2. Mutaxassislarga kasbiy talab-“Kasblar tasniflagichi”: mohiyati va funktsiyalari. -“Kasblar tasniflagichi - oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilgan:
Gumanitar soha.
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.
Ishlab chiqarish va texnik soha.
Qishloq va suv xo’jaligi.
Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.
Xizmatlar sohasi.
O’qitish mazmunini o’quv reja va dasturlarida taqdim etilishi.
Mutaxassislik fanlari o’quv – uslubiy ta’minotini yaratishda ta’lim jarayonini tashkil etishda, o’qitishning samarali usullarini tanlashda, ta’lim mazmunini belgilashda o’ziga xos yondashuvni talab etadi.
O’quv rejasi deb o’qitiladigan fanlar, o’qititish uchun jratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslaniladi:
- o’quv rejasi o’quv va tarbiya ishlarining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olishga o’rgatishdir;
- ta’lim muassasalarining birligi o’z qoidalariga asoslanadi;
- ta’lim muassasalarida bir butun tugal bilim beriladi.
- o’quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi kursda o’qitilishi, ajratilgan soati, o’quvchilarniig yoshi va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanniig xajmi, og’ir — engilliga, didaktik ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O’quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta’limning ilmiyligi, g’oyaviylik hamda O’zbekistoniig kelajagiga munosib barkamol insonni tarbiyalab, voyaga etkazish nazarda tutiladi. Shuniig uchun xam unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, va jismoniy tarbiya, sog’lom avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o’rinni egallaydi.
Bulardan tashqari o’quv rejasida o’quv davri jarayonlari ham ko’rsatiladi, ya’ni nazariy o’qish haftalari, attestatsiyalar, malakaviy amaliyotlar, bitiruv oldi amaliyoti, yakuniy davlat attestatsiyalari, malakaviy bitiruv ishi himoyasi, shuningdek talabalarning ta’til davrlari ham ko’rsatiladi.
O’quv dasturi. Har bir o’quv fani uchun o’quv dasturi tuziladi. O’quv dasturi o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.
O’quv dasturi har bir o’quv fanini o’qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g’oyaviy —siyosiy yo’nalishini aniqlab beradigan me’yoriy hujjatdir.
O’quv dasturida o’quv yili davomida har qaysi kursda alohida fanlar bo’yicha talabalarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o’quv fanining mazmuni izchillik bilan ma’lum bir ketma-ketlikda yoritilib beriladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan talaba o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
O’quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |