«Nima uchun?» sxemasi
- muammoning
dastlabki sababini
aniklash buyicha bir
butun kator karashlar,
tizimli, ijodiy, taxliliy
mushoxada kilish
ko’nikmalarini rivoj-
lantiradi
|
|
«Nima uchun?» sxemasini tuzish qoidalari bilan tanishadi
|
|
|
|
Yakka tartibda (juftlikda) muammo shakllantiriladi. «Nima uchun?» so’rog’i bilan strelka chiziladi va ushbu savolga javob yoziladi. Mazkur jarayon muammoni keltirib chiqargan ildiz yashiringan sababi o’rnatilmaguncha davom ettiriladi
|
Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunuvchi “Qanday?” diagrammasi. Muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiri.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi
4. O’quv jarayonida adabiyotlar, ko’rgazmali qo’llanmalarning turlari va ulardan foydalanish.
Darslik barcha ta’lim turlari va fanlar bo’yicha eng keng tarqalgan o’qitish vositasi bo’lib, o’quv- uslubiy ta’minotning yetakchi komponenti hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha darsliklar yaratish jarayoniga birinchi navbatda o’quv - uslubiy ta’minotini ishlab chiquvchilar jalb qilinishi kerak. Mutaxassislik fanlaridan zamonaviy o’quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mutaxassislar tayyorlashda o’quv-uslubiy majmualarning hozirgi davrda qay darajada o’quv maqsadlari va vazifalariga erishishni ta’minlashini, ularni qaysi didaktik tamoyillar asosida tuzishni va ishlab chiqishni o’rganish lozim.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ta’lim oluvchilarni kasbga va mehnatga tayyorlash samaradorligi asosan o’quv- uslubiy majmuasining o’zaro bog’liq komponetlariga, ya’ni dasturdagi o’quv materialining tuzilmasiga, o’qitish metodikasiga, o’quv adabiyotlari va ko’rgazmali materiallariga bog’liq bo’ladi. Ular o’quv –uslubiy majmuasini ta’lim oluvchilarni mehnatga va kasbga tayyorlash bo’yicha o’qitish jarayonidagi funktsiyalariga qarab guruhlaydilar, ya’ni me’yoriy hujjatlarga (o’quv rejasi, o’quv dasturlari); o’qitish uchun metodik materiallarga (xususiy metodikalarni ishlab chiqish, metodik jurnallar); talabalar uchun o’quv adabiyotlari (darsliklar, didaktik materiallar, tajriba va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanmalar) va ko’rgazmali materiallar (rasmlar, asl narsalar va ob’ektlar). Tadqiqotchilar o’quv-uslubiy majmuasining asosiy zvenosi deb darslikni hisoblaydilar.
Ta’lim oluvchilarning mutaxassislik fanidan ma’lum bir texnikaviy va texnologik topshiriqni mustaqil ravishda bajarishlari uchun ularning darsliklar, turli texnikaviy adabiyotlar, uslubiy ko’rsatmalar, chizmalar, sxemalar, mahsulotlar, xom ashyo materiallari, maketlar va jihozlar, asbob va uskunalarni o’zida qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlanishi o’qitishni faollashtiradi va ijodiy yondashuvli ta’limni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |