskizlar) va jadvallar;

- material, jihoz, asbob-uskunalar va yordamchi vositalar haqida ma’lumotlar.

Matn tayyorlash bo’yicha eng yangi usullardan biri bu matnlarni ranglar bilan ajratish sanaladi:

- oq qog’ozlar: mazmuniy jihatlar borasida matnlar (o’qituvchi va talabalar uchun)

- yashil qog’ozlar: talabalarga topshiriqlar

- qizil qog’ozlar: o’qituvchining uslubiy hujjatlari va topshiriqlarning javob varaqalari

Ranglarni kodlash hujjatlardan foydalanishni engilllashtiradi va xuddi shu usuldan mazkur seminar hujjatlarini tayyorlashda ham foydalaniladi.

O’qitish jarayonidagi eng muhim vositalar doskalar, flipchartlar va kodoskop (proektor) hisoblanadi. O’qituvchi bu vositalar orqali ko’rgazmali tus beriladigan namunalar yaratishi kerak. Bo’r bilan yoziladigan doska uchun avval qog’ozda ishlangan va matnlar bilan to’ldirilgan suratlar, flipchartlar uchun esa qoida bo’yicha taqdimot namunalari bo’lishi mumkin. Proektor slaydlari to’g’ridan-to’g’ri tayyorlanishi mumkin.

Doska suratlari uchun namunalar asosan o’quv kitoblaridan olinishi yoki shaxsiy qarashlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi mumkin. Bunda ko’p vaqt sarf etmasdan oddiy shakllar orqali tuzilgan grafiklar, sxemalar, diagramma va shu kabilarni doskaga chizish mumkin. Matnlar uchun namunalar tayyorlash shart emas.

Shunga o’xshash tarzda flipchart suratlarini tayyorlash mumkin. Bu usul nazariy dars yoki amaliy mashg’ulotga tayyorlanishni engillashtiradi.

Flipchart bloklarini birga olib yurish mumkinligi tufayli tasvirlar qog’ozlarga to’g’ridan-to’g’ri tushirilishi mumkin.

Proektor slaydlari qo’lda, fotonusxalar yoki kompyuter yordamida maxsus shaffof plyonkada tayyorlanadi.

Slaydlarni tayyorlash uchun:

- oddiy atsetat yoki qog’ozi-shaffof sun’iy qog’oz;

- nusxa olish mumkin bo’lgan maxsus qatlamli slaydlar;

- flamaster, permanent va suvda eruvchan slaydlarni tozalash

uchun spirt;

- surat chizish moslamalari (shablon, chizg’ich va boshqalar)lar ishlatiladi.

6. O’qitish texnologiyasini tanlash yo’llari. O’qitish texnologiyaisni tanlashga ta’sir etuvchi omillar.Talabaning bilim o’zlashtirishi uning o’quv-biluv faoliyati bilan uzviy bog’liqligiga endi hech kim shubha qilmaydi. Pedagogika tarixidan ma’lumki, ko’p asrlar davomida maktablarda sxolastik, tushunib – tushunmay esda qoldirish usuli hukmron bo’lib, bola o’quv predmetining asosiy mazmunini o’qituvchidan eshitib o’rganardi. Chunki muallimning so’zi yoki darslik o’quvchi uchun bilim olishning yagona manbai bo’lgan.

19 asrga kelib, Evropada sxolastik ta’limning samaradorligi juda past ekanligi isbotlandi. Sxolastik ta’limning o’rnini ko’rsatmali o’qitish usuli egalladi: “Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal”. Lekin ko’p o’tmay ko’rsatmali ta’lim usuli ham optimal emasligi ma’lum bo’ldi va bilim o’zlashtirishda o’o’quvchi faoliyatini tashkil etish usuliga o’tildi: “Ish-harakat bajarilayotganini yuz marta ko’rgandan, uni bir marta bajarib o’rgangan yaxshi”, degan xulosaga kelindi.

Pedagogik texnologiya o’qituvchi va talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko’ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi.

Ishlab chiqarishda «texnologiya» so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish