Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor Xodjaniyozov. S. U


Faol o’qitish metodlaridan foydalanish qoidalari. Faol o’qitish metodlarini qo’llash texnologiyasi



Download 0,77 Mb.
bet33/100
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#286745
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
Maruzalar

Faol o’qitish metodlaridan foydalanish qoidalari. Faol o’qitish metodlarini qo’llash texnologiyasi. faol usullarning an’anaviy ta’lim usullaridan farqi – talaba bilan o’qituvchining pedagogik muloqoti, aloqasining o’ziga xosligida; pedagogning yuqori mahoratida; talaba shaxsiga nisbatan munosabatning insonparvarlik xarakterida; talabaning individual qobiliyati namoyon bo’lishi, ijodiy mustaqilligi kabilarda ko’zga tashlanadi. Ta’lim bo’lajak mutaxassisning kasbiy faoliyati gavdalantiriladigan sharoitda olib boriladi, muammoli vaziyatlarni hal qilishga qaratiladi. Bilim, ko’nikma va malakalarni jamoaviy faoliyatda birgalikda o’zlashtirish imkoniyati yaratiladi. Bunday vaziyatda talaba ta’limning obyektigina emas, subyektiga ham aylanadi, fikrlash faolligi ortadi.

Kichik guruhlarda ishlash uchun talabalar 4-5 kishidan iborat jamoalarga bo’linadi. Bundan maqsad o’quv mashg’uloti davomida o’zaro ishonch vaziyatini vujudga keltirish, oshkora fikr bildirishga halal beradigan ruhiy noxushliklarni bartaraf etishdan iborat. Kichik guruhda ishlash usullari talabaning fikrlash doirasini erkinlashtirib, mavjud noqulayliklarni bartaraf etish, fikrlash faolligini oshirish, o’quv-biluv faoliyatini jadalashtirishga xizmat qiladi. Ularning ahamiyati yangi o’quv axborotlarini ishlab chiqish va bilimni mustahkamlashdan iborat.

Kichik guruhlarda ishlash usulining asosiy maqsadi – talabalarni bahs-munozara, tortishuvga ko’proq jalb qilish va ularning bir-biridan o’rganishiga imkoniyat yaratish, talabalarning o’zlari “o’qituvchi” rolini bajarishlariga erishish.

Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi qatnashchilarga o’z fikrlari, g’oyalari bilan ko’proq, erkin o’rtoqlashish imkoniyatini beradi. Kichik guruhning qatnashchisi katta guruhda aytish mumkin bo’lmagan mulohazalarni ham aytishi mumkin. Ular shunday fikr, g’oyalarni aytishlari mumkinki, bu, mavjud bilimlarni kengaytiradi, yondashuvlarni o’zgartiradi. Butun diqqat-e’tibor, faollik o’qituvchidan talabalarga ko’chiriladi. Ularni ta’lim olishda mas’uliyatni o’z zimmalariga yuklashga da’vat etadi.

Kichik guruhlarda ishlashning ayrim kamchiliklari ham mavjud: ko’proq joy va vaqt talab etiladi; qatnashchilarning har biri yetakchilik qilishga o’ta boshlashi, guruh ustidan nazorat qilishni o’z qo’liga olishi mumkin; guruh o’ziga berilgan o’quv-biluv topshirig’idan chalg’ib, yo’l-yo’riqlarga amal qilmasligi yoki topshiriqni noto’g’ri tushunishi ham mumkin.

Kichik guruhlarda o’quv mashg’ulotini tashkil etish uchun guruhlarga rahbarlar belgilanadi. Talaba kichik guruhda ishlaganida boshlovchi yoki ijrochi rolida bo’ladi; bir-birlaridan o’rganish va turli fikr, nuqtai nazarlarni qadrlashga o’rganadi.

Bu usulda ishni tashkil etish uchun shu mashg’ulotda o’rganiladigan o’quv materiali bir-biriga bog’liq bir necha masalalarga (o’quv-biluv topshiriqlariga) ajratiladi; har bir guruhning faoliyat yo’nalishi aniqlanadi; talabalar mazkur muammo haqida ma’lum tushunchaga ega bo’lishlari kerak: talabalarga o’quv-biluv topshirig’ini qanday bajarish uchun aniq yo’l - yo’riqlar beriladi, talabalarning faoliyati yo’naltirilib, qo’llab – quvvatlab, rag’batlantirib boriladi, xato fikrlar tanqid qilinmaydi.

“Aqliy hujum”, “sinektika”, “ish tariqasidagi o’yinlar”, “konkurs” va boshqa ko’plab usullar – interfaol usullar jumlasidandir.

O’quv mashg’ulotini aqliy hujum usulida tashkil etganda quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim; fikr va g’oyalarni ifodalashga, aniqlashga to’siq bo’ladigan biron mulohaza yoki tanqidiy fikrlarni bildirmaslik; yangicha fikrlarni qo’llab – quvvatlash, eng ko’p g’oyalar va takliflar olish; g’oyalarni rivojlantirish va umumlashtirish; dalil – isbotlar keltirmasdan, qisqa fikrlarni bayon etish; guruhni g’oyalar beradigan kishilar va ularni ishlab chiqadigan kishilarga bo’lish; g’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqtni qat’iy belgilash kabilar.

Mashg’ulotni bu usulda o’tkazish uchun professor-o’qituvchi mavzuni e’lon qiladi. O’quv-biluv topshiriqlarini bajarishda har bir talabaning ishtirok etishini kuzatib boradi, javoblarning birortasi ham izohlanmaydi va o’rinsiz deb rad etilmaydi. Guruhda boshqa javob variantlari qolmagandan keyin muhokamaga kirishiladi. Talabalar professor-o’qituvchi bilan birgalikda barcha javob variantlarini faollik bilan muhokama qiladilar va shu o’rinda to’g’ri va noto’g’ri javob variantlariga o’z munosabatlarini bildirishlari mumkin. To’g’ri javoblarni yozib olish talabalarga taklif etiladi.

Aqliy hujum usulida o’quv mashg’ulotini tashkil etishning asosiy maqsadi – talabalar shu mavzu bo’yicha nimalarni bilishlarini aniqlash va guruh a’zolaridan qisqa vaqt ichida ko’proq g’oyalarni olishdan iborat. O’quv mashg’uloti jarayonida talabalar tomonidan ta’limiy muammoni hal eta oladigan g’oyalar taklif etilishi, mavzu yuzasidan fikr - mulohaza bildirish uchun imkon yaratilishidir. Bunday ta’lim jarayonida guruh a’zolari bir necha daqiqa davomida mavzu yuzasidan munozara qilib, xilma-xil fikrlarni bayon qiladilar, fikrlar, takliflar doskaga, yon daftarlariga yozib boriladi. Mulohazalar qanchalik noaniq, bahsli bo’lishidan qatiy nazar yozilaveradi. Bu paytda ta’qiqlar bo’lmaydi va hech qanday baho berilmaydi. Qatnashchilarga takliflarni tahlil qilish, fikr birdirish uchun mashg’ulot oxirida imkon beriladi. Agar faollik sust bo’lsa, to’g’riroq g’oyalar chiqavermasa, professor – o’qituvchi o’z mulohazalarini aytib, ulardan ba’zilarini yozib olishni taklif etadi.

Bu usul talabaning o’z nuqtai nazarini himoya qilishi, isbotlashi, har qanday vaziyatda ham eng ma’qul yechimni topishga; muloqot olib borishga, aytilgan fikrning to’g’riligiga opponentlarni ishontirishga o’rgatadi. Uning tarbiyaviy ahamiti shundaki, talabalarni yakdillikka undaydi, har bir qatnashchiga uning taklifi yozib olishga arzigulik ekanligini his qilish imkoniyatini beradi. Bu esa o’quv muammosi yechimini topishni birgalikda bajariladigan ishga aylantiradi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish