Asosiy adabiyotlar ro’yxati:
Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.
2. D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.
- T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.
3. Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси. –
Т.: Иқтисодиёт, 2013.
4. Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус
фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.
5. Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги
педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма. - Т.: ТДИУ, 2007. - 180 б.
3-mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitishni loyihalashtirish va rejalashtirishda o‘qitish maqsadlarini belgilash yo‘llari
Reja:
1. Mutaxassis modeli ta’lim maqsalarini aniqlashning asosi sifatida.
2. O‘qitish maqsadlarining mazmuni va mohiyati.
3. Maqsadlar taksonomiyasi.
4. Maxsus fanlarni o‘qitishda bilimlarni o‘zlashtirish va o‘quv faoliyatiga
darajali yondashuv asosida ta’lim maqsadlarini belgilash yo‘llari.
Tayanch so‘zlar: mutaxassis modeli, ta’lim maqsadlari, Blum taksonmiyasi, maqsadlar taksonomiyasi.
1. Mutaxassis modeli ta’lim maqsalarini aniqlashning asosi sifatida
Ta’limni insoniylashtirish, shaxs rivojlanishining asosiga aylantirish, fanlarni o‘qitishga yangicha yondashishni talab qiladi. Talaba muayyan mutaxassislik yo‘nalishida ta’lim olar ekan, u rivojlanishi, shaxslik sifatlarini namoyon qilishi darkor. U nafaqat yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi, balki komillikni o‘zida mujassam qilishi lozim.
Bugungi kunda mutaxassis shaxsiga qanday talablar qo‘yilmoqda?
O‘z kasbining yetuk mutaxassisi
1) Mustaqil fikrlaydigan, egallagan bilimlarini amalda qo‘llab oladigan.
2) Bilimlarini mustaqil kengaytirishga qodir shaxslar ekanligi ta‘kidlab o‘tildi.
Insoniyat tafakkuri jadal surʼatlar bilan taraqqiy qilmoqda: Intyernet, Marsga ilmiy-tadqiqot ishlarini bajara oluvchi robotlarning uchirilishi, o‘zga sayyoralar bilan aloqalar o‘rnatishga bo‘lgan intilishlar, yangi texnika va texnologiyalar davrimiz misli ko‘rilmagan yangiliklari bilan zamondoshlarimizni hayratga solmoqda. Shunday ekan, jamiyatimizning ertangi a’zosi, oliy ta’lim dargohining bugungi bitiruvchisi o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi bilan birga:
– o‘zgaruvchan hayot sharoitiga muvaffaqiyatli moslashuvchan bo‘lishi;
– o‘z imkoniyatlarini aniq baholay bilishi;
– hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotmasligi uchun ta’lim jarayonida o‘rgangan bilim va malakalari aniq va to‘ri qo‘llay bilishi;
– mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, hayotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan ko‘ra bilishi, ularni bartaraf qilishning rasional yo‘llarini topishi;
– muayyan muammolarni hal qilish uchun zarur axborotlarni izlash, ular ustida ishlash, tahlil qilish, muammolarni hal qilish bo‘yicha turli gipotezalarni ilgari surishi, hal qilishning turli variantlarini ishlab chiqishi, statistik mahlumotlar bilan ishlashi, asosli xulosalar chiqarish va ular asosida muammolarni hal qila bilishi;
– muloqotchanlik, biror masala bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yurita olishi, keskinlikni oldini ola bilishi;
– sog’lom va samarali, mazmunli hayot kechirishi;
– intellektuallik, madaniyatlilik, ma’naviyatlilik sifatlariga ega bo‘lishi kabilar talab qilinadi.
Yuqoridagi talablar ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. O‘qitishning an’anaviy shakllari tayyor bilimlarni asosan reproduktiv metodlar yordamida o‘zlashtirib olishga asoslangan. Bilimlarning tez eskirishi va yangilanishidan iborat bo‘lgan, hozirgi informasion portlash sharoitida ta’limning bunday mazmuni o‘zini oqlamaydi. Tyevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, mohiyatiga yetish uchun o‘tkir va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish lozim. Shundagina hayotda, mehnat faoliyati jarayonida xatoga kamroq yo‘l qo‘yish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi zamon o‘quv jarayoni talabalardan mustaqillik, onglilik, faollik, ijodiylik, muloqotchanlik, moslashuvchanlik sifatlarini tarkib toptirishga qaratilmoi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |