Tayanch so’zlar: o’quv jarayoni, o’qituvchining uslubiy tayyorgarligi, ta’limni loyihalashtirish, o’quv-uslubiy majmualar, darslik, qo’llanma, o’qitish texnologiyasi, texnologik xarita.
1. O’quv jarayonida ta’lim vositalarining o’rni va ahamiyati. Ta’lim vositalarini tasnifnifi. Alohida ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
O’qitishning asosiy vositalari – bu asosiy o’quv mazmuniga ega bo’lgan rejalar, o’quv dasturlari, darslik va o’quv qo’llanmalaridir.
O’qitishning qo’shimcha vositalari – bu ta’lim oluvchilardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to’plami, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, ko’rsatmali va ko’rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalardir.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari – bu mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy – texnik vositalardir.
Demak, ta’lim vositalari muayyan o’qitish metodi yoki usullarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materialidir. Ular: asbob – uskunalar, dastgohlar, labaratoriya jihozlari, axborot – kommunikatsion texnologiyalari vositalari, ko’rsatmali qurollar, rasmiy belgilar, maketlar, darslik va o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va ko’rsatmalar, radio, televidenie va internet tarmog’i va shu kabilar.
Ta’lim jarayonida o’qitish vositalaridan foydalanish tabiiy yoki tasviriy ko’rgazma materiallari (predmet, sxema, tashkiliy – tuzilmaviy model, diagramma, gistogramma, sur’at va h.k.), labaratoriya yoki demonstratsiya (namoyishli) mashg’ulotlarida qo’llaniladigan asbob – uskunalari, o’quv qurollari, maketlar, shuningdek, mavzuga oid dalillar (spravochnik ma’lumotlar, ta’rif, qonun, qoida, tamoyil, xossa, xususiyat, formula va h.k.)ning dars jarayonida ishlatilishini anglatadi.
Ta’lim jarayonida va uni olib borishning samaradorligini oshirishda ta’lim shakli, turi, metod va vositalarining alohida – alohida ahamiyatlari bor. Bu borada ta’limda ko’rgazmalilik metodini amaliyotda joriy etishda ta’lim vositalarining o’rni va roli beqiyos bo’lib, ta’limda ko’rgazmalilik metodining quyidagi turlaridan foydalaniladi: namoyish etish; tasvirlash va ekskursiya. Bundagi namoyish etish va ekskursiya metodlari ta’lim oluvchilarning o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
O’quv materiallarining og’zaki bayon qilish metodining asosiy turlaridan biri – bu darslik va kitob bilan ishlash turidir. Bunda o’quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayondir. U ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi tomonidan bayon qilingan bilimlarni o’quv materiallarini kitob matnidan ko’rib, ongli idrok qilish faoliyatini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ko’rgazmalilik didaktik tamoyili muhim o’rin tutadi. O’qituvchilar o’quvchilarga o’quv materialini bayon etishda didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri — ko’rsatmalilik prinsipidan foydalanadilar. u Didaktikada ko’rsatmalilik prinsipi konkret bilan abstraktning birligi to’g’risidagi qoida asosida ko’rib chiqiladi. Narsa yoki hodisaning aslini yoki tasvirini idrok etish inson uchun atrofdagi borliqni, biror haqiqatni bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi hamda o’rganilayotgan narsalar, jarayonlar, hodisalar to’g’risida aniq tasavvurlar va abstrakt tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o’taydi.
O’qitishning texnik vositalari - didaktik ta’minlangan barcha texnik qurilmalar, optimalik bilan axborotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan va o’quvtarbiya jarayonida foydalanish uchun qo’llaniladi. O’qitishning texnik vositalari - ikkita tushunchaga ega: texnik qurilmalar (apparat) va o’qitishning didaktik vositalari (axborotlarni ifodalash), Ingliz tili manbalarida O’TV audiovizual vositalar, ba’zan qattiq (hardvare) va yumshoq (softvare) ifodalanadi.
O’qitishning texnik vositalarining tasnifi O’qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari,bilimlarni nazorat qilish, O’qish va mustaqil o’qish,trenajyor,ko’makchi,kombinatsiya ќilingan. O’qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari diaproektorlar, grafoproektorlar, epiproektorlar, magnitofonlar, radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, radiouzllar, kinoproektorlar va kinoustanovka, televizorlar, videomagnitofonlar.
Ba’zi chet el pedagoglari o’quv jarayonida o’qitishning texnika vositalaridan keng ko’lamda foydalanish o’qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o’qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o’qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o’qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o’qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o’quvchining dunyoqarashi, xulq – atvor me’yorlari shakllanadi. Bunga esa o’qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning axlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o’qitish va tarbiyalashda muvaffakiyat kozonish mumkin bulmaydi. Darslarda yangi materialni bayon etishda o’qituvchi go’yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o’quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun bilimlar manbai va o’quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir.
Xonalarni o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak: 1. O’quv kabinetlarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o’quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur. 2. O’quv xonasining istagan joyida kurish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim. 3. O’quv xonalarida o’qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo’kotish kerak. 4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor. 5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo’lishi kerak.
6. O’qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim. 7. Ishlatilishi ta’lim maqsadiga muvofiq bo’lishi zarur. O’quv kinosi – o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, ob’ekt hamda xodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga utishga imkon beradi. O’quv filmidan o’qituvchi o’quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o’quvchilar uni mutaqil o’rganishi uchun foydalanishi mumkin. Film bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob kaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o’quvchilarni jalb etish lozim. Diafilm va diapozitivlar, o’quv kinosi kabi, ko’rsatmalilik vositasi hamda o’quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo’lishi mumkin. Ko’pincha diafilmdan ko’rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu xolda yassi ko’rsatma qo’llanmalarga qanday talablar qo’yilsa, diafilmlarga xam shunday talablar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |